Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Charx tosh bilan silliqlash tartibi



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

Charx tosh bilan silliqlash tartibi: bo‘yinlarning ovalligi va konusligi, g‘ajil-
gan  va  tirnalgan  izlari  charx  toshini  0,025—0,080  mm dan  surib  yo‘qotiladi;
uzil-kesil  silliqlashda  charx  tosh  0,005—0,01  mm dan  suriladi;  tirsakli  val  bir
marta  aylanganda  charx  tosh  7—10  mm bo‘ylama  suriladi.    Bo‘yinlarni
silliqlashda valga suyuqlikni jadal berib sovitiladi. Buning uchun quyidagi emul-
siyalar qo‘llaniladi: 12 suvga 125 emulsiyalovchi moy yoki 12 qaynatilgan
suvga 500 kalsiylashtirilgan soda. Suyuqlik charx toshning valga uringan joyi-
ga beriladi.
Ta’mirlangan tirsakli vallar quyidagi texnik talablarni qondirishi lozim:
œ
dvigatellar tirsakli vallarining shatun bo‘yinlari, ularning ovalligi, konusligi
va  turli  notekisliklar  yo‘qolgunga  qadar  silliqlangan.  SÌD-14  dvigatellari
uchun shatun bo‘yinlarining diametridagi farq 0,05 mm dan oshmaydi. Bir
bo‘yinning diametri boshqa uchta bo‘yinning diametridan 0,5 mm dan ortiq
farq qilganda bu bo‘yinni ta’mirlash o‘lchamgacha ishlashga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zak bo‘yinlarning diametrlari o‘rtasidagi farq 0,03 mm dan oshmaydi;
œ
tirsakli val shatun va o‘zak bo‘yinlarining ovalligi hamda konusligi 0,02 mm
dan  oshmaydi.  Bo‘yinlarda  tirnalgan  g‘ajilgan,  ezilgan,  darz,  g‘ovak  va
zanglangan joylar yo‘q. Valning maxovik, taqsimlash shesternyasi, ventilya-
tor shkivi o‘rnatiladigan joylarida, shuningdek, sharikli podshipnik o‘rnati-
ladigan o‘zak bo‘yinlarda dopusk saqlangan holda alohida chiziqlar, xoma-
ki ishlash izlarining bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi;
œ
moy kanallarining o‘tkir qirralari charxlangan va yaltiratilgan;
œ
tirsakli  vallarning  silliqlangan  shatun  va  o‘zak  bo‘yinlarining  qattiqligi
kamida Rokvell  Rs 45  kg sm
2
bo‘lishi kerak.
Val chetki o‘zak bo‘yinlari bilan prizmalarga o‘rnatilganda:
œ
o‘rtadagi  o‘zak  bo‘yinlarning  radial  tepishi  0,03  mm,  SÌD-14  dvigateli
validagi  o‘rtacha  o‘zak  bo‘yinlarining  radial  tepishi  0,04  mm,  taqsimlash
shesternyasi  va  ventilyatorning  shkivi  o‘rnatiladigan  bo‘yinlarning  radial
tepishi  0,06  mm;  flanetsning,  maxovik  o‘rnatiladigan  silindrik  yoki  konus
bo‘yinning  radial  tepishi  0,05  mm;  keyingi  o‘zak  podshipnikning  salnigi
o‘rnatiladigan bo‘yinning radial tepishi 0,04 mm; A41 dvigateli tishlashish
muftasi  valining  podshipnigi  o‘rnatiladigan  teshik  sirtining  radial  tepishi
0,5 mm dan oshmaydi;
œ
shatun bo‘yinlari o‘qining val o‘qiga nisbatan naparallelligi 100 mm uzun-
likda 0,02 mm dan oshmaydi;


51
œ
shatun bo‘yin arig‘ining o‘qlari krivoshiplar tekisligi (birinchi o‘zak va bir-
inchi shatun bo‘yinlarining diametral tekisligi)dan og‘ishi 1,0 mm dan osh-
maydi;
œ
tishlashish muftasi valining sharikli podshipnigi o‘rnatiladigan yeyilgan uya-
ga kirgizilgan halqa sirtining ovalligi va konusligi 0,3 mm dan oshmaydi.
Ta’mirdan chiqqan taqsimlash vallari quyidagi talablarni qondirishi lozim:
—  mushtumchalar  me’yoriy  o‘lchamlarga  moslab  tiklangan;  mushtum-
chalarning sirtlarida tirnalgan, kuygan, darz va zanglagan joylar yo‘q. Bo‘yin-
larning ovalligi va konusligi 0,02—0,03 mm dan oshmasligi lozim. Valning o‘rta
bo‘yni silliqlangandan keyin uning tepishi dvigatellar uchun 0,06 mm dan osh-
masligi lozim.
Maxoviklar quyidagi hollarda ta’mirlanadi: tishlashish muftasiga urinadigan
sirti g‘ajilgan va yeyilgan, maxovikni tirsakli valga mahkamlaydigan boltlar kir-
giziladigan teshiklar yeyilgan, rezbali teshiklar shikastlangan, tishli gardish yey-
ilgan va hokazo. G‘ajilgan joylar tokarlik stanogida yo‘nib, so‘ngra jilvir qog‘oz
bilan tozalab silliqlanadi. Mahkamlash boltlari buraladigan teshiklar yeyilganda
navbatdagi ta’mirlash o‘lchamgacha kengaytiriladi. Shikastlangan rezba ta’mir-
lash o‘lchamli rezba qirqib tuzatiladi.
Ta’mirlashdan chiqqan maxoviklarning radial va toresdagi tepishi tekshiri-
ladi, ular 0,3—0,4 mm dan oshmasligi lozim. Ta’mirdan keyin maxovik, detal-
ning ishlamaydigan qismida teshiklar parmalab muvozanatlanadi. Maxovikning
tishli gardishi yo‘l qo‘yilmaydigan darajada yeyilganda yaroqsizga chiqariladi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish