Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

1 – jadval. 
Hududiy turizmning rivojlanishining asosiy shartlari 
Manba: Зализняк Елена Алексеевна Вестник Волгоградского государственного 
университета. Серия 3: Экономика. Экология. - 2011. - №2(19). - С.70-76. 
Turistik hudud o’zining rivojlanish sikliga ega, u 4 davrdan iborat: 
Birinchi davr – ochilish va dastlabki o’zlashtirish. Bu davrda tashrif 
buyuruvchilar sonining sekin o’sishi, mahalliy aholi bilan kuchsiz aloqa, xizmat 
ko’rsatish vositalarining mavjud emasligi hamda atrof – muhit va resurslarga juda 
sust zo’riqishlar kabi ifodalar bilan tavsiflanadi. Unda “yovvoyi” va sport turizmi 
samarali rivojlanishi mumkin, ammo buning uchun insonlar tomonida ko’p 
o’zgartirish va ta’sirga uchramagan chiroyli manzaraning mavjud bo’lishi, ijtimoiy-
iqtisodiy turistik resurslarning ishtiroki minimal darajada ekanligi muhimdir. 
Ikkinchi davr – rivojlanish. Bu davrda tashrif buyuruvchilar sonining tez 
o’sishi, turizm va dam olish muhim sanalgan maxsus tashkilot va xizmat ko’rsatish 
vositalari (mehmonxonalar, barlar, mashina to’xtash joylari va boshqalar) ning 
vujudga kelishi, turistlarga xizmat ko’rsatish asosiy daromad manbai bo’lib qolgan 
mahalliy aholi bilan aloqalarning kuchayishi bilan ajralib turadi. Atrof-muhitga ta’sir 
keskin o’sadi va salbiy xarakter kasb etishi mumkin. 
Uchinchi davr – yetuklik va turg’unlik. Bu davrda territoriya sig’imi 
chegarasiga yetadi, atrof-muhit talabga javob bermaydigan holatda bo’ladi, mahalliy 
aholi turistlarga salbiy munosabatda bo’lishni boshlaydi, sayyohlar hajmining o’sishi 
sekinlashadi, so’ng butunlay to’xtaydi. 
Asosiy bo’limlar 
Tashkil qiluvchi elementlar 
Territorial – resursli 
- Hudud territoriyasi (turistik oqim yo’nalishi 
sifatida) 
- Tabiiy-geografik, tarixiy-madaniy o’ziga xos 
xususiyatlari va territoriya resurslari hududiy 
turizm rivojlanishining asosini tashkil qiladi. 
Ijtimoiy – iqtisodiy 
- Turistik ehtiyojlarning qondirilishi; 
- Mahalliy mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik; 
- Turizmning 
rivojlangan 
turlari 
haqidagi 
ma’lumotga 
ega 
bo’lish 
imkoniyatining 
mavjudligi. 
Tashkiliy boshqaruv 
- Turistik faoliyatning hududda tashkil etilishi va 
uning moliyaviy ta’minlanishi; 
- Turli xil turistik infrastruktura; 
- Hududning transport bilan ta’minlanganligi va 
uning attraksionlari; 
- Hududiy rejalashtirish va turizm rivonlanishini 
boshqarish; 
- Sayyohlarning hududdagi xavfsizligi. 


287 
To’rtinchi davr – tushish yoki yangilanish. Bu davr ko’ngilochar va rekreatsion 
yangi resurslar aniqlanishi yoki aniqlanmasligidan kelib chiqgan holda vujudga 
keladi.
Turistik hudud rivojlanishi iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish umumiy quyidagi 
bosqichlarni o’zida mujassamlashtirgan [1]: 
1. Dastlabki vaziyat tahlili, bu quyidagilarga imkoniyat yaratadi: 
- mahalliy siyosatchi hamda hududda istiqomat qiluvchilarda turizmning 
mazkur territoriyada rivojlanishidagi o’rni haqida tushunchani shakllantirish va 
ushbu masala bo’yicha jamoa fikrining holati, shu bilan birga turizm 
industriyasini harakatga keltiruvchi mehnat resurslari faoliyat darajasining eng 
yuqori nuqtalarini aniqlashga imkoniyat beradi;
- moddiy-texnik asosning yetarlicha ekanligini, mahalliy diqqatga sazovor 
joylarni, tabiiy-iqlimiy resurslar va ularning qo’llanilish darajasini baholash;
- mavjud iqtisodiy iqlim hamda shahar iqtisodiyoti va butun hududda turizmning 
ta’sirini tahlil qilish. 
2. Urflarni prognozlash. Bu bosqichda faqat turizmga bog’liq bo’lgan yoki uning 
ta’siri ostidagi iqtisodiy o’zgarishlar va faoliyat sub’yektlari kutishlarini aniqlash 
lozimdir. Turistik rejalashtirishda prognozlash mavjud hududda talabning sodir 
bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarini oldindan aniqlash muhim sanaladi. Bu 
maqsadni amalga oshirish uchun hajmli hamda sifatli metodlar hamjihat 
qo’llaniladi. 
3. Maqsad va vazifalarni o’rnatish. Hududning turistik rivojlanishi rejalarini ishlab 
chiqishdagi asosiy mezon va omillardan biri aholining yashash darajasidir. Ushbu 
bosqich to’g’ridan-to’g’ri turizm bilan bog’liq joyi bo’lmasligi mumkin, ammo u 
shu hudud jozibadorligi uchun kerakli sharoitlarni vujudga keltirishga xizmat 
qiladi. 
4. Qo’yilgan maqsadlarga yetishish uchun alternativ rejalar ustida tadqiqot olib 
borish va ma’qul alternativalarni tanlash. 
5. Maqsadga erishish strategiyalarini ishlab chiqish. U o’zida qo’yilgan maqsadlarga 
erishishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda vujudga keladigan o’ziga xos 
masalalarni barcha jarayonlarda muvofiqlashtirishni mujassamlashtiradi. Bu 
bosqichda strategiyani qismlarga ajratish amalga oshiriladi, aynan shu yo’l 
qo’yilgan maqsadlarga erishishning haqiqatdagi imkoniyatlarini baholashga 
imkon beradi. Bunda har bir hodisaning amalga oshirish muddati vaqtiy 
bog’liqligi katta ahamiyat kasb etadi. 
6. Rejani amalga oshirish, uni qayta ko’rib chiqish va kerakli o’zgarishlar kiritish, 
kamchiliklarini to’g’rilash. 
Sayohat qilinayotgan joyga hududiy yondashishda aniq maskan, u yerdagi 
diqqatga sazovor joylar, turistlar talablariga javob beradigan va ularning sayohatga 
bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda chegarasi mavjud yoki aniq chegaraga ega 
bo’lmagan joy turistik hududlar deb ataladi. Lekin hozirgi kunda yangi so’z birligi 
sifatida “turistik hudud” – o’rnida “turistik destinatsiya” ham qo’llanilmoqda. 
Turistik destinatsiya - turistik tizimning hal qiluvchi elementidir. Uni turistlar 
ehtiyojini qondirish uchun kerak bo’ladigan barcha qulayliklar, xizmatlar va xizmat 
ko’rsatish vositalari mavjud bo’lgan markaz (territoriya) deb ta’riflash mumkin. 


288 
Boshqacha so’zlar bilan aytganda, turistik destinatsiya sayyohlar uchun zarur bo’lgan 
turizmning eng muhim va hal qiluvchi elementlarini o’z ichiga qamrab oladi.
Turistik destinatsiyaning hududi turistik tizimdagi eng muhim omil 
hisoblanadi, shu bilan birga turistik destinatsiyalarning o’zlari va ularning imidjlari 
turistlarni o’ziga jalb qiladi, tashrifga istak uyg’otishadi, va shu yo’sinda butun 
turizm sistemasi harakatga keladi. “Destinatsiya” so’zining o’zi inglizcha so’zdan 
tarjima qilinganda “belgilangan joy, joylashish joyi” degan ma’nolarni keltirib 
chiqaradi. 
“Turistik destinatsiya” atamasi ilk bor 1980-yillarning o’rtalarida qo’llanilgan 
bo’lib, hozirgi kunda kelib destinatsiya – “bu ma’lum bir ma’noda chegaraga ega 
bo’lgan, yetarlicha darajada turistlar guruhini jalb qila oladigan va ularning 
ehtiyohlarini qondira oladigan geografik hududdir” deb izohlanadi [4]. 
Turizmni hududiy turizmi manfaati nuqtai nazaridan: 
- mahalliy aholi va tashrif buyuruvchi sayyohlarning salomatliklarini qayta 
tiklashdagi maqsadiy resurs sifatida; 
- hududda aholi bandligini va qo’shimcha daromadni ta’minlovchi mustaqil 
xo’jalik kompleksi sifatida; 
- tabiiy - rekreatsion potensialni saqlash va hududning raqobatbardoshligini 
oshirish omili sifatida ko’rib chiqiladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, turistik hudud – sayohat maqsadi va 
turistik mahsulotdir. Shunda ham bunday ta’rif iste’molchilar manfaatini ko’zlagan 
bo’lishi lozim, turist tomonidan tanlangan hudud foyda keltirishi kerak ekanligini 
unutmaslik muhimdir. Turistik hudud aniq bir sayyohga mo’ljallangan ekanligi, 
uning tashrif buyuruvchisiga bog’liq. Hudud turist uchun “attraksionlar va ularga 
moslashtirilgan turistik inshoot va xizmatlar yig’indisi bo’lgan maskan” sifatida 
o’zida uyg’unlashgan servislardan tashkil topgan mahsulotni ifodalaydi.

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish