Tog’ muzliklari — tog’larning qor chegarasidan yuqorida qor to’p-lanib,
zichlashib hosil bo’lgan muzliklar. Ko’pincha vodiylarda, cho’qqilar atrofida,
yonbag’irlarda bo’ladi. Qor chegarasidan pastga ham siljib tushadi. Eng katta T. m.
Alyaskadagi Bering, Pomirdagi Fedchenko muzliklari (77 km ga cho’zilgan).
Tropik mintaqalar — Yer sharidagi ikkita tabiat mintaqasi. Shimoliy va
janubiy yarimsharlarda, taxminan 20° va 30° kengliklar orasida joylashgan. Haro-
rat yuqori — oylik o’rtacha harorat 10° dan ortiq, passat esib turganidan
yog’in kam — yiliga 50—200 mm (materiklarning sharqiy tog’li qismlarida
1000—2000 mm) yog’in yog’adi. Quruqlikda cho’llar va chala cho’llar,
sernamroq joylarda savannalar va o’rmon lar tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |