Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1. Ҳалимова Д., Мухсинов С. Мис уймакорлиги. – Б.: 1992.-30 б.
2. Қосимов К. Наққошлик. – Т.: “Ўқитувчи”,1990.157 б.
3. А. Холиқов, Педагогик маҳорат. Тошкент «IQTISOD-MOLIYА» 2010. 18 б.
Djurayeva Nilufar, talaba
Buxoro davlat universiteti
TURIZM RIVOJLANISH PALLASIDA
Xizmat ko’rsatish sohasida o’z ahamiyatini kundan kunga oshirib borayotgan
soha turizm (sayyohlik) sohasi hisoblanadi. Turizm hozirda jahon iqtisodining eng
272
jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa,
ko'plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda.
Tayanch so’z va iboralar (o’zbekcha): sayyohlik, turist, xizmat, eksport
xizmatlari, barqaror rivojlanish, reklama, umumiy sig’im, sayyohlar oqimi, sayyohlik
potensiali, investor, islohotlar.
Main terms (english): tourism, tourist, service, export service (tourism export),
sustainable development, promotion, total found, touristic flow, touristic potential,
investor, reforms.
Buning isboti sifatida quyidagi faktlarni keltirib o’tish lozim. BMTning Jahon
sayyohlik tashkiloti ma`lumotida 2015 yilda dunyo bo'yicha 1 milliard 186 million
sayyoh qayd etilgan bo'lsa, 2016 yil yakuni bo'yicha bu ko'rsatkich 1 milliard 235
millionga ya`ni, 4 foizga oshgan. Sayohatchilarga ko'rsatilgan eksport xizmatlari
qiymati 2015 yilda 1,260 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. Hamda yaqin
yillardagi ko’rsatkichlarda ham tafovutni ko'rish mumkin.
Demak, bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biri turizm sohasi
ekanligi ayni haqiqat. Shu bois dunyoning ko'plab davlatlari ushbu sohani barqaror
rivojlantirish, bu borada jahon standartlariga mos infrastrukturani yaratish va
sayyohlar oqimini yanada oshirish bo'yicha barcha chora-tadbirlarni amalga
oshirmoqda. Jahon bozorida xorijlik sayyohlarni qabul qilish bo’yicha Fransiya,
AQSh, Ispaniya, Xitoy, Italiya mos ravishda kuchli beshlikda yetakchilik qilayotgan
davlatlardir. Ulardan so’ng Buyuk Britaniya, Germaniya, Meksika, Tailand va
Avstriya kuchli o'ntalikda turishibdi.
Biroq bunday ilg’or davrda O'zbekistonda sayyohlik sohasining sustligini
ko'rish mumkin. Xususan, Butunjahon turistik tashkiloti (BTT) tomonidan berilgan
bahoga ko'ra, O'zbekiston sayyohlar tashrifi bo'yicha dunyo mamlakatlari orasida
150-o'rinni egallaydi. Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o'z o'rniga ega bo'lishiga
qaramasdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmat darajasini jahon
standartlariga javob bera oladigan miqyosda yaxshilash, sayyohlik obidalarining
jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi past, hamda mehmonlarni
qabul qilish uchun joylashtrish vositalarining umumiy sig’imi juda ham kam. Shu
jumladan, O’zbekiston bo’yicha mehmonxonalar soni 750 ta bo’lsa, ularning umumiy
sig’imi bor yo’g’i 22000 tani tashkil etadi, xolos. Bu esa bir tomondan turizm
infratuzilmasidagi yetishmovchiliklardan dalolat beradi. Mamlakatimizda turizmni
rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilyapti. Shunday ekan,
turistlar oqimini yaratish, ularni yurtimizga chorlash uchun nima qilishimiz kerak?
Yurtimizda turizmni sohasini jadal rivojlantirish uchun Misr ehromlariy-u
Parijning Eyfel minorasining bo’lishi shart emas, o’zimizda bulardan ham ziyod,
faxrlansa, maqtansa arzigulik boy tarixiy-madaniy merosimiz bor. Shu o’rinda aytish
joizki, yurtimizda 7300 dan ortiq qadimiy-me`moriy va arxeologik obidalar mavjud
bo’lib, ularning aksariyati Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo'qon va
Toshkent shaharlarida bo’lib, ularning 200 dan ziyod tarixiy yodgorlik va obidalari
YuNeSKOning madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari, o’zbek xalqi
tarixini, o’tmishini aks etgan o’zining betakror turli urf-odatlari, xilma-xil qadriyat-
ana’nalariga egadir. Shunday imkoniyatlarga ega bo’lib turibmiz, afsuski undan
to’laqonli foydalana olmaymiz. Ayni paytlarda davlatimiz rahbarining 2016 yil 2
273
dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni
ta`minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni sohada uchrayotgan xato va
kamchiliklarni bartaraf etib, uni izchil rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Prezidentimiz mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida
turizm haqida so'z yuritar ekan, bunday serdaromad soha rivoji e`tibordan chetda
qolib kelayotgani, uning O'zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotiga qo'shadigan hissasini
oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni targ'ib qilish, shuningdek, valyuta
zaxiralarini to'ldirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ko'rilishi zarurligini alohida
ta`kidladi. Ayni paytda 2018-yil davomida turizm sohasida o’sishlar, yangilanishlarni
ko’rishimiz mumkin. Joriy yilda viza tizimining yengillashtirilganligi, hatto 7 ta
davlatga viza tizimini bekor qilinganligi to’g’risida chora-tadbirlarning amalga
oshirilganligining guvohi bo’lib turibmiz, bundan tashqari turizm sohasida
investorlarni jabl etish uchun bir muncha imtiyozlar kiritildi va boshqa bir qator soha
rivoji uchun ko’zlanayotgan islohotlarni ko’rishimiz mumkin. Yurtimizda turizm
sohasi endi kurtak ochishni boshlayapti desak mubolag’a bo’lmaydi. Sayyohlikni
barqaror rivojlantirish va uni saqlab qolish uchun bizga ancha yil oldin shunday
islohotlar ko’lami zarur edi.
Yurtboshimizning shunday tashabbuslari bilan yurtimizning sayyohlik
potensialidan to’g’ri va samarali foydalanamiz deb ishonib aytish mumkin, sababi
bunday islohotlarning barchasining negizida yurtimiz ravnaqi, xalq manfaati,
hayotimiz farvonligi turibdi. Bunday ijobiy o'zgarish, rivojlanishni yangi bosqichga
ko'tarish uchun hammamiz o'z vazifamizni chin yurakdan ado etishimiz,
kasbimizning mutaxassisi bo’lishimiz lozim, zero bu borada yetuk kadrlar talab
etiladi. Turizm sohasida tahsil olayotganim tufayli, turizmni rivojlantirish va
sayyohlar sonini oshirish borasida takliflarim quyidagicha:
Davlat va xususiy sherikchilik munosabatlarini yo’lga qo’yib, katta
sig’imli 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, yuqori kategoriyali restoran, bar va boshqa
umumiy ovqatlanish tashkilotlari faoliyatini yo’lga qo’yish kutilayotgan ulkan
turistik oqimni sig’dira olishning hamda mehmonlarning ovqatlanish ehtiyojlarini
qondirishning asosi hisoblanadi.
Sayyohlar qiynalmay manzilga borishlari uchun shahar ichi va
tashqarisida axborot ma’lumotlari xizmati tarmog’ini (kamida 3 ta xorijiy tilda)
yaratish. Bu asosida turistik obyektlar, masofa, transport harakatlari to’g’risidagi
ma’lumotlari mavjud yo’l xaritalari, aholi gavjum joylarda peshtaxtalar o’rnatish
kerak.
Faqatgina xorijiy sayyohlarning oqimini kutishga bog’lanib qolmay,
ichki turizmni rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish. Bunda aholining
barcha yoshdagilari- bolalar, yoshlar, o’rta yoshli va keksa yoshdagi aholi uchun turli
maqsadlardagi (ekoturizm, tog’ turizmi, plyaj turizm, rekreatsion turizm va
boshqalar) ijtimoiy turizmni yo’lga qo’yish mahalliy aholini sayohat qilishga
o’rgatishning eng oqilona usulidir
Tarixiy-madaniy yodgorliklarimizni rekonstruksiya qilish emas, balki
ularni aslicha, kerak bo’lganda xorijning tajribali mutaxassislarini jalb etish orqali
274
saqlab qolish usullarini qo’llash noyob meroslarimizni kelajak avlodga yetkazib
berish uchun ham yaxshi asos bo’ladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, demak turizmni rivojlantirish uchun
biz yurtimizda bor turistik imkoniyatdan to’laqonli foydalana olishimiz, yangi turizm
turlarini ochishimiz va bu sohada yetuk kadrlarni yetishtirib chiqish zarur. Hamda
turizmni barqaror rivojlanishini ma’lum davlat dasturlari, strategiyalari bo’yicha
ushlab qolish zarur. Bu esa davlatimizga nafaqat daromad, shu bilan birga yanada
ko’proq ish o’rinlari, yangi-yangi xizmat turlarining yaratilishi va ularni yo’lga
qo’yilishiga asosiy turtki bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |