71
T4A traktorining burish mexanizmi — juftlashtirilgan bir pog‘onali planetar
burish mexanizmi, ikkita quyosh shesternya tormozi va ikkita to‘xtatish tor-
mozidan iborat.
Tormoz lentalar yeyilganda bo‘shashtirilgan tormoz lentalari bilan tormoz
barabanlari o‘rtasidagi tirqish (0,2—0,4
mm atrofida) sozlanadi. Buning uchun:
œ
keyingi ko‘prik korpusining qopqoqlari ochiladi, quyosh shesternya tor-
mozining sozlash gaykasini burab, tormoz lentasi nazorat shtift botgunga
qadar taranglanadi; nazorat shtift keyingi ko‘prik korpusi orqa devorida,
quyosh shesternya tormozining richaglari qarshisida joylashgan. Quyosh
shesternya tormozi nazorat shtift keyingi ko‘prik korpusidan 5
mm dan or-
tiq ko‘tarilganda
sozlanadi;
œ
to‘xtash tormozining sozlash gaykasini burab barabandagi tormoz lentasi
to‘la taranglanadi, so‘ngra gayka 3,5—4,0 aylanaga burab bo‘shatiladi;
œ
tormozlar taranglagan holda sozlash boltining kontrgaykasi bo‘shatiladi, bolt
oxirigacha burab kirgiziladi va bir aylanaga burab bo‘shatiladi, kontrgayka
burab
mahkamlanadi;
œ
prujinaning uzunligi tekshiriladi va zurur bo‘lsa, uning uzunligi 345
mm
qili nadi.
T4A traktorining zanjiri quyidagicha taranglanadi: taranglash mexanizmining
soz lash vintini bo‘shashtirish uchun taranglovchi g‘ildirakning vilkasidagi gayka
burab bo‘shatiladi. Sozlash vintini burab chiqarib, zanjirning tarangligi zanjir
tutqich katoklar o‘rtasida 20—30
mm salqiydigan holatga yetkaziladi.
Zanjirlarni taranglashda sozlash vintini taranglash kronshteynidan burab
chiqarishga ruxsat etiladi, lekin yo‘naltiruvchi g‘ildirakning vilkasi bilan taran-
glash kronshteyn trubasining toresigacha bo‘lgan oraliq 185
mm dan oshmasin.
Zanjirlar juda salqigan va sozlash imkoniyati oz qolgan bo‘lsa, zanjir
lentasi bitta yoki ikkita trakni olib tashlab qisqartiriladi.
T4A traktorining o‘qidagi tutqich katokning erkin aylanishi uchun o‘q
lyufti bo‘lishi zarur. Konus rolikli podshipniklarni sozlashda katok o‘qining
gaykasi katok ayla nishdan to‘xtagunga qadar burab mahkamlanadi, so‘ngra
gayka 1/3—1/5 aylana burab bo‘shatiladi. Shunda 0,3—0,5
mm chamasida
me’yoriy
lyuft tiklanadi,
gayka mahkamlanib, shayba bilan stoporlanadi.
Traktorning o‘qida yo‘naltiruvchi g‘ildirakning yengil aylanishi uchun
shaybaning toresi bilan tirak halqa o‘rtasidagi tirqish g‘ildirakning o‘qqa nis-
batan 0,10—0,65
mm lyuftga ega bo‘lishini (salqishini) ta’minlashi lozim. Lyuft
tirak shayba bilan g‘ildirak gupchagining tores sirtlari o‘rtasidagi qistirmalar
yordamida sozlanadi.
Konus podshipniklardagi me’yoriy o‘q tirqish 0,1—0,2
mm ga teng. Traktor
ishlaganda o‘q tirqishi kattalashadi. O‘q tirqishi 0,5
mm dan
oshganda podship-
72
niklarni soz lash zarur. O‘q tirqishini tekshirish va sozlash uchun traktorning
oldingi qismi domkrat bilan ko‘tariladi.
Gupchakni tebratib o‘q yo‘nalishida
quyidagi tartibda sozlanadi: traktorning g‘ildiragi, sozlash qistirmalari joylash-
gan salnik uyasi va kerakli sondagi qistirmalar olinadi; g‘ildirak yig‘iladi va
traktorga o‘rnatiladi; g‘ildirakning yengil aylanishi va sezilarli o‘q lyuftning
yo‘qligi tekshiriladi.
T28X4M, MTZ-80X va TTZ-80.11 traktorlarining tormozlari quyidagi tartib-
da soz lanadi: sozlash tortqisi tormozdagi mushtumchali valikning richagidan
ajratiladi, bu ning uchun birlashtiruvchi barmoq chiqarib olinadi; kontrgayka
bo‘shatiladi va pedalning yuqorigi chekka holatdan tormozlay boshlash payti-
gacha erkin yo‘li 50—70%
mm bo‘lgunga qadar sozlanadigan tortqining sterjeni
vilkadan burab chiqariladi.
Friksion nakladkalar tormozlanmagan holatda tormoz barabanlariga urin-
masligi lozim. Lenta bilan baraban o‘rtasida bir tekis tirqish hosil qilish uchun
tormoz qopqog‘ining pastki qismidagi boltdan foydalaniladi. Bolt oxirigacha
burab kirgiziladi, so‘ngra ikki aylanaga burab bo‘shatiladi va kontrgayka bilan
mahkamlanadi. Tortqi mushtumchali valning richagi bilan birlashtirilgach,
pedalning erkin yo‘li tekshiriladi. Ikkala pedallar blokirovka qilinganda baravar
tormozlay boshlashi lozim.
Rul boshqarmasiga texnik xizmat ko‘rsatish uning mexanizmlarini tek-
shirish va soz lashdan iborat. Rul g‘ildiragi erkin va me’yoriy, yengil aylansa,
rul boshqarmasi soz hisoblanadi.
T28X4M, MTZ-80X va
TTZ-80.11 traktorlarida chervyakning podshipniklar-
idagi o‘q tirqishini va chervyakli juftning tishlashishini sozlash: tirak vintning
kontrgaykasi bo‘shatiladi va uni burab podshipniklarda me’yoriy tirqish o‘rnati-
ladi; shunda chervyak, o‘q lyuft sezilarli bo‘lmagan holda oson buralishi lozim;
tirqish sozlangandan keyin tirak vint kontrgayka bilan mahkamlanadi.
Chervyakli juftning tishlashishi quyidagi tartibda sozlanadi: sozlovchi gayka
qulfining kesigidagi fiksatsiya bolti bo‘shatiladi; qulfni soat miliga qarshi burab,
me’yoriy yon tirqish o‘rnatiladi, bunda chervyak erkin buraladigan bo‘ladi.
Sozlangandan keyin bolt va sozlash gaykasining fiksatsiya qulfi mahkamlanadi,
so‘ngra yo‘naltiruvchi g‘ildirakni o‘ng va chapga burib, to‘g‘ri sozlanganligi
tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: