Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Traktorlarni yig‘ish va chiniqtirish



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

4.5. Traktorlarni yig‘ish va chiniqtirish
Chiniqtirishdan  maqsad —  yangi  ta’mirdan  chiqqan  traktorni  to‘la  quvvat
bilan me’yoriy ishlatish mumkin bo‘ladigan texnik holatga keltirishdan iborat.
Traktorni chiniqtirish oldidan ba’zi tayyorgarlik ishlari bajariladi: chang va loy-
dan  tozalanadi;  mexanizm  va  uzellar,  birikmalarning  mahkamligi  tekshiriladi;
traktor  to‘la  moylanadi;  baklarga  yonilg‘i,  sovitish  tizimlariga  esa  suv  to‘la -
tiladi.
Ta’mirlashdan chiqqan traktorlarni chiniqtirish oldidan dvigatelning moy-
lash ti zimlarini, uzatmalar qutisini, asosiy va oxirgi uzatmalarni dizel yonilg‘isi
89


90
bilan yuvish tavsiya etiladi. Dvigatelning moylash tizimlari dvigatel ishlamayot-
ganda, boshqa mexa nizmlar esa traktor harakatlanmayotganda yuviladi; bu bi-
lan  ta’mirlash  vaqtida  mexa nizmlarga  kirib  qolgan  metall  va  abraziv
zarrachalari  yo‘qotiladi,  dvigatel  yuvilgandan  keyin  dizel  yonilg‘isi  darhol
tushirib olinadi va traktorning mexanizmlari yangi moy bilan to‘latiladi.
Traktorni  chiniqtirishni  quyidagi  uch  bosqichga  bo‘lish  mumkin: dvigatelni
salt  ishlatib  chiniqtirish;  gidravlik  o‘rnatma  tizimlarini  chiniqtirish;  traktorni
salt harakatlantirib, yuklamalar bilan  ishlatib chiniqtirish.
Dvigatellarni  salt  ishlatib  chiniqtirish  tirsakli  valning  past  aylanalaridan
boshlab, aylanalar sekin-asta me’yoriga yetkaziladi.
Dvigatel  tirsakli  valining  minutiga  aylanish  soni  quvvat  olish  vali  orqali
aniqlanadi. D144, D37M dvigatellarida tirsakli valning aylanish soni motosoat-
lar  hisoblagichining  harakatlantirish  valigi  orqali  aniqlanadi.  Bu  valik  tirsakli
valga nisbatan ikki marta sekin aylanadi.
Gidrotizim  past  va  o‘rtacha  aylanalarda  5—8  minut  salt  ishlatib  chiniq -
tiriladi. 
Taqsimlagichning richaglari «neytral» holatdan «ko‘tarish» holatiga o‘tkazi-
ladi, shunda tortqilar ko‘tarila boshlaydi. Ko‘tarilish tugagandan keyin taqsim-
lagichning richagi “neytral” holatga avtomatik tarzda qaytishi lozim. 
Porshen  yo‘lini  cheklaydigan  tirak  shtokning  silindrdan  chiqib  turadigan
qismi  o‘rtasiga  suriladi.  Richag  neytral  holatdan  tushirish  holatiga  o‘tkaziladi
va bo‘ylama tortqilar tushiriladi; tortqilar pastga tushib bo‘lgach, taqsimlagich-
ning richagi «neytral» holatiga avtomatik tarzda qaytishi lozim.
Tortqilarni  ko‘tarish  va  tushirish,  tirsakli  valning  aylanishlarini  me’yor-
lagich sekin-asta oshirib borgan holda, 8—10 minut davom etadi. 
T28X4M  va  MTZ-80X  traktorlarining  gidravlik  tizimlarini  chiniqtirishda
o‘rnatish mexanizmning bo‘ylama tortqilariga 100—150 kg yuk tavsiya etiladi.
Bu yukni 15 mi nut davomida ko‘tarib-tushirib  o‘rnatish tizimi chiniqtiriladi.
Bakdagi moy harorati 35—55°C chamasida bo‘lishi lozim. 
Taqsimlagichning  richagi  «erkin»  holatga  qo‘yilganda  bo‘ylama  tortqilar
qo‘l bilan ohista ko‘tariladi va tushiriladi, shunda porshen silindrda yuqoriga va
pastga oson surilishi lozim.
Markaziy tortqi ko‘tarilganda va tushirilganda sharnirda oson burilishi lo -
zim.  Traktor  dvigatel  tirsakli  valning  me’yoriy  aylanishlarida  eng  past  uzat-
madan  boshlab  barcha  uzatmalarda  salt  harakatlantirib  chiniqtiriladi.  Traktor
salt ishlatib chiniqtirilganda o‘ng va chapga ravon, past uzatmalarda esa keskin
buriladi.
Traktor  yuklama  bilan  chiniqtirilganda  qishloq  xo‘jaligi  ishlarini  bajarishi
yoki yuk tashishi kerak. Traktorni yuklama bilan chiniqtirishning eng muvofiq


91
tartibi  ikkita:  avval  me’yoriy  yuklamaning  1/3  qismini,  so‘ngra  2/3  qismini
tashkil etadigan yuklama bilan chiniqtirishdan iborat. 
Chiniqtirish  vaqtida  nazorat  asboblarining  ko‘rsatkichlari,  detallarning
qizishi kuzatiladi; dvigatelning va traktor mexanizmlarning ishiga quloq solinib,
taqillash va shovqin yo‘qligi aniqlanadi. Traktor mexanizmlari me’yorli, dviga-
tel barcha tartiblarda qora tutun chiqarmasdan, ortiqcha qizimasdan ravon ish-
lashi,  asosiy  tishlashish  muftasi  dvigatelni  uzatmalar  qutisidan  oson  va  ravon
ajratishi, uzatmalar ravon va puxta qo‘shilishi lozim. Traktor mexanizmlarining
ishida aniqlangan barcha kamchiliklar darhol bartaraf etiladi.
Traktor  dastlab  10  soat  chiniqtirilgandan  keyin  dvigatelning  karteridagi
moy almashtiriladi, dag‘al tozalash moy va yonilg‘i filtrlari yuviladi.
Traktor chiniqtirilgach, dvigateldagi moy almashtiriladi va ayni vaqtda dvi-
gatel  to‘xtatilib,  moylash  tizimi  dizel  yonilg‘isi  bilan  yuviladi.  Tiniq  tozalash
moy filtrlari almashtiriladi, tiniq hamda dag‘al tozalash filtrlari yuviladi. Havo
tozalagich  to‘la  yuviladi.  Uzatmalar  qutisidagi  konus  uzatmalardagi  va  oxirgi
uzatmalar  kojuxlaridagi  moy  almashtiriladi,  ular  traktorni  5  minut  harakat-
lantirgan holda dizel yonilg‘isi bilan uzatiladi. Klapanlar mexanizmining to‘g‘ri
sozlanganligi,  ventilyator  tasmalarining,  zanjirlarning  tarangligi,  yo‘naltiruvchi
g‘ildiraklarning  sozi  va  boshqa  mexanizmlar  tekshiriladi.  Barcha  mexanizmlar
birikmasining mahkamligi tekshiriladi va ular sinchiklab moylanadi.
Traktor  chiniqtirilgach,  akt  tuziladi.  Bu  aktda  chiniqtirish  tartibi,  vaqti,
aniqlangan kamchiliklar va traktorning ishga yaroqli ekanligi ko‘rsatiladi.
Detallarning  ishqalanuvchi  sirtlari,  odatda,  100  soat  ishlab  moslanadi,
shuning uchun traktorlar chiniqtirilgandan keyin 40—50 soat  20—25% kam-
roq  yuklama  bilan  ishlagani  ma’qul.  Dvigatelning  quvvati  quyidagi  tartibda
aniqlanadi: dvigatel  sovituvchi  suv  harorati  90—95°C  ga    yetguncha  isitiladi.
Dvigatel  yuklamasi  (tayyor  mashinalar  sinab  ko‘riladigan  joyda  tormozlanadi)
va  uning  me’yoriy  aylanishlardagi  maksimal  quvvati  aniqlanadi;  ayni  vaqtda,
dvigatel maksimal quvvat hosil qilib ishlayotgandagi yonilg‘i sarfi, bunga qarab
esa  yonilg‘ining  soatli  va  solishtirma  sarfi  aniqlanadi.  Nominal  aylanalardagi
maksimal  quvvat  va  yonilg‘i    sarfi  aniqlangach,  bular  traktorlarning  texnik
tavsifnomasiga  solishtirilib,  me’yoriy  ko‘rsatgichlardan  qanchalik  chetlashish
borligi  bilinadi.  Chetlashish  katta  bo‘lganda  quvvatning  pasayishi  va  yonilg‘i -
ning ortiqcha sarflanishi sababi aniqlanib, bartaraf qilinadi.
Traktorni  qismlarga  ajratmasdan  ta’mirlashga  qo‘yish  masalasini  uzellar -
ning holatini, dvigatel hosil qiladigan quvvatni, yonilg‘i va karter moyi sarfini,
shovqin  va  taqillashlarning  bor-yo‘qligini  sinchiklab  tekshirgandan    keyingina
hal  etish  kerak.  Traktorni  kamdan  kam    hollardagina  juda  zarur  bo‘lganda
qismlarga ajratishga ruxsat etiladi.


92

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish