Trubkalarni ta’mirlash ularni to‘g‘rilash, shikastlangan maydonlarni al-
mashtirish, sinash va hokazolardan iborat. Egilgan trubkalar quyidagicha to‘g‘ri-
lanadi: bir necha trubka tekis taxtaga qator qilib taxlanadi, ustiga ikkinchi taxta
qo‘yilib, oldiga va orqaga yumalatiladi. Trubkalarning shikastlangan joylari
qirqib tashlanadi, yaroqli qismlari esa yangisini tayyorlashda ishlatiladi. Yaroqli
bo‘laklardan bir juft trubka tanlanadi, ularning umumiy uzunligi radiatordagi
yaxlit trubkaning uzunligidan 10—15 mm katta bo‘lishi kerak. Trubkalardan
birining uchi konus shaklida yumaloqlab keriladi, ikkinchisining uchi esa konus
shaklida yumaloqlab kesiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |