Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Silindr va shatun-porshen guruhi



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

Silindr va shatun-porshen guruhi
Silindr  gilzalarini  ta’mirlashda  silindr  ko‘zgusi  (ish  sirti)  yeyilgan,  silindr
sirti g‘ajilgan va tirnalgan, darz ketgan nuqsonlar uchraydi. Ish sirti yeyilganda
silindr dia metri kattalashadi, uning geometrik shakli buziladi. Porshen halqalari
siljiydigan  maydon  (silindrlarning  yuqori  qismi)  eng  ko‘p,  silindr  aylanasi
bo‘ylab notekis, silindrning ish sirti porshen barmog‘ining o‘qiga tik tekislikda
ko‘proq yeyiladi. Shuning uchun silindrlar bo‘yiga noto‘g‘ri konus, ko‘ndalang
kesimi esa oval  shaklini oladi. Dvigatel ishlagan sari silindrlarning konusligi va
ovalligi oshib, bir tomondan porshen bilan halqa o‘rtasidagi, ikkinchi tomon-
dan  esa  silindr  devori  o‘rtasidagi  tirqish  kattalashadi.  Tirqish  kattalashganda
dvigatelning  quvvati  pasayadi  va  yonilg‘i-moy  sarfi  oshadi.  Shuning  uchun
silindrlar yo‘l qo‘yiladigan chekka o‘lchamdan ortiq yeyilganda gilzalarni yoki
silindrlarni  ta’mirlash  zarur.  Silindrlarning  qanchalik  yeyilganligi  mikrometrik
shtrixmassalar  yoki  maxsus  indikatorlar  bilan  eng  ko‘p  yeyilgan  joylarda
o‘lchanadi. Bu joylar gilza ko‘zgusida (oynasida) yuqori qo‘zgalmas nuqtadagi
porshenning  yuqorigi  halqasi  hosil  qiladigan  zinachaga  qarab  aniqlanadi.
Gilzaning  ovalligi  (o‘zaro  tik  yo‘nalishlarda  o‘lchangan  diametrlar  o‘rtasidagi
farq)  gilzaning  diametrini  yuqoriga  qirradan  taxminan  40—50  mm oraliqda
o‘lchab aniqlanadi.
Silindrlarni  ta’mirlash  —  ish  sirtlarini  yo‘nib  kengaytirish  va  silliqlash-
dan  iborat.  Bu  ishlar  bajarilganda  silindr  to‘g‘ri  silindrlik  shaklga  keladi,
uning  ish  sirti  esa  zarur  tozalikda  bo‘ladi.  Silindrlar  ta’mirlash  o‘lchamlarga
mos  yo‘nib  kengayti ri ladi.
Shatun-porshen  guruhini  ta’mirlash  va  yig‘ish  bo‘yicha  ixtisoslashtirilgan
ish joyi ustaxonaning yoki zavodning motor-ta’mirlash xonasida joylashadi. Bu
ish joyida quyidagi ishlar bajariladi:
— porshen, shatunlarni ta’mirlash;
— porshenlar va gilzalarni o‘lchov guruhlariga qarab tanlash;
— shatun-porshen guruhlarini yig‘ish.
Traktor  dvigatellarining  porshenlari  ko‘pincha  cho‘yan  yoki  alyuminiyli
qotishmalardan  tayyorlanadi.  Porshenlar  yeyilganda  halqalar  o‘rnatiladigan
ariqchalar, barmoqlar o‘rnatiladigan teshiklar kengayadi, darz ketgan, g‘ajilgan
joylar  paydo  bo‘ladi,  yon  sirti  yeyiladi.  Halqalar  o‘rnatiladigan  ariqchalar,
48


49
odatda, tezroq yeyiladi va karter moyining ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi.
Yeyilgan ariqchalarni tiklash ularni keng roq halqaga moslab yo‘nishdan iborat.
Porshen  ariqchalari  tokarlik  dastgohlarida  maxsus  moslamadan  foydalanib
yo‘niladi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish