Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

Tiniq  tozalashda yonilg‘i  filtri  filtrlovchi  elementlarining  ifloslanganligi
manometrning  ko‘rsatishiga  qarab  aniqlanadi;  bosimning  0,2  kg/sm
2
dan  past
bo‘lishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Bu  holda  filtr  yuviladi  yoki  almashtiriladi.  Filtr
quyidagi tartibda almashtiriladi: filtr korpusining sirti tozalanadi, yonilg‘i baki -
ning krani berkitiladi, puf lash vinteli ochiladi, oqizish probkasi burab olinadi,
quyqa  oqiziladi.  Qopqoq  olinadi  va  plita  filtrlovchi  elementlar  bilan  chiqarib
olinadi. 
Filtrlovchi  elementlarni  o‘rnatishda  ularning  va  qopqoqning  plitaga  zich
yopishganligi  tekshiriladi.  Agar  filtr  elementlari  qisqa  bo‘lsa,  sterjen  filtr  kor-
pusining qopqog‘iga tiralib qoladi. Bu holda element bilan plita orasida tirqish
hosil bo‘lib, filtrlovchi elementdan o‘tmay, balki shu tirqishdan yonilg‘i nasosi-
ga  o‘tadi.  Sterjeni  filtrning  qopqog‘iga  tiraladigan  filtrlarni  o‘rnatish  qat’iyan
man  etiladi.  Korpusning  qopqog‘i  joyiga  o‘rnatiladi.  Boltlar  burab  mahkam-
lanadi.  Ta’minlash  tizimi  yonilg‘iga  to‘latiladi  va  undagi  havo  chiqarib  yubo -
riladi.
T4A traktorining yonilg‘i filtrlariga texnik xizmat ko‘rsatish quyidagilardan ibo-
rat: dvigatel 60 motosoat ishlagandan keyin quyqa oqiziladi, buning uchun havo
chiqarish va quyqa oqizish boltlari burab bo‘shatiladi. 240 motosoat ishlagandan
keyin yonilg‘ini dastlabki tozalash 2TF-3 rusumli filtri dvigatel ishlab turgan hol-
da yuviladi. Buning uchun qopqoqdagi 3 yo‘lli kran 90 gradusga buriladi, bu hol-


62
da bitta seksiya yuviladi, boshqasi esa dvigatelga yonilg‘i o‘tkazib turadi, yuvila -
yotgan seksiyaning oqizish bolti 1,5—2,0 aylanaga buriladi (yonilg‘i tiniq bo‘lib
chiqqunga qadar oqiziladi); oqizish bolti burab mahkamlanadi. Uch yo‘lli kranni
shu tartibda yana burab, ikkinchi seksiya yuviladi. 
960  motosoat  ishlagandan  keyin  TF-3  rusumli  tiniq  tozalash  filtri  quyidagi
tartibda yuviladi: TF-3 filtriga yonilg‘i keladigan yo‘l berkitiladi. Filtrlarni bir-
lashtiradigan  trubka  180  gradusga  buraladi;  filtrning  yuvish  uzeli  toza  yonilg‘i
bilan  yuviladi  va  u  filtrlarni  birlashtiradigan  trubkaga  va  filtrning  korpusiga
birlashtiriladi. TF-3 filtrining qopqog‘idagi havo chiqarish bolti burab bo‘shati-
ladi  va  tizim  orqali  yonilg‘i  haydaladi,  dvigatel  yurgizib  yuboriladi,  oqizish
bolti  1,5—2,0  aylanaga  buraladi  va  yonilg‘i  tiniq  bo‘lib  chiqqunga  qadar
oqiziladi. Yonilg‘i tizimi ish tizimiga muvofiq yig‘iladi. Yonilg‘i tizimidan havo
chiqariladi, buning uchun havo chiqarish boltlari 2—3 aylanaga burab bo‘shati-
ladi  va  pompaning  dastagi  nasosi  yordamida  tizim  orqali  yonilg‘i  haydaladi,
havo  pufakchalari  bo‘lmagan  tiniq  yonilg‘i  chiqa  boshlagandan  keyin  boltlar
burab mahkamlanadi.
Dvigatel 2000 motosoat ishlagandan keyin filtrlovchi elementlar almashtiri-
ladi. Yonilg‘i nasosining karteridagi moy dvigatel to‘xtagan zahoti almashtirila-
di. Yonilg‘i nasosining va regulyatorning korpuslaridagi moy oqiziladi, nazorat
sathigacha toza dizel yonilg‘isi quyiladi, dvigatel yurgizilib, 2—3 minut ishlati-
ladi.  Dvigatel  to‘xtatilib,  dizel  yonilg‘isi  bo‘shatiladi  va  korpuslarga  nazorat
sathigacha  toza  dvigatel  moyi  quyiladi.  Dvigatelning  karteriga  qanday  moy
quyilsa, yonilg‘i nasosining korpusiga ham o‘sha moyning o‘zi quyiladi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish