60
torlarga 3 pog‘onali tozalaydigan havo tozalagichlar o‘rnatilmoqda. Ular
havoni yanada to‘laroq tozalaydi.
Havo tozalagichga har smenada texnik xizmat ko‘rsatish poddondagi
moyni almashtirishdan iborat. Eski konstruksiyadagi havo tozalagichlarda
chang to‘plagich hajmining yarmidan ortiq chang bilan to‘lishga yo‘l qo‘ymas-
dan uni tozalab turish zarur. Poddondagi moyni almashtirish uchun poddon
olinadi. Eski moy to‘kiladi, poddon cho‘kindilardan tozalanib yuviladi va unga
halqa belbog‘ sathigacha yangi moy quyiladi.
Halqa belbog‘ sathidan ortiq va kam yonilg‘i quyish yaramaydi. Ortiqcha
moy quyilganda silindrga moy surilib, ortiqcha qurum hosil bo‘ladi, kam
yonilg‘i quyilganda esa havo changdan yomon tozalanadi. Havo tozalagichning
poddoniga ishlatilgan karter moyini quyish mumkin, ammo poddonga quyish
oldidan moy tindiriladi va 1/3—1/4 qism dizel yonilg‘isi aralashtirilib suyultiri-
ladi. Qishda hajmining 12 qismicha dizel yonilg‘isi qo‘shib suyultiriladi. Agar
dvigatel
serchang sharoitda ishlasa, moy bir smenada 2—3 marta almashtiriladi.
Kuz va qishda havo nam paytlarida ishlaganda moy 40—60 motosoat ishlagan-
dan keyin almashtiriladi.
1-TXK da havo tozalagichni qismlarga to‘la ajratish, quyidagi tartibda
tozalash va yuvish zarur: quruq chang ajratgich olinadi, tirqishlar yuviladi va
tozalanadi; poddon olinadi, ajralma kassetalar chiqariladi, havo tozalagichning
korpusi ajratiladi; kassetalar rusumli truba moyiga namlanadi; havo tozalagich
yig‘iladi, quruq chang ajratgich joyiga qo‘yiladi.
Havo keladigan tizimdagi barcha birikmalarning zichligi va dvigatelning
past aylanishlarida ishlashi tekshiriladi. Buning uchun rusumli truba zich berki-
tiladi. Agar dvigatel aylanishlarini kamaytirsa va to‘xtasa, demak,
havo surilma-
gan bo‘ladi; agar dvigatel ishlashda davom etsa, havo surilayotgan nozich joyni
aniqlash va kamchilikni bartaraf qilish zarur; quruq chang ajratgich joyiga
qo‘yiladi.
Yonilg‘i baklariga texnik xizmat ko‘rsatish har kuni baklarga yonilg‘i
quyishda bajariladi. Bu vaqtda bakning ichki bo‘shlig‘ini atmosferaga
qo‘shadigan havo teshigini tozalash kerak; har bir bakni yonilg‘i bilan
to‘lg‘azish oldidan dizel yonilg‘isining 2—3
kg quyqasini bo‘shatib, krani
orqali tushirib olish kerak.
Filtrlovchi tiqinlarni vaqti-vaqti bilan yuvish kerak. Buning uchun bakning
qopqog‘i olinadi, qisqacha bolt burab bo‘shatiladi va tiqin qopqoqdan olinadi,
yuviladi, moy biroz ho‘llanadi va joyiga o‘rnatiladi. Ayni vaqtda bak bo‘g‘zida-
gi filtrlovchi tiqin ham yuviladi.
3-TXK da yonilg‘i bak yuviladi. Buning uchun yonilg‘idan batamom
bo‘shatiladi, bak joyidan olinadi va dizel yonilg‘isi bilan tozalab yuviladi.