Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Traktor va avtomobillarning yurish qismi, boshqarish mexanizmlariga



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

4.2. Traktor va avtomobillarning yurish qismi, boshqarish mexanizmlariga
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
Traktorlarning,  ayniqsa,  gusenitsali  turkumdagi  traktorlarning  transmis-
siyasi  va  yurish  qismi  eng  og‘ir  sharoitlarda  ishlaydi.  Abraziv  zarrachalar  va
namning  ishqalanuvchi  sirtlarga  doimiy  ta’siri  juftlashtirilgan  detallarning  tez
yeyilishiga  sabab  bo‘ladi.  Shuning  uchun  transmissiya  va  yurish  qismini
ta’mirlashgandan  keyingi  ko‘prik,  bort  uzatmalar,  o‘qlar,  ressorlar,  ramalar,
zanjirlar  telejkasi,  osmalarning  karetkalari,  yo‘naltiruvchi  g‘ildiraklar,  zanjir-
lar  va  hokazolar  tiklanadi.  Bu  uzellarni  ta’mirlash  uchun  B1  tisklari
o‘rnatilgan  verstak  (MO-5001),  montaj  stoli  (MO-5004),  traktor  ramalarin-
ing  tagiga  qo‘yiladigan  tagliklar  yoki  traktorlarni  yig‘ish  uchun  tayyor
mashinalar  sinab  ko‘riladigan  joy-aravacha,  bort  uzatmalarini  yig‘ish  stoli,
egiluvchan  valli  yo‘nish-silliqlash  dastgohi,  rusumlari  bor  bo‘lgan  plita,
450x600  mm  li  tekshirish  plitasi,  3  lik  reykali  press  (MO-5008),  mosla-
malar  to‘plami  bilan  jihozlangan  10 lik  gidravlik  press  (MO-2106),  isitish
vannasi  (RO-5009),  salniklarni  singdirish  vannasi,  turli  montaj-demontaj
qilish  moslamalari  bo‘lishi  zarur.
Keyingi ko‘priklarning korpuslarini ta’mirlashda darz ketgan va yorilgan joy-
lar berkitiladi, boltlar va shpilkalar buraladigan teshiklardagi rezbalar tiklanadi,
sharikli  podshipniklar  o‘tkaziladigan  joylar  va  podshipnik  uyalari  tuzatiladi.
Korpuslardagi darz va yoriqlar payvandlab yoki yamoqlar qo‘yib va ularni bolt-


70
lar bo‘lmasa, parchin mixlar bilan mahkamlab tuzatiladi. Payvandlash oldidan
darzning ikki cheti ishlanadi, darzlar po‘lat elektrod yordamida choklarni nav-
bat bilan yetkazib payvandlanadi. Korpusning og‘ir kuch ta’sir etadigan joylari
kuchaytiruvchi  shpilkalar  yordamida  berkitiladi;  shpilkalarning  tashqi  uchlari
bir-biriga qaratib egiladi; shpilkalar atrofi va darz payvandla-nadi. Yoriq joylar
nakladkalar  (yamoq)  qo‘yib  berkitiladigan  bo‘lsa,  yamoq  qalinligi  3—5  mm li
yumshoq  po‘lat  listdan  tayyorlanadi.  Po‘lat  yamoq  surik  yoki  belila  surkalgan
karton yoki gazmol qistirma bilan birga darz joyning ustiga qo‘yiladi. Yamoqni
mahkamlash  uchun  8  yoki  10 mm li  boltlar  qo‘llaniladi.  Teshiklar  bir-biridan
30—35 mm oralangan joylarini tuzatish uchun yupqaroq (qalinligi 2—3 mm li)
po‘lat yamoqlar, mahkamlash uchun 6—8 mm li boltlar qo‘llaniladi. Teshiklar
bir-biridan 25—30 mm oraliqda parmalanadi. Rezba oddiy usullar bilan tiklana-
di. Korpuslardagi podshipniklar o‘tkaziladigan joylar po‘lat halqalarni presslab
kirgizib,  so‘ngra  me’yoriy  yoki  ta’mirlash  o‘lchamigacha  yo‘nib  kengaytirib
ta’mirlanadi. Juft teshiklarning (masalan, keyingi ko‘priklarning korpuslaridagi
teshiklarning)  bir  o‘qda  bo‘lishini  ta’minlash  uchun  gorizontal  yo‘nish  dast-
gohlari  yoki  maxsus  moslamalar  qo‘llaniladi.  Teshiklarning  umumiy  o‘qdan
0,05—0,10 mm og‘ishiga yo‘l qo‘yiladi. Transmissiya va yurish qismini ta’mir-
lashda  shesternyalarni,  vallarni  va  bir  tomonlama  yeyilgan  boshqa  detallarni
ag‘darib qo‘yish usuli keng qo‘llanilmoqda.
Gusenitsali traktorlarni ishlatganda bort friksionlarining moylanib qolishiga
yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda ular sirpanib ishlaydi.
Friksion disklar yeyilganda boshqarish richaglarining erkin yo‘li kamayadi,
bu  holda  boshqarish  mexanizmini  sozlash  zarur  bo‘ladi.  Friksionlar  quyidagi
tartibda  yuviladi:  traktor  ishdan  to‘xtatilgan  zahoti  moy  friksionlar  bo‘limidan
oqizib olinadi; DT75, DT75M va C100 traktorlarining friksionlar bo‘limiga 8 l
kerosin  quyiladi,  traktor  5—8  minut  oldinga  va  keyinga  harakatlantiriladi;
kerosin bo‘shatiladi va toza kerosin quyiladi; bort friksionlar ajratiladi va ular
keyingi chekka holatda mahkamlanadi, dvigatel yurgizilib, turgan joyida 5 mi -
nut ishlatiladi; kerosin bo‘shatiladi, disklar 1—2 soat turgan joyda quritiladi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish