Tuzilma (struktura) miqdorlari deyilganda to`plamdagi ayrim
guruhlarning shu to`plamning umumiy yig’indisiga bo`lgan nisbati tushuniladi.
Umumiy ko`rinishda bu ko`rsatkich quyidagicha hisoblanadi:
100
n
n
T
NM
bu erda:
T
NM
– tuzilma nisbiy miqdorlari;
n – to`plamdagi ayrim guruhlar (bo`laklar);
n – to`plam yig’indisi.
Tuzilma nisbiy miqdorlari o`rganilayotgan to`plamining tarkibini
tavsiflaydi va shu to`plamdagi har bir guruh (bo`lak) lar umumiy to`plamning
qancha qismini (ulushini) tashkil qiladi, degan savolga javob beradi.
Tuzilma nisbiy miqdorlari, odatda, to`plam o`z mohiyati jihatidan bir-
biridan tubdan farq qiluvchi guruhlarga, bo`laklarga ajratilgan hollarda keng
qo`llaniladi. SHuning uchun ham bunday mikdorlar statistik ma`lumotlarni
guruhlash bilan bevosita bog’liq va ularni hisoblash asosida hlash yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |