Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Gidravlik tizim hamda osma mexanizmlarga texnik xizmat ko‘rsatish va



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

4.3. Gidravlik tizim hamda osma mexanizmlarga texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash
Gidrotizimning  asosiy  uzellari  —  taqsimlagichning  nasoslari,  silindrlari  va
boshqalardan iborat. Gidrotizimning uzellari va detallarini ta’mirlashda quyidagi
ishlar bajariladi: uzellar tozalanadi, yuviladi, ta’mir talab etadiganlari qismlarga
ajratiladi, yangi detallar tanlanadi, yeyilgan detallar ta’mirlanadi, yig‘iladi, ros-
tlanadi,  uzellar  sinaladi.  Bu  ishlarni  bajarish  uchun  ish  joyida  ikki  ish  o‘rinli
verstak  (MO-5002);  zanjir-changak  (MP-3722/1);  porshen  halqalarining  egi -
luvchanligini  tekshiradigan  o‘lchov  asboblari  (KP-0507);  porshen  halqalarini
olish va kiygizish moslamasi (MP-3726/149); kerosin quyiladigan turli vanna;


74
ishlatilgan moylar bo‘shatiladigan bak; mayda turli voronka, nitrokraskali ban-
ka;  bo‘yoq  cho‘tka;  avtol  va  solidol  quyiladigan  maydon;  cho‘mich,  paqir,
sochiqlar; klapanlarni ishqalash pastasi solingan bankalar; chilangarlik asboblari
komplekti  va  gidrotizimni  sinash  uchun  universal  tay yor  mashinalar  sinab
ko‘riladigan  joy  (SGU-2);  universal  tayyor  mashinalar  sinab  ko‘riladigan  joy
(SÒU-2),  nasosni  ta’mirlash  uchun  buraladigan  universal  moslama
(418—10—00);  yon  va  pastki  qopqoqlardagi  klapanlarning  uyalarini  zenkovka
qiladigan moslama; surish, haydash klapanlarini va bir tomonlama ishlaydigan
klapanlarni ishqalash uchun moslama (418-40—00, 418—50—00, 418—60—00
va  418—80—00);  zolotnikning  povodogini  ajratadigan  ilmoq  (418—10—00);
universal  opravka  (418—110—00);  nasosni  harakatlantiradigan  valdagi  oldingi
podshipnikning uyasini va orqa podshipnik salniklarining uyasini yig‘ish uchun
moslama (418—130—00); nazorat-o‘lchov  asboblari komplekti bo‘lishi lozim.
Gidrotizimlarni ta’mirlashda pastki va yon qopqoqlar, zolotnik, klapanlar,
plunjerlar  ramasi,  porshen,  silindr  halqalarining  joyini  almashtirishga  ruxsat
etilmaydi.  Gidrotizimdan  olingan  yirik  uzellar  RO-0603  stellajiga,  mayda  de-
tallar,  shu  jumladan,  biriktiruvchi  detallar  RO-3602  rusumli  maxsus  qutilarga
qo‘yilishi kerak.
Qishloq  xo‘jaligi  traktorlarida  NCH32V,  NCH46V  va  boshqa  nasoslar
qo‘llaniladi. Bu nasoslarda korpuslar, vtulkalar, shesternyalar, salniklar yeyila-
di. Korpusning surish kamerasi tomonda vtulkalar va shesternyalarning joylash-
gan  hududi  yeyiladi.  Bu  nuqson  shesternyalarning  qiyshayishiga  va  nasos  ish
unumining  pasayishiga  sabab  bo‘ladi.  Korpus  0,15  mm dan  ortiq  yeyilmasligi
kerak. 
— Vtulkalar yeyilganda nasosning ish unumi jadal pasayadi. Vtulkalardagi
nuqsonlar  kengaytirishi,  va  babbit  qatlami  bilan  qoplab,  keyinchalik  mexanik
ishlash yo‘li bilan bartaraf qilinadi. Vtulkalar maxsus kesilgan konus opravkalar
yordamida kengaytiriladi. Buning uchun vtulka moyda 70—80°C gacha qizdiri-
ladi va 20 tonnalik gidravlik pressda 0,1 mm ga kengaytiriladi. So‘ngra vtulka -
ning yon yuza va ichki sirtlarida chuqurligi 0,2—0,3 mm li tishlar hosil qilinadi.
Vtulka 70—80°C gacha isitilgan kaustik sodaning 3—4% li eritmasida yoki ben-
zinda  yog‘dan  tozalanadi,  elektr  pechda  120—150°C  gacha  qizdiriladi,  tish
yasalgan  sirtlari  xlorid  kislota  bilan  tozalanib,  oqartiriladi.  Tayyorlangan  sirt-
larga  babbit  qo‘yiladi  va  vtulka  suvda  sovitiladi.  Babbit  qo‘yilgan  vtulkaning
ichki  sirti  tokarlik  dastgohgida  minutiga  1500—2000  aylanma  tezlikda  aylan-
tirib, belgilangan tozalikka erishiladi. Bu ishni keriladigan otveyrtka bilan ham
bajarish mumkin. Bunda ham vtulkaning yon sirtlari bronza ko‘ringunga qadar
ishlanadi. Vtulka-shesternya sapfasi juftidagi tirqish 0,06—0,07 mm.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish