oralig’ida joylashgan geografik mintaqa. Yil bo’yi issiq (24—28°), yog’in ko’p
taqsimlangan. Biokimyoviy va tabiiy geografik jarayonlar jadal ro’y beradi. Tabiiy
holda hamma yoq qalin sernam tropik o’rmonlar bilan qoplangan bo’lgan. O’simlik
va hayvonot dunyosi benihoya xilmama-xil.
Ekvator o’rmonlari — ekvator mintaqasi tabiat zonasi, Ekvatorning har
ikkala yonida joylashgan. Fasliy tafovutlar deyarli yo’q. Sernam iqlim sharoitida
qizil yuvilgan tuproqlarda doimiy yashil o’rmonlar o’sadi. Janubiy Amerika,
Afrika, Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan.
Ekvator havosi — ekvator mintaqasi ustida tarkib topadigan va nihoyatda
sernam havo. Ko’tarilma harakat kuchli bo’lib, qattiq jalalarga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: