Tayanch iboralar:
Milliy boylik, milliy mulk, tabiiy resurslar tarkibi, aktiv va passivlar
balansi, tabiiy resurslar tarkibi, asosiy fondlar, amortizatsiya summasi, aylanma
mablag’, mahsulot hajmi, fond qaytimi, ishlab chiqarish va xazmat ko`rsatish
xarajatlari.
15.1. Milliy boylik tushunchasi, hajmi va tarkibi.
Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo`lib, u ijtimoiy takror
ishlab chiqarish jarayonining boshlang’ich va yakuniy xolatini ifodalaydi. Milliy
boylik hajmining ortishi iqtisodiy o`sishning muhim omili hisoblanadi. SHu
bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari
mujassamlanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to`ldiriladi va
yangilanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan
foydalanish darajasi davlat va xalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining muhim yakunlovchi ko`rsatkichlari sifatida qaraladi. Milliy
boylik xajmi va tarkibining o`zgarishiga qarab takror ishlab chiqarish va
jamg’arish jarayonining tendenstiyalari haqida fikr yuritiladi.
Milliy hisoblar tizimi (1993 y.) doirasida milliy boylik asosida iqtisodiy
aktivlar tushunchasi yotadi.
Iqtisodiy aktivlar – xususiy yoki jamoa mulki bo`lib, ularga egalik qilish
yoki ulardan foydalanish natijasida mulk egalari iqtisodiy jihatdan manfaatdor
bo`lishlari mumkin. Har bir iqtisodiyot aktiv qiymatga ega bo`lib, vaqt o`tishi
bilan uning qiymati o`zgaradi. Har xil aktivlar o`z egasiga har xil manfaat
keltiradi:
- imorat, mashina, uskunalar ishlab chiqarish jarayonida foydalanishdan
daromad keltiradi;
- moliyaviy aktivlar va er o`z egalariga mulkdan olingan daromad sifatida
manfaat keltiradi (foizlar, devidentlar, renta);
- har qaysi aktivga qiymat zahirasi sifatida ega bo`lishdan olingan
manfaat yoki uni hoxlagan vaqtda sotib yuborishi mumkin.
Ba’zi aktivlarga egalik qilish davri, ulardan manfaat olish tugagungacha
bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Ikkinchi xil aktivlarga egalik qilish shu davr
kelgunga qadar ular sotib yuboriladi va kelajakda olinishi mumkin bo`lgan
daromad oldinroq olinadi. Uchinchilari (masalan, qimmatbaho metallardan,
toshlardan qilingan buyumlar va h.k.) sof holda qiymat zahirasi sifatida xech
143
qanday boshqa manfaat ko`rsatmasdan faqat yig’ilgan boyliklarni asrash va
sotish sifatida saqlanishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarga asosan iqtisodiy aktivlar bo`yicha uchta
xolatni ajratish mumkin:
- ob’ekt qandaydir mulk egasida bo`lishi lozim (davlat, xususiy yoki
boshqa formada);
- mulk egasi ob’ektga egalik qilish va undan foydalanishdan qandaydir
manfaat olishi lozim;
- ob’ektni aktivlarga kiritishning muhim sharti uni hoxlagan vaqtda
boshqa institutsion birliklarga sotib yuborish mumkin.
Bu xususiyatlarga faqat inson mehnati tufayli yaratilgan material
boyliklar (asosiy fondlar, material aylanma mablag’lar va zahiralar) emas, balki
moliyaviy instrumentlar (depozitlar, aktsiyalar va h.k.) yoki tabiiy hosil bo`lgan
ob’ektlar: er va er osti, o`rmonlar va boshqa o`simlik resruslari, yovvoyi
hayvonlar
ham
bo`lishi
mumkin.
MHTga
asosan
tabiiy
resurslar
mamlakatlarning iqtisodiy aktivlariga ularning egalari (davlat, tashkilot,
muassasalar va h.k.) ulardan real daromad olish uchun foydalanilgan taqdirda
kiritiladi.
Atrof muhit muhofazasi ob’ektlari (osmon bo`shlig’i, ochiq suv havzalari)
kimningdir mulki bo`laolmaydi yoki o`z egasiga qandaydir manfaat keltirmaydi
(masalan, foydali qazilma zahiralaridan xozirgi texnik darajada yoki hozirgi
bahoda manfaat kelmaydi). SHuning uchun, ular iqtisodiy aktivlarga
kiritilmaydi. Iqtisodiy aktivlarga yana uy xo`jaliklari tomonidan sotib olingan
uzoq muddat davomida foydalaniladigan buyumlar ham kiritilmaydi.
Milliy hisoblar tizimi (1993 y.)da iqtisodiy aktivlarni tasniflash
Iqtisodiy aktivlarni tasniflashda avvalo ular ikki sinfga ajratiladi:
moliyaviy aktivlar va nomoliyaviy aktivlar.
Moliyaviy aktivlar ko`p jihatdan moliyaviy talablar va majburiyatlardan
iborat. Bunda ikki institutsion birliklar orasida tuzilgan bitimga asosan biri
mablag’ (kapital) beradi. MHTda moliyaviy talab aktiv hisoblanib, uning egasi
144
(kreditor) boshqa institutsion birlik (debitordan) tuzilgan birlikka asosan to`la
yoki bir necha to`lovlarni oladi. Binobarin, kreditor faqat o`zi bergan qarz
mablag’nigina emas, balki yana mulk egasi sifatida foizlar, daromadlar xam
oladi. Bir institutsion birlik tomonidan shunday talabning mavjudligi, boshqa bir
institutsion birlik tomonidan majburiyat bo`lishini taqozo qiladi. Moliyaviy
talablar (majburiyatlar) har xil ko`rinishga ega bo`lishi, moliyaviy aktivlarning
har xil ko`rinishida yuzaga keladi.
1. Monetar oltin – bu davlatning pul-kredit muassasalarida markazlashgan
xolda saqlanuvchi slitka yoki moneta formasidagi oltin zahiralari. Ular sotib
olish qobiliyatini oshirish maqsadida sotib olinadi.
2. O`rnini bosuvchi huquqiga ega bo`lgan mahsus mablag’lar
(O`BXEBMM) – xalqaro valyuta fondi tomonidan tashkil etilgan xalqaro rezerv
va to`lov mablag’lari, shu fondga a’zo bo`lgan davlatlar orasida taqsimlanadi.
O`BXEBMM dunyo pul mablag’lari bo`lib, ular xalqaro pulsiz hisob-kitob
ishlarini XVF maxsus hisoblarida amalga oshiradilar. Ular faqat hukumatlar
darajasida markaziy banklar va xalqaro tashkilotlar orqali xalqaro qarz
yo`qotuvchi mablag’ sifatida ishlatiladi.
3. Mavjud pullar (valyuta) - hisob-kitob qilish uchun ishlatiladigan
muomaladagi banknot va tangalar. Muomalaga chiqarilgan mavjud pullar uni
chiqargan muassasa (odatda markaziy bank) uchun majburiy hisoblanadi.
4. Depozitlar – banklarga asrab berish uchun o`tkazilgan pul mablag’lari.
Bu moliyaviy «aktiv»ga banklarning fondlar bilan qaytarib berish majburiyati
bo`lgan mablag’larga qarshi turadi. Depozitlar (pul mablag’lari kabi) yoki milliy
yoki xorij valyutalarida bo`lishi mumkin, ular rezident-muassasalarning yoki
qolgan dunyoning majburiyati bo`lishi mumkin.
5. Qimmatbaho qog’ozlar (aktsiyalardan tashqari) – ularni chiqargan
shaxsga nisbatan, ularning egasi tomonidan mulkiy huquq beradigan pullik
xujjatlar. O`zining mohiyatiga ko`ra ular qarz majburiyatlari hisoblanadi.
Bularga veksellar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlar, privatizatsion
cheklar va boshqalar kiradi.
6. Ssudalar – kreditor tomonidan bevosita qarz oluvchiga beriladigan
moliyaviy instrument hisoblanadi. Bu operatsiya odatda xujjat bilan tasdiqlanadi
va bu xujjatni birovga berish mumkin emas. Bularga banklar tomonidan
korxonalar yoki uy xo`jaliklariga berilgan ssudalar misol bo`laoladi (uzoq
muddatga sotib olishga kredit, istemolchi krediti, moliyaviy lizing)
7. Texnik sug’urta rezervlari – sug’urta imkoniyatlarini o`tkazish
texnikasi taqozo etishi natijasida yaratilgan moliyaviy aktivlar sug’urta to`lovlari
va sug’urta yig’imlari orasidagi vaqt sug’urta tashkilotlarida texnik rezerv
sifatida katta xajmdagi summani yig’ish imkoniyatini yaratadi. Ularni yaratish
sug’urta kompaniyalari uchun zarur hisoblanadi, chunki ular sug’urta
qilayotganlar uchun vakolat bo`lishlari kerak. MHTda texnik sug’urta rezervlari
ikki guruhga bo`linadi:
- uy xo`jaliklarining rezervdagi sof aktivlari qiymati – xayotni va nafaqa
fondini sug’urtalash;
145
- sug’urtalashning boshqa turlari bo`yicha (xayotni sug’rtalashdan
tashqari) to`lov rezervlari va tartibsiz talablarning rezervlari.
8. Aktsiyalar va kapitalda ishtirok etishning boshqa turlari – ustav
kapitalga ma’lum nisbatda hissa qo`yilganligi xaqidagi xujjat bo`lib, u o`z
egasiga foydaning ma’lum qismini devident sifatida olish huquqini beradi.
9. Debitor va kreditorlarning boshqa hisoblari – savdo krediti, bitmagan
ishlar va boshqalar hisobidan avanslar.
Nomoliyaviy aktivlarga – egalari ulardan iqtisodiy faoliyat natijasida yoki
qiymat zahirasi sifatida manfaat ko`rishlari mumkin bo`lgan ob’ektlardir. Ular
ishlab chiqarilgan yoki ishlab chiqarilmagan ob’ektlar bo`lishi mumkin.
Ishlab chiqarilgan aktivlar – MHTda ishlab chiqarish jarayoni natijasida
paydo bo`gan nomoliyaviy aktivlar deb ataladi. Ular asosiy kapital, material
oborot mablag’lar va boyliklar zahirasidan tashkil topadi.
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy boylikni bir
qismi uni natural – mulk holatini uzoq muddat davomida o`zgartirishdan
iqtisodiyotda foydalaniladi va o`z qiymatini tayyor mahsulot va xizmatlarga asta
sekin o`tkazaboradi. Asosiy kapital material va nomaterial qismlarga bo`linadi.
Material asosiy kapitalga yashaydigan va mamlakatdagi bino va inshootlar,
mashina va uskunalar, transport vositalari, parvarish qilinadigan tabiiy aktivlar
(ishchi mahsuldor mollar, mevali bog’lar va boshqa ekilgan daraxtlar), tarixiy
yodgorliklar va h.k. MHTning yangicha talqini bo`yicha asosiy kapitalga xarbiy
uskunalarning ba’zi turlari kiritilgan bo`lib, ular faqat xarbiy maqsadlarda emas,
balki fuqarolik extiyojlari uchun ham ishlatiladi (aerodromlar, avtomobillar va
h.k.).
Nomaterial asosiy kapitalni ajratish 1993 yildagi MHTning yangiligi
hisoblanadi. Ularga inson mehnati natijasida yaratilgan va xamma bilishi shart
bo`lmagan axborotlar bo`lib, ular qandaydir asrovchiga o`tkazilgan. Ularning
qiymati ularda asralayotgan axborotning qiymatiga bog’liq. Bunga foydali
qazilma boyliklarni qidirish harajatlari, dasturiy ta’minot, adabiyot va san’atning
noyob asarlari (filmlar, ovoz yozib olishlar, qo`lyozmalar va h.k.) va boshqa
nomaterial aktivlar kiritiladi.
Material oborot mablag’larga ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo,
materiallar, yoqilg’i va boshqalar), tayyor mahsulotlar, qayta sotiladigan
tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. SHularga yana davlat
zahiralari va don rezervlari, strategik materiallar va davlat ahamiyatga ega
bo`lgan boshqa tovarlar kiradi.
Boyliklar – uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho tovarlar bo`lib,
ularning bahosi umumiy bahoga nisbatan xech pasaymaydi. Ular ishlab
chiqarish maqsadida ishlatilmaydi va foydalanilmaydilar va qiymat zahirasi
sifatida asraladi (qimmatbaho metallar, toshlar, antikvar buyumlar va boshqa
san’at asarlari va boyliklar).
Ishlab chiqarilmagan aktivlarga ishlab chiqarish jarayoni natijasi
bo`lmagan nomoliyaviy aktivlar kiradi. Ular yoki tabiat tomonidan yaratilgan,
yoki yuridik va hisob ishlari natijasi bo`lib hisoblanadi. Material ishlab
146
chiqarilmagan aktivlarga er, er osti qazilma boyliklari, er osti suvlari va
etishtirilmaydigan (tabiiy) biologik resurslar kiradi.
Nomaterial ishlab chiqarilmagan aktivlar egasiga konkret faoliyat bilan
shug’ullanish huquqini beruvchi xujjatlar kiradi (patentlar, litsenziyalar, tovar
belgilariga bitimlar tuzish va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |