52
o‘rnatish yo‘li bilan, shuningdek, maxsus yelimlar yordamida tiklanadi.
Payvandlash oldidan darzning uchlari diametri 3—4
mm li parma bilan par-
malanadi, chetlari esa devor qalinligining 0,5 qismiga teng chuqurlikkacha
80—90° burchak hosil qilib kengaytiriladi.
Qo‘yiladigan yamoqlar qalinligi 2,5—3,0
mm li varoq po‘latdan tayyorlana-
di va parchin mixlar yoki vintlar (diametri 4—6
mm, vintlarning bir-biridan
uzoqligi 20—25
mm) bilan mahkamlanadi. Yamoq qo‘yiladigan joy charx bilan
tozalanadi. Yamoqni jips yopishtirish uchun u surik yoki belila surkab
yotqiziladi. Payvandlanadigan yamoq qalinligi shikastlangan devor qalinligiga
teng bo‘lgan varoq po‘latdan tayyorlanadi. Yamoq shakli teshik shakliga mos
qilib, ularning chetlari o‘rtasida 1,5—2,0
mm li tirqish keladigan qilib olinadi.
Chet sifatli bo‘lishi uchun teshik va yamoqning chetlari devor qalinligining 0,5
qismicha chuqurlikda 80—90° qiya qilib kesiladi. Yamoq tayyor langan
va teshik
shakliga moslangandan keyin bir necha joyi payvandlab olinadi, so‘ngra ham-
ma joyi batamom payvandlanadi: shunda to‘xtab-to‘xtab payvandlash kerak.
Blokning o‘ zak podshipniklar vkladishi o‘rnatiladigan sirti yeyilganda
quyidagicha payvandlanadi: yeyilgan sirt yo‘nib kengaytiriladi; payvandlanmay-
digan joylar (ajralish tekisligi, shpilkalar, moy teshiklari) mis yoki jez naklad-
kalar, trubkalar, konus probkalar bilan berkitiladi, blokning podshipnik vk-
ladishi o‘rnatiladigan sirtining atrofi har yerda 30—40
mm li maydonlarga,
yarim halqa shaklida qo‘shaloq chetlar yasab payvandlanadi. Shunda payvand-
lanadigan joy har bir chok yasagandan keyin 18—20°C gacha sovitiladi.
Keyingi vaqtlarda ta’mirlash ishlarida shikastlangan detallarni yelim bilan
tiklash usuli keng qo‘llanmoqda. Masalan,
silindrlar blokining yorilgan joyi
quyidagicha tiklanadi: shikastlangan joy tozalanadi, yoriqning uchlari aniqlana-
di va diametri 3
mm li parma bilan teshiladi, teshiklarga mis shtiftlar kirgizilib,
ularning tashqi qismi parchinlanadi. So‘ngra yorilgan joy devori qalinligining
1/3 qismicha chuqurlikda 8—10
mm ga kengaytiriladi; kengaytirilgan joy va
uning atrofi o‘tkir zubila bilan har 10—12
mm oraliqda sirtaki kesiladi (tirnala-
di) va yelimlashdan 3—5 minut oldin atseton yoki toza benzin bilan yog‘dan
tozalanadi, blokning tayyorlangan maydonlariga to‘ldirgichli yelim surkaladi.
Yelim yupqa yoriqning kengaytirilgan joyi va atrofiga 20—25
mm uzunlikda
kurakcha bilan surkaladi, har 3—5 minutdan keyin yana yelim surkab, yelim
qatlami blok sirtidan 2—3
mm ko‘tariladi va quritiladi. Yoriqlarni yelimlash
uchun quyidagi tarkibli (og‘irligi jihatidan) yelim qo‘llanishi mumkin:
ED-6
epoksid smola
— 120
Diutilftalat
— 15—20
Cho‘yan
kukuni
— 70—80
Polietilenpoliamin
— 10—12
53
Bu yelimlarni quritish vaqti haroratga bog‘liq bo‘lib, u quyidagilarga teng:
Do'stlaringiz bilan baham: