78
mastikani qopqoqqa qayta quyish uchun kalsiylashtirilgan sodaning 10% li
qaynoq
eritmasida yuvib neytrallanadi, keyin suvda
yuviladi va aralashmalardan
tozalash maqsadida metall to‘r (1
sm
2
da taxminan 400 ta teshigi bo‘lgan
to‘r)dan o‘tkazib filtr lanadi.
Mastika olingandan keyin akkumulyatorning korpusi (banka)dan element-
lar chiqarib olinadi. Buning uchun changakli maxsus ajratgichdan foydalanila-
di. Ajratgich bakning yuqori chetiga tiraladi, changaklar esa element
qopqog‘ining quyish teshigiga kirgiziladi. Elementni chiqarib olishda ajratgich-
ning dastasiga 5
kg dan ortiq kuch qo‘ymaslik kerak, aks holda elementning
korpusi shikastlanishi mumkin. Bakdan chiqarib olingan plastinalar komplekti
har xil qutbli guruhlarga ehtiyotlik bilan ajratiladi. Shunda eski, qorayib ketgan
separatorlar olib tashlanadi. Plastinalarning sirti separatorlarning yopishgan
bo‘laklaridan va iflosdan yupqa pichoq bilan tozalanadi, suvda chayqaladi va
ko‘zdan kechiriladi. So‘ngra ularni qismlarga ajratish uchun yaroqli-yaroqsizga
ajratish stoliga qo‘yiladi. Qo‘rg‘oshin panjaralari yemirilgan; pastki chetining
eni 1
mm dan kam; yuqorigi cheti singan; yon chetlari shikastlangan; strelkasi
3
mm dan ortiq egilgan; faol massasi 0,5
mm dan ortiq shishib yo‘g‘onlashgan;
10 va undan ortiq yacheykalari yoki yonma-yon joylashgan 5 yacheykasi (mus-
bat plastinalar uchun) va turli joylardagi 20 yacheykasi va yonma-yon joylash-
gan 10 yacheykasi (manfiy plastinalar uchun) yorilgan; turli joylaridagi 7 ta va
undan ortiq yacheykasi ning faol massasi butunlay uvalanib ketgan; manfiy
plastinalarga qo‘rg‘oshin yopishgan; ikki yoki undan ortiq plastinalar qulo-
qchalarining tagidagi faol massa yemirilgan; 50% dan ortiq sirti sulfatlangan;
50% dan katta sirtidagi faol massa 0,5
mm dan ortiq chuqurlikda po‘st tashla-
gan musbat va manfiy plastinalar bloki
yaroqsizga chiqariladi. 50% gacha sirti
sulfatlangan; 50% gacha sirtidagi faol massa 0,5
mm gacha shishib yo‘g‘onlash-
gan; manfiy plastinalar sirtiga sariq, yashil va oq dog‘ tushgan; plastina qulo-
qchasi singan, mili 3
mm dan kam egilgan plastinalar
ta’mirlanadi. Musbat
plastinalarning faol massasi jigarrangli va mayin bo‘lishi kerak. Manfiy plasti-
nalarning faol massasi och kulrangli, qattiq, lekin qo‘rg‘oshinlashib qolmagan
bo‘lishi lozim. Ishga yaroqli plastinalar to‘plami yog‘och kurakcha bilan toza-
lanadi va kislotaga chidamli vannada oqar suv bilan yuviladi. Plastinalar to‘pla-
mi vannaning tubidagi yog‘och panjaraga qo‘yiladi, bunda vannadan oqib
o‘tadigan suv sathi plastinalardan baland bo‘lishi kerak. Plastinalar 1—2 soat
yuviladi. Baklar tekshirish oldidan yuqoriga yo‘naltirilgan suv oqimi bilan
ko‘tarilgan holatda yuviladi. Bu maqsadda suv keladigan trubaga mayda-mayda
teshikli uchlik o‘tkaziladi. Bak yuvish vaqtida qo‘lda ushlab turiladi,
vodoprovoddan kelayotgan suv miqdori esa oyoq pedali bilan boshqarib turila-
di. Bak suv oqib chiqib keta oladigan vanna ustida yuviladi. Agar qismlarga
79
ajratilgan batareyadagi separatorlar mipor yoki mikrog‘ovakli ebonitdan yasal-
gan bo‘lib, ularning sirti shikastlanmagan bo‘lsa, tozalangandan va yuvilgandan
keyin ulardan qayta foydalanish mumkin.
Baklardan chiqarib olingan yog‘och separatorlardan qayta foydalanib
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: