Фойдаланилган адабиётлар
1. Ўзбекистон олий таълим тизимида сифат таъминоти: UQASE МОДЕЛИ. -
Т.: Харизма дизайн, 2008.
2.
www.efqm.org
EFQM расмий веб сайти
3. Бошқа интернет манбалари
Mannopova M.S.
Farg‘ona shahri, O‘zbekiston
TURIZM YO‘NALISHIDA TA’LIM BERISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Zamonaviy turizm – pasayishni bilmaydigan jahon iqtisodiyotining
sohasidir. Turizm sohasi bugungi kunda mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda
roli
kattadir
va
turizmni
xalqaro
savdolar
qatorida
rivojlantirish
va
integratsiyalashuvini ta’minlash muhimligi shubhasizdir. “Jahon turizmning tez
308
rivojlanishi bugungi kunda iqtisodiyoti tobora rivojlanib borayotgan davlatlar
misolida ko‘rish mumkin va avvalo ushbu jarayonlar Osiyo davlatlarida
kuzatilmoqda. Bugungi kunda xalqaro turizm o‘rta sinflarning ommalashgan dam
olish va xordiq chiqarish turiga aylangan. Bu borada fikr qilish mumkinki, qanchalik
mamlakatda o‘rta sinflar ko‘p bo‘lsa shuncha mamlakatning turistik salohiyati yuqori
bo‘ladi”. [1] Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, bir chet ellik turist beradigan daromad
ekvivalentini olish uchun dunyo bozoriga taxminan 9 tonna ko‘mir, yoki 15 tonna
neft, yoki 2 tonna bug‘doy olib chiqish kerak. Xom-ashyo sotilishi mamlakat
resurslarining sarflanishiga olib keladi, turizm sohasi esa yangidan tiklanadigan
resurslardan foydalanadi va reja-iqtisodchilar hisoblariga ko‘ra 100 ming turist, bir
shaharda o‘rtacha ikki soat o‘tkazib, kamida 350 ming dollar sarflaydi. [2]
Turizm, umuman, davlat iqtisodiyotiga quyidagi uchta ijobiy ta’sirini
ko‘rsatadi:
1. Chet el oqimini ta’minlaydi va to‘lov balansi va eksport kabi iqtisodiy
ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’sir etadi.
2. Aholi bandligini oshirishga yordam beradi. Turizm to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
bevosita iqtisodiyotning 32 sohasi rivojlanishiga ta’sir etadi.
3. Mamlakat infratuzilmasining rivojlanishiga ko‘mak beradi. Turizm
mamlakatning butun viloyatlari iqtisodiyotiga faol ta’sirini o‘tkazadi.
Lekin, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida barcha sohalar qatori
turizm va mehmonxona xo‘jaligi faoliyatlarini ham chuqur o‘rganib, uni rivojlantirish
tadbirlarini oqilona ishlab chiqish talab etiladi. Shuningdek, turizm sohasida kadrlarni
moliyaviy boshqaruv, inson resurslarini boshqarish, marketing, turistlarga xizmat
ko‘rsatish, rejalashtirish va strategiya yo‘nalishlarida tayyorlash dolzarb ahamiyat
kasb etadi. [3] Turizm sohasida tadbirkorlarning professional tayyorgarligini oshirish
mamlakatimiz turizmi oldiga qo‘yilgan quyidagi maqsadlarga erishishni ta’minlab
beradi:
-
birinchidan, mamlakatimizga chet ellik turistlarning katta miqdordagi
oqimini jalb etish orqali xalqaro doirada bemalol raqobatlasha oladigan turizm
sanoati asosini yaratish;
-
ikkinchidan, mamlakatimizda turizm sanoatining taraqqiy etishi uchun
etarlicha shart-sharoitlarni yaratish hamda chet ellik turistlarda mamlakatimizga
tashrif buyurish istagini imkon qadar uyg‘otish;
-
uchinchidan, turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar
tasavvurida sifatli xizmat ko‘rsatish va buning uchun zaruriy shart-sharoitlar
to‘g‘risidagi tushunchani shakllantirish.
Kadrlarni professional tayyorlash aniq maqsadli yo‘naltirilgan o‘qitish bo‘lib,
uning asosiy maqsadi, turistik firmaning ishlab chiqarish tijorat maqsadlariga to‘liq
mos keladigan etarlicha professional sifatlarga ega bo‘lgan kadrlar bilan
ta’minlashdir. Kadrlarni professional tayyorlash dasturlari firma personalining aniq
xususiyatlarini va har bir tashkilot rivojlanishining dolzarb muammolarini hisobga
olgan holda tashkil etilishi kerak. Ma’lumki, hozirgi kunda turistik tashkilotlarda
faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarning ko‘pchiligi yoshi katta bo‘lib, ular turistik
xizmatlar ko‘rsatish borasida tayanch bilimlarga ega emaslar. Sнuning uchun ham
309
kadrlarni professional tayyorlash jarayonida mutaxassislar mavjud omillarni hisobga
olishsa maqsadga muvofiq bo‘lardi edi.
Kadrlarni
professional
tayyorlashni
amalga
oshiradigan
mutaxassis
o‘qituvchilar o‘qitishni tashkil etish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratishlari kerak:
Kichik guruhlar bilan ishlash. Tayyorgarlikdan o‘tayotgan mutaxassislar uchun
juft bo‘lib yoki guruhlarda ishlash imkoniyatini berish kerak.
O‘qitishning aniq bir muammosini ko‘tarishi. O‘qitish jarayoni tahsil
oluvchilarning manfaatlari va ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan hamda real hayotdan
olingan muammolarning echilishini asos qilib olishi kerak.
O‘qitishning mavjud tajribaga asoslanishi. O‘qitish samarali tashkil etilishi
uchun tahsil oluvchida mavjud tajribaga asoslanish kerak. SHunday bo‘lgandagina
kadrlarni professional tayyorlash jarayoni ancha oson kechadi.
O‘z-o‘zini tayyorlashga e’tibor berilishi. Tahsil oluvchilar o‘qitish jarayonida
mustaqil ravishda o‘zlarini tayyorlab borishlari kerak. O‘qituvchi bo‘lsa, faqatgina
ularga tayyorlash yo‘nalishlarini ko‘rsatish borasida yordam beradi.
O‘qitishda teskari aloqaning mavjudligi. Tahsil oluvchilar muntazam ravishda
bilimlarini qay darajada egallashlariga qarab baholanib boradilar.
Professional tayyorlash jarayonini samarali tashkil etish uchun quyidagi
talablarga alohida e’tiborni qaratish kerak:
Motivatsiya. O‘qitishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qitish
motivatsiyasi juda zarur ahamiyatga ega. Sodda qilib aytganda, tahsil oluvchi
professional tayyogarlikdan o‘tish natijasida kelajakda nimaga erishaman degan
savolga javob topishi kerak.
O‘qitish sharoitlari. O‘qitish jarayoni uchun qulay iqlimni yaratish muhim
ahamiyatga egadir. Bunda o‘qitish yaxshi jihozlangan auditoriyalarda, maxsus
markazlarda va boshqa shu kabilarda amalga oshirilishi kerak.
O‘qitishning
bosqichma-bosqichligi.
O‘qitish
jarayoni
oddiylikdan
murakkablikka sari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Umuman olganda, turistik firmalar kadrlarni professional tayyorlashda
quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
*
kadrlarni tayyorlash o‘zlarining lavozim yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan
talablarni sifatli bajarishlari uchun zarur bilim va tajribalarni o‘zlashtirishlariga
imkon yaratadi. O‘qitishning maqsadi firma muhitidagi muammolarni atroflicha hal
eta oladigan etuk malakali mutaxassislarni tayyorlashdir;
*
kadrlarni professional tayyorlash ularning bilim va tajribalarini
muntazam ravishda yangilab borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi kerak. Bunda
tabiiy ravishda chet el mamlakatlarida turizm sanoati rivojlanishining ilg‘or
tajribalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi;
*
bozor munosabatlariga o‘tish davri kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlashning bir tomonlamali xarakterga ega eskirgan tizimlarini yangi
tarmoqlararo ta’lim tizimlari bilan almashtirishni talab etadi. Bu kadrlarni
professional tayyorlashning tamoyillari, tuzilmasi, maqsadlari va uslubiyotining
zamon talablariga mos ravishda o‘zgartirish kerakligidan dalolat beradi va hokazolar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, turistik tashkilotlarning kadrlarini professional
tayyorlashda bozor o‘zgarishlariga muvofiq ravishda faoliyat ko‘rsatish kerak.
310
Buning uchun bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarning bu boradagi ilg‘or
tajribalaridan samarali va oqilona foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |