Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


 Asosiy fondlarni baholash usullari



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   208
Bog'liq
Statistika

 
15.4. Asosiy fondlarni baholash usullari
Statistikada  asosiy  fondlarning  xajmini  o`rganishda  natural  va  qiymat 
ko`rsatkichlaridan 
foydalaniladi. 
Asosiy 
fondlarni 
qiymat 
ko`rinishda 
baholashda quyidagi qiymat turlari qo`llaniladi: 
- to`la boshlang’ich qiymati; 
- to`la tiklash qiymati; 
- eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang’ich (tiklash) qiymati; 
- balansdagi qiymati; 
- bozor qiymati; 
- yo`kotishdagi qiymati. 
Asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymati deganda ularni sotib olish, 
tashib  keltirish  va  o`rnatish  uchun  ketgan  harajatlarning  yig’indisi  tushuniladi. 
Demak,  to`la  boshlang’ich  qiymat  asosiy  fondlarni  foydalanishga  topshirish 
momentidagi  qiymati  bo`lib,  u  eng  asosiy  baholash  turi  hisoblanadi.  Undan 
foydalanib asosiy fondlarning xajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni 


 
149 
texnika  bilan  qurollanish  ko`rsatkichlari  aniqlanadi.  SHuningdek  to`la 
boshlang’ich  qiymat  amortizatsiya  ajratmalari  va  normalarini  hisoblashda  baza 
hisoblanadi.  Biroq,  har  bir  konkret  momentda  asosiy  fondlarning  to`la 
boshlang’ich  qiymati  joriy  baholarda  hisoblanganligi  uchun  ularning  umumiy 
xajmiga  fizik  hajm  va  baho  o`zgarishlari  xam  ta’sir  ko`rsatadi.  Bu  to`la 
boshlang’ich  qiymat  bo`yicha  hisoblangan  asosiy  fondlarning  juz’iy 
kamchiligidir. 
SHuning  uchun  vaqti-vaqti  bilan  asosiy  fondlarni  qayta  baholab  turish 
taqazo  qilinadi  va  buning  natijasida  to`la  tiklash  qiymati  aniqlanadi.  Asosiy 
fondlarning  to`la  tiklash  qiymati  –  ularning  xozirgi  davr  sharoitlarida  takror 
ishlab chiqarish qiymatidir. 
Masalan,  2  yil  ilgari  «A»  markali  10ta  stanok  uchun  sarf  qilingan 
harajatlar (sotib olish, tashib keltirish va o`rnatish uchun) 10.000 so`mni tashkil 
qildi. SHu yili yuqoridagi «A» markali stanoklardan yana 5 tasi sotib olindi va 
ularga harajat 4500 so`mni tashkil qildi. 
YUqoridagi  ta’rifga  ko`ra  15  ta  stanokni  to`la  boshlang’ich  qiymati 
xaqiqiy 
sarflangan 
harajatlar 
yig’indisiga 
teng 
bo`ladi, 
ya’ni 
10.000+4500=14500 so`m. 
To`la  tiklash  qiymati  esa  15  ta  stanokni  ushbu  yilda  sotib  olinsa,  jami 
qancha harajat qilinishi mumkinligini ko`rsatadi, ya’ni 
15 x (4500/5)=13,500 so`m. 
Tiklash  qiymati  odatda  asosiy  fondlarni  qayta  baholash  jarayonida 
aniqlanadi. 
Qayta  baholash  bilan  bir  qatorda  asosiy  fondlarning  eskirish  summalari 
ham aniqlanadi. 
Asosiy  fondlar  o`z  qiymatlarini  doimiy  ravishda  ishlab  chiqarilayotgan 
maxsulot  tannarxiga  o`tkazib  turganligi  sababli  boshlang’ich  va  tiklash 
qiymatlarining  eskirishi  hisobiga  olingan  xoldagi  qiymatlari  ham  aniqlanadi. 
Buning uchun to`liq qiymatdan eskirish summasi ayriladi. 
YUqoridagi  misolimizda,  masalan  asosiy  fondlarning  eskirish  darajasi 
30%  deb  olsak,  u  holda  eskirish  summasi  =  13500  x  30%=4050  m.s.  bo`ladi. 
Demak qoldiq qiymat 
13500 -4050=9450 m.s.ga teng. 
Balansdagi  qiymat  –  ob’ektlarni  qayta  baholash  natijasida  olinadi  va 
asosiy fondlar shu bahoda korxonalar balansiga o`tkaziladi. Balansdagi qiymat – 
aralash baholash: ba’zi ob’ektlar uchun – tiklashdagi qiymat, boshqalar uchun – 
bosh birlamchi qimmat ham bo`lishi mumkin. 
Bozor  qiymati  –  ob’ektlarni  joriy  davrda  bozorda  sotilishi  mumkin 
bo`lgan qiymatini ifodalaydi. 
Asosiy  fondlar  uzoq  vaqt  xizmat  qilishi  natijasida  payti  kelib  butunlay 
yaroqsiz  xolga  kelishi  yoki  ulardan  kegusida  foydalanish  iqtisodiy  samara 
bermasligi (ma’naviy eskirishi) mumkin. Bunday paytlarda asosiy fondlar ishlab 
chiqarish  jarayonidan  chiqariladi.  Ularni  temir-tersak  sifatida  metallomga 
topshirish,  agar  binolar  bo`lsa  –  ularning  buzilishi  natijasida  turli  xil  qurilish 
materiallari  (yog’och,  g’isht  va  boshqa)  xosil  bo`lishi  mumkin.  Korxonalarda 


 
150 
albatta  temir-tersak  va  qurilish  materiallari  turli  extiyojlar  uchun  foydalanishi 
yoki chetga sotib yuborilishi mumkin va bu mablag’lar korxonaning hisob-kitob 
raqamiga kelib tushadi. Bu esa o`z navbatida yo`qotish qiymatida aks ettiriladi. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish