15.5. Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida
sekin-asta emirilib boradi. emirilish asosiy fondlar amortizatsiyasining moddiy
asosini tashkil qiladi. emirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo`linadi. Asosiy
fondlarning ma’naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq
elementlarining paydo bo`lishi va arzonroq asosiy fondlarning yaratilishi
natijasida sodir bo`ladi.
Hozirgi paytda hisoblanadigan yillik amortizatsiya ajratmalari faqat
jismoniy eskirishnigina hisobga olib, quyidagicha hisoblanadi:
Т
Б
И
Х
И
БББ
А
bu erda,
A – yillik amortizatsiya ajratmalari;
BBB – asosiy fondlarning to`la boshlang’ich (tiklash) qiymati
IX – asosiy fondlarni yo`qotish xarajatlari (demontaj, ajratish,
buzish va h.k.)
IB – asosiy fondlarni yo`qotish vaqtida olingan materiallar, detallar
va boshqalarni sotishdan tushgan mablag’lar
T – asosiy fondlarni xizmat qilish muddati.
Amortizatsiya ajratmalari faqatgina absolyut miqdordagina emas, balki
nisbiy ko`rsatkichlarda ham hisobga olib boriladi va u amortizatsiya normasi
deb yuritiladi:
Ф
А
N
A
100
bu erda,
N
A
– amortizatsiya normasi;
F – asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati.
Amortizatsiya normalari asosiy fondlarning turiga uzviy bog’liq bo`ladi.
Uzoq muddat xizmat qiladigan (binolar, inshoatlar) ob’ektlar uchun uning
darajasi nisbatan kichik bo`lsa, ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan
(mashina va uskunalar) qismlarida esa katta bo`ladi.
Amortizatsiya summasini hisoblashning ikki usuli mavjud: professional-
chiziqli va tezlashtirilgan usullar.
Professional-chiziqli usulda ob’ektning qiymati uning xizmat qilish
davrida xar yili bab-barobar ravishda amalga oishiriladi. Masalan, agar
ob’ektning xizmat qilish davri – 5 yil bo`lsa, unda uning balansdagi qiymatining
xar yili 1/5 qismi qoplaydi yoki amortizatsiyaning chiziqli me’yori 20%ga teng
bo`ladi.
Asosiy fondlar aktiv qismining tezlashtirilgan amortizatsiya meyori ishlab
chiqarishni tarkibiy o`zgarishi va uni modernizastiya qilish uchun mo`ljallangan.
U amortizatsiya me’yorining ikki marta ko`paytirilgan xajmiga teng bo`lib,
ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan qullaniladi.
151
Misolimizda ikki marta ko`paytirilgan chiziqli amortizatsiya me’yori
40%ga teng. U holda, masalan, ob’ektning qiymati 200 ming bo`lsa,
foydalanishning birinchi yilida 80 ming so`m (200 m.s.:0,4) ajratiladi. U holda
qoldiq qiymat – 120 m.s. (200-80). Ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan
ikkinchi yil amortizatsiya ajratmalari 48 m.s. (120x0,4)ga teng bo`ladi.
Foydalanishning qolgan yillari uchun xam amortizatsiya ajratmalari shu usulda
hislblanadi (72x0,4 va h.k.).
Asosiy fondlarni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash
(almashtirish) zaruriyati tug’iladi. Buning uchun asosiy fondlar ishlab turgan
vaqtlarida korxonalarni ularni sotib olish yoki yaratish bo`yicha xarajatlari
qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish uchun etarli darajadagi pul
mablag’lari jamg’arilishi lozim. Xarajatlarni qoplash va pul mablag’larini
yig’ish ishlari mahsulot tannarxiga amortizatsiya ajratmalrini qo`shish orqali
amalga oshiriladi.
Amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya fondlarida yig’ilib boradi va
ma’lum muddat o`tgandan so`ng ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy
fondlarning qiymatini to`la qoplashi kerak. SHuning uchun asosiy fondlarning
amortizatsiya summasi asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymatidan katta
bo`lishi mumkin emas.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarida amortizatsiya
ajratmalari bir tomondan ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarni oddiy
takror ishlab chiqarishda foydalanilsa, ikkinchi tomondan chiqib ketayotgan
asosiy fondlar o`rniga texnikaviy takomillashgan asosiy fondlar bilan
almashtirishda qatnashadi va manba bo`ladi.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlar uchun yangi kapital mablag’larni
moliyalashtirishga yoki qurilish materiallarini, uskunalar yoki nomaterial
aktivlarni sotib olish uchun uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalarga sarflanadi.
Uzoq muddat foydalaniladigan asosiy fondlarni yaratish va sotib olish
uchun qilingan xarajatlar investitsiya deb ataladi va ular joriy yil xarajatlariga
kiritilmaydi.
Investitsiyalarning mohiyati shundaki, ular keyinroq manfaat olish uchun
xozir ma’lum loyihalarga qilingan xarajatlarni anglatadi. Investitsion
loyihalarning shakllari va mazmuni yangi korxona qurilishi rejalashtirishdan
tortib, to asosiy kapitalning yangi elementlarini sotib olishgacha bo`lishi
mumkin.
SHunday qilib, asosiy fondlarni «eskirishi» va «amortizatsiya
ajratmalari»ni bir-biridan ajratish lozim. eskirish birlamchi va u butun xizmat
davomida ortib boradi va amortizatsiyaning moddiy asosi hisoblanadi.
Amortizatsiya normasi esa ikkilamchi va butun xizmat davomida o`zgarmasdan
qoladi. Ular orasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin.
152
Do'stlaringiz bilan baham: |