Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   208
Bog'liq
Statistika

Qisqacha xulosalar  
Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo`lib, u ijtimoiy takror 
ishlab chiqarish jarayonining boshlang’ich va yakuniy xolatini ifodalaydi. Milliy 
boylik  hajmining  ortishi  iqtisodiy  o`sishning  muhim  omili  hisoblanadi.  SHu 
bilan  birga  milliy  boylikda  ishlab  chiqarish  jarayonining  natijalari 
mujassamlanadi.  U  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  hisobiga  to`ldiriladi  va 
yangilanadi.  Milliy  boylik  hajmi,  uning  tarkibi,  dinamikasi  va  ulardan 
foydalanish  darajasi  davlat  va  xalqaro  statistikada  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining  muhim  yakunlovchi  ko`rsatkichlari  sifatida  qaraladi.  Milliy 
boylik  xajmi  va  tarkibining  o`zgarishiga  qarab  takror  ishlab  chiqarish  va 
jamg’arish jarayonining tendenstiyalari haqida fikr yuritiladi. 
Iqtisodiy  aktivlarni  tasniflashda  avvalo  ular  ikki  sinfga  ajratiladi: 
moliyaviy aktivlar va nomoliyaviy aktivlar. 
Moliyaviy  aktivlar  ko`p  jihatdan  moliyaviy  talablar  va  majburiyatlardan 
iborat.
 
Nomoliyaviy  aktivlarga  –  egalari  ulardan  iqtisodiy  faoliyat  natijasida 
yoki  qiymat  zahirasi  sifatida  manfaat  ko`rishlari  mumkin  bo`lgan  ob’ektlardir. 
Ular ishlab chiqarilgan yoki ishlab chiqarilmagan ob’ektlar bo`lishi mumkin. 
Nomaterial  ishlab  chiqarilmagan  aktivlar  egasiga  konkret  faoliyat  bilan 
shug’ullanish  huquqini  beruvchi  xujjatlar  kiradi  (patentlar,  litsenziyalar,  tovar 
belgilariga bitimlar tuzish va h.k.). 
Iqtisodiyot  har  bir  sektorning  ma’lum  momentga  nisbatan  iqtisodiy 
ahvoli,  uning  o`zining  xususiy  kapitali  xajmi  bilan  baholanadi  va  u  sektorning 
aktiv  va  passivlar  balansining  balanslashtiruvchi  moddasida  o`z  aksini  topadi. 
Balans  ikki  yoqlama  jadvalga  o`xshatib  tuziladi,  uning  chap  tomonida 
sektorning  aktivlari  (moliyaviy  va  nomoliyaviy),  o`ng  tomonida  esa  uning 
moliyaviy majburiyatlari va o`z kapitalining sof qiymati keltiriladi. 
Asosiy  fondlar  tarkibiga  erlarni  yaxshilash  (melioratsiya,  quritish, 
irrigatsion  va  boshqa  ishlar)  uchun  qilingan  kapital  harajatlar  va  erga  egalik 
qilish huquqini o`tkazish bilan bog’liq bo`lgan xizmatlar (advokatlar, ko`chmas 
mulk  bilan  shug’ullanuvchi  agentlar  va  boshqa  vositalar  xizmatiga  to`lovlar, 
to`langan  soliqlar  va  yig’imlar  va  boshqa  tashkiliy  harajatlar)  bilan  bog’liq 
bo`lgan harajatlar ham kiradi. 


 
155 
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish jarayonini amalga 
oshirish  uchun  xo`jalik  yurituvchi  sub’ektlar  ishlab  chiqarish  fondlari  bilan 
ta’minlangan bo`lishlari lozim. 
Statistikada  asosiy  fondlarning  xajmini  o`rganishda  natural  va  qiymat 
ko`rsatkichlaridan 
foydalaniladi. 
Asosiy 
fondlarni 
qiymat 
ko`rinishda 
baholashda  quyidagi  qiymat  turlari  qo`llaniladi:  to`la  boshlang’ich  qiymati;  
to`la  tiklash  qiymati;    eskirishni  hisobga  olgan  holdagi  boshlang’ich  (tiklash) 
qiymati; balansdagi qiymati; bozor qiymati; yo`kotishdagi qiymati. 
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida 
sekin-asta  emirilib  boradi.  emirilish  asosiy  fondlar  amortizatsiyasining  moddiy 
asosini tashkil qiladi. emirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo`linadi. Asosiy 
fondlarning  ma’naviy  eskirishi  asosiy  fondlarning  yanada  unumliroq 
elementlarining  paydo  bo`lishi  va  arzonroq  asosiy  fondlarning  yaratilishi 
natijasida sodir bo`ladi. 
Asosiy  fondlarni  fizik  va  ma’naviy  eskirishi  oqibatda  ularni  yangilash 
(almashtirish)  zaruriyati  tug’iladi.  Buning  uchun  asosiy  fondlar  ishlab  turgan 
vaqtlarida  korxonalarni  ularni  sotib  olish  yoki  yaratish  bo`yicha  xarajatlari 
qoplanishi  va  ularni  almashtirishni  amalga  oshirish  uchun  etarli  darajadagi  pul 
mablag’lari  jamg’arilishi  lozim.  Xarajatlarni  qoplash  va  pul  mablag’larini 
yig’ish  ishlari  mahsulot  tannarxiga  amortizatsiya  ajratmalrini  qo`shish  orqali 
amalga oshiriladi. 
Investitsiyalarning mohiyati shundaki, ular keyinroq manfaat olish uchun 
xozir  ma’lum  loyihalarga  qilingan  xarajatlarni  anglatadi.  Investitsion 
loyihalarning  shakllari  va  mazmuni  yangi  korxona  qurilishi  rejalashtirishdan 
tortib,  to  asosiy  kapitalning  yangi  elementlarini  sotib  olishgacha  bo`lishi 
mumkin. 
 
 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish