O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Mis 
 
Uning odam salomatligiga ta'siri azaldan ma'lum bo‘lgan. Masalan, mis 
konlarida  ishlaydiganlar  radikulit  kasalligi  bilan  kam  xastalangan,  ularda  qon 
bosimi  ham  sezilarli  darajada  ko‘tarilib  ketmagan  va  saraton  (rak)  kam 
uchragan.  
Mis  qon  hosil  bo‘lishiga  ijobiy  ta'sir  ko‘rsatadi,  u  taqchil  bo‘lsa  jigarda 
temir  miqdori  yetarli  bo‘lsa  ham  gemoglobin  hosil  bo‘lishi  qiyinlashadi. 
Moddalar  almashinuvida  ishtirok  qiladigan  ayrim  fermentlar  mis  ishtirokida 
ishlaydi.  Mis  asab  tolalarini  o‘rab  turadigan  va  ularda  o‘tkazuvchanlikni 


188 
 
yaxshilaydigan mielin po‘stining hosil bo‘lishida faol qatnashadi. Mis taqchilligi 
ikki  holatda,  ya'ni  uning  iste'mol  taomlari  tarkibida  tanqisligi  va  ovqat  bilan 
yetarli  miqdorda  qabul  qilingan  misning  ichaklardan  yomon  so‘rilishi  tufayli 
ro‘y  beradi.  Mis  yetishmasligi  tufayli  soch  oqaradi,  buning  oldini  olish  uchun 
yong‘oq,  tuxum  sarig‘i,  qatiq,  qora  non,  jigar  kabi  shu  unsurga  boy 
mahsulotlarni  ko‘proq  iste'mol  qilish  lozim.  Yana  u  jenshen  o‘simligining 
barglarida ko‘p bo‘ladi. 
Misga  bo‘lgan  kecha  –  kunduzlik  talab  1  –  3  mg,  lekin  uning  tanada 
ko‘payib  ketishi  zahar  kabi  ta'sir  etadi.  Ayniqsa,  uning  oltingugurt  bilan 
birikmasi  ancha  xavflidir.  Konserva,  ovqat  mis  qozonlarda  tayyorlansa,  ular 
tarkibidagi S vitamini tamoman yo‘qolar ekan.  
 
Yod 
 
Yod odam uchun zarur ma'danli moddalardan biri hisoblanadi. Qadimki 
hindiston va Xitoyda qalqonsimon bezning kattalashishi bilan bog‘liq kasallikni 
dengiz  bulutlarining  kuli  bilan  davolashgan.  Keyinchalik  bu  moddaning  yod 
ekanligi aniqlandi. Yod yetishmasligi natijasida moddalar almashinuvi buzilib, 
qalqonsimon  bez  kattalashadi,  sochlar  to‘kila  boshlaydi,  tana  harorati 
pasayadi, odam jismonan va aqliy jihatdan zaiflashib qoladi. 
Yod  qalqonsimon  bez  gormoni  tiroksinning  sintezlanishi  uchun  kerak. 
Yod  yetishmasligi  tufayli  qalqonsimon  bezning  kasallanishi  dengizdan  uzoq 
tog‘  va  tog‘  oldidi  yashaydigan  aholi  orasida  ko‘p  uchraydi.  Buning  sababi 
shundaki  qayd  qilingan  hududlardagi  yod  birikmalarini  tuproqdan  yomg‘ir 
suvlari  yuvib,  iste'mol  qilinadigan  mahsulotlarda  uning  miqdori  kamayib 
qoladi.  Shuning  uchun  dengizlar  bilan  o‘rab  olingan  Yaponiyada  aholi 
qalqonsimon  bez  faoliyati  buzilishi  bilan  bog‘liq  kasalliklar  bilan  kam 
hastalanadi.  Tayvanliklar  dengiz  mahsulotlaridan  mahalliy  urf  –  odatga  ko‘ra 
foydalanishmaydi, shuning uchun ularda bu kasallik ko‘proq uchrar ekan. 
Odam  uchun  bir  kecha-kunduzda  100  –  200  mkg  yod  zarur  va  uning 
90%i o‘simlik mahsulotlari bilan qabul qilinadi. 
Yodga  boy  mahsulotlarga  dengiz  baliqlari,  tuxum,  go‘sht,  dengiz 
o‘simliklari, sholg‘om, sarimsoq, qovun, sabzi , karam, pomidor, loviya, shovul 
va  boshqa  ko‘katlar  kiradi.  1  kg  har  –  xil  sabzavotlarda  –  20  –  30  mkg,  1  kg 
donlar yig‘indisida (bug‘doy, arpa va boshqalar) 50 mkg, 1l suvda 55 mkg, bir 
tuxumda (xomida) 35 mkg, 1 kg baliqda 100200 mkg baliq uchraydi.  


189 
 
17-jadvalda  oziqovqat  mahsulotlaridan  ayrimlaridagi  yod  miqdori 
to‘g‘risida ma'lumot keltilgan. 
18-jadval 
 Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi yod miqdori 
 Mahsulotlar  
Yod miqdori  
100 g da mkg 
Mahsulotlar  
Yod miqdori  
100 g da mkg 
Tuxum  
Sut 
Piyoz 
Shovul 
Karam  
60 
45 
44 
39 
37 
Sabzi  
Kartoshka  
Loviya 
Qora non 
No‘xat  
35 
32 
24 
14 
10 
 
Shuni  aytib  o‘tish  kerakki,  oziq-ovqatlarni  pishirish,  qaynatish  tufayli 
ularning tarkibidagi yod ancha kamayib ketadi. Masalan, go‘sht qovurilganida 
undagi  yodning  64,5%,  qaynatilganida  48,3%,  kartoshka  qaynatilganida  37-
40%,  non  pishirilganida  38,7-84,0%  gacha  yod  yo‘qotiladi.  Oziqovqat 
mahsulotlarini  uzoq  vaqt  saqlashda  tegishli  qoidalarga  rioya  qilinmasa, 
ulardagi yodning 35-50% gacha qismi yo‘qolishi mumkin. 
Yodga bo‘lgan taqchillikning oldini olish uchun osh tuzi kaliy yodi bilan 
yoki  natriy  yodi  bilan  boyitiladi.  Buning  uchun  aytilgan  yod  birikmasidan  har 
100 kg osh tuziga 1,0-2,5 g qo‘shiladi. Yodning spirtdagi eritmasi yoki suvdagi 
aralashmasi dezinfeksiyalovchi, zararsizlantiruvchi, kuydiruvchi modda sifatida 
tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladi.  
Ovqatlanishda  kon  tuzidan  foydalanish  yodga  bo‘lgan  ehtiyojni 
qondirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  kon  tuzi  tarkibida  boshqa 
mikroelementlar bilan bir qatorda yod ham mavjuddir. 
Dengiz  havosidan  nafas  olish  qalqonsimon  bez  faoliyati  buzilganda 
katta  yordam  qiladi.  Bu  o‘rinda  Boltiq  va  Qora  dengizlar  alohida  ahamiyatga 
ega. Chunki ular suvining tarkibida yod ko‘p bo‘ladi.  
 

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish