Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»


Ruziyeva G.F., o`qituvchi



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Ruziyeva G.F., o`qituvchi,
Buxoro davlat universiteti, O`zbekiston 
BUXORODA TURISTIK ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR YARATISH 
ZARURATI VA IMKONIYATLARI 
 
Turistik faoliyat Jahon iqtisodiyoti tarmoqlari orasida jadal sur`atlarda 
rivojlanayotgan 
sohalardan biridir. Undan 
keladigan 
foyda 
esa 
turistik 
destinatsiyalarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik, innovatsion darajada 
rivolanishiga o`z hissasini qo`shmoqda. Sohaning rivojlanishi o`z navbatida 
mamlakat iqtisodiyoti uchun juda kata foyda keltiradi. Turizm sohasining muqobil 


151 
rivojlanishi, mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltirishi uchun esa avvalombor turistik 
salohiyatm infratuzilma yuqori darajada bo`lishi lozim. 
Turistik hudud bu shunday hududki, unda barcha sayyohlarni jalb qiluvchi 
turistik resurslar, sayyohlarga to`laqonli xizmat qiladigan turistik industriya 
jamlangan [1]. Bu aynan kompleks va bunday hududlarni zaruriy infratuzilmalardan 
iborat qandaydir diqqatga sazovor obyektlar majmui deb tushunish to`gri emas. 
Turistik hududda ma`lum bir shakllangan tur mahsulot to`laqonli taqdim etiladi. Bu 
shunday hududki, unda siz bir vaqtning o`zida ham diqqatga sazovor joylarni 
tomosha qilish, ham muzey, teatr, festivallarda ishtirok etish, ham dam olish, 
mehmonxona va umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlaridan foydalanish 
imkoniyatiga ega bo`lishingiz kerak. Bunday hududlar barcha xizmatlarni ma`lum 
chegarada qamrab oladi. Bunday hududlarda ma`lum bir iqtisodiy erkinliklar berilgan 
bo`lsa ular turistik erkin iqtisodiy hududlar deb yuritiladi. Iqtisodiy erkinliklar esa o`z 
navbatida hududda barpo etilgan obyektlarga qaratiladi.
Turistik erkin iqtisodiy hududlarning barpo etilishi, o`z navbatida turizm 
sohasining rivojlanishi, mamalakat iqtisodiyotiga turistlarni jalb qilish orqali valyuta 
tushumining ortishi, belgilangan iqtisodiy erkinliklar tufayli tadbirkorlarning erkin 
faoliyatini targ`ib qilish bilan bir qatorda hududning jozibadorligini yuksaltirish 
uchun ham amaliy asos bo`lib xizmat qiladi. Bunday hududlarning barpo etilishi 
mintaqa ko`rkiga ko`rk qo`shishi shubhasizdir.
Butun dunyoda faoliyat olib borayotgan turistik erkin iqtisodiy hududlar 
tajribasini o`rganib, jahon tajribasiga tayangan holda bugungi kunda respublikamizda 
bir nechta turistik erkin iqtisodiy hududlar barpo etish bo`yicha keng faoliyat olib 
borilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotida turizm sohasining ulushi iqtisodiyotning 
uchdan bir qismini tashkil qilmoqda. Respublikamiz tabiati, tinch aholi, diqqatga 
sazovor joylarning, tog`li hududlarning ko`pligi, umuman olganda resurslarning 
mavjudligi evaziga kundan kunga sayyohlar soni ortib bormoqda. 
Bu sonlarning ortishi esa o`z navbatida, mamlakatimizda yaratib berilayotgan 
chegaraviy erkinliklar, kirish va chiqish jarayonlarining soddalashtirilganli evaziga 
desak mubolag`a bo`lmaydi. Yaqin 2 yil ichida sohada ro`y berayotgan izchil 
o`zgarishlar mahalliy aholining sayohat qilishi bilan bir qatorda mamlakatimizga 
kiruvchi sayyohlar sonining ortishini ham keskin oshirdi. Xususan, qo`shni 
mamlakatlar Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston hududlaridan keluvchi sayyohlar 
soni ortishi kuzatilmoqda. Buning uchun bir qator qulayliklarning yaratilganligi esa 
o`z navbatida sayyohlarimizning ortishi uchun xizmat qiladi. 
Avval ta`kidlanganidek, turizm sohasida olib borilayotgan bunday o`zgarishlar 
bilan bir qatorda mamlakatimiz jozibadorligini yanayam oshirish maqsadida barcha 
hududlarda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda, chet el investorlari 
ko`magida yangi mehmonxonalar, zamonaviy umumiy ovqatlanish korxonlari barpo 
etilmoqda. Shu bilan bir qatorda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, davlatimizning jahon 
hamjimiyatida o`z-o`rnini egallashi uchun erkin hamda turistik erkin iqtisodiy 
hududlar barpo etilib, eng avvalo mahalliy aholi ish bilan ta`minlanmoqda, shu bilan 
birga chet el investorlari jalb qilinib, mamlakat jozibasi yanada ortib bormoqda [2].
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 
yillar davomida barcha sohalarni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi. Mazkur 


152 
strategiyada turizm sohasiga alohida to`xtalib o`tilgan, xususan, me'yoriy-huquqiy 
bazani va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish O'zbekistonga va Respublikadan safarlar 
ta'minlash, barcha hududlarida zarur infratuzilmani rivojlantirish, sayyohlik mahsulot 
diversifikatsiya qilish va yangi turistik ob'ektlarni yaratish, shuningdek, ichki va 
tashqi bozorlarda milliy turistik mahsulotlarning ortishini ta`minlash shular 
jumlasidandir.
Misol uchun, dasturga muvofiq Andijon viloyatida Xonobod shahrida dam 
olish joylari qurish, Forish va Jizzax viloyati Arnasoy tumanida, Shahrisabz va 
Qarshi tog` tizmalarida yangi zamonaviy dam olish joylarini qurish kabi vazifalar 
belgilangan. Bunday vazifalar ichida “Toshkent City”, “Samarqand City” kabi 
obyektlarning qurilishi bilan bir qatorda, “Buxoro turistik erkin iqtisodiy hududi”, 
“Chorvoq turistik erkin iqtisodiy hudud”larining qurilishi kabilar ham mavjud. Bu 
boradagi faoliyat ham amalga o`z tasdig`ini topib bormoqda. 
1-rasm 

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish