qor va muz to’planishi mumkin bo’lgan qatlami. Shartli tushuncha, chunki
troposferaning bu qatlamida qor to’planishiga sharoit (iliq o’lkalarda baland
tog’lar) mavjud bo’lsagina to’planadi. X. qutblar atrofida yer yuzasida pastda
joylashgan.
Siklon (yunoncha siklon — aylanuvchi)—atmosferaning past bosimli
qismlari. Ko’pincha ikki xil havo massasi chegarasida (havo frontida) hosil
bo’ladi. S. markazida havo bosimi kam, atrofda yuqori bo’ladi. Shamol atrofdan S
markazi tomonga esadi. Lekin Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi ta’sirida
shamollar shimoliy yarimsharda o’ngga, janubiy yarimsharda chasha buriladi.
Natijada S.da shamollar quyundagiga o’xshab esadi. Aslida S. katta quyundan
iborat, S. larning diametri 1000 – 3000 km ga. Soatiga 30 - 40 km, ba’zan 80 km
gacha tezlik bilan siljiydi., S. da ob-havoo bulutli yog’inli bo’ladi. O’zbekiston
Atlantika okeanidan keladigan S. lar qishda iliq, yomg’irli, qorli havo keltiradi.
Sunami (yaponcha)—dengiz ostida yer qimirlaganda dengiz tagining
ko’tarilishi va pasayishi natijasida hosil bo’ladigan juda uzun to’lqinlar. Soatiga 50
km dan 1000 km gacha tezlik bilan tarqaladi. To’lqin balandligi hosil bo’lgan
joyda, ochiq dengizda 0,1 m dan 5 m gacha yetadi, lekin dengiz qirg’og’iga
kelganda 10 m dan 50 m gacha yetadi va undan ham ortib ketib, katta halokatlar
keltiradi. Asosan Tinch okean qirg’oqlarida kuzatiladi.
Shamol — havoning yuqori bosimli joylardan past bosimli joylarga tomon
oqishi, harakati. Muayyan masofadagi havo bosimi orasidagi farq qancha katta
bo’lsa, shamol shuncha kuchli esadi. Shamolning yo’nalishi va tezligi maxsus
asboblar (Qarang. Flyuger va Anemometr) yordamida aniqlanadi va Bofortning
xalharo shkalasi bo’yicha 0 dan 12 gacha ballar bilan baholanadi. Sh. esayotgan
tomon ufq tomonlari nomi bilan ataladi. Mas., shimoliy, g’arbiy, janubi-sharqiy
Sh. lar va h. k.
Sharq—1) ufqning to’rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush paytida Quyoshga
qarab turgan kuzatuvchining chap tomonida bo’ladi; 2) matematik ufq tekisligi
bilan osmon ekvatori kesishgan nuqta; 3) Quyosh chiqadigan tomon.
Shimol — ufqning to’rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush chizig’i bilan
haqiqiy ufq doira chizig’i kesishgan nuqta. Chiqayotgan quyoshga qarab
turganingizda chap tomoningizda bo’ladi.
Ekvator (latincha ekuator — tenglashtiruvchi) — Yer yuzasida qutblardan
barobar uzoqlikdan o’tkazilgan aylana chiziq. Ekvator Yer kurasini ikki yarim
sharga — shimoliy va janubiy yarim sharlarga bo’ladi. Geografik kengliklar
ekvatordan boshlab qutbga tomon hisoblanadi. Ekvator uzunligi (Krasovskiy
ma’lumotiga ko’ra) 40075696 m, 1°yoyining uzunligi, 111321,4 m. Ekvatorda
kecha bilan kunduz doimo teng bo’ladi. Quyosh ekvator ustida har yili ikki marta
21 mart va 23 sentyabrda qoq tepadan o’tadi.
Ekvator iklimi — yil bo’yi havo issiq (24°, 28°), yog’in ko’p (o’rtacha
1500—3000 mm), fasllar bir-birlaridan farq qilmaydigan iqlim. yil bo’yi issiq, ser-
nam ekvator havosi hukmron, yog’in (yomg’ir) bir tekis yog’adi, har kuni tushki
yomg’irlar yog’ib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: