Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1. Мирзаев М. А., Алиева М.Т «Туризим асослари» Тошкент 2011
2.
http://ziyonet.uz
Farmanov E.A., Farmonov O.A.,
Buxoro davlat universiteti
BUXORO TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA ITALIYA
MAMLAKATINING TAJRIBASIDAN FOYDALANISH
Turizm sohasi hozirgi kunga kelib ichida eng serdaromad sohalaridan biri
sifatida iqtisodiyotga katta foyda keltirmoqda. Hamda, dunyo miqyosida har yili
sayohat qiluvchilar soni esa yildan-yilga oshib bormoqda. BMTning Jahon sayyohlik
tashkilotining statistika jurnalining ma’lumot berishicha, 2015 – yilda dunyo
bo’yicha 1.184 million kishi sayyoh qayd etilgan bo’lsa, 2016 – yilga kelib bu
ko’rsatgich 1.235 million sayyoh qayd etilib, ya’ni o’tgan yilga nisbatan foiz hisobiga
oladigan bo’lsak 3.9 foizga oshdi. Shunigdek, ko’rilgan daromad esa 1.4 trillion
AQSH dollariga teng bo’lib, bu ko’rsatgich jahon YaIM ning 10 % tashkil etadi.
Agardan turizm sohasi shunday o’shish bilan davom ettiraversa, BMTning Jahon
sayyohlik tashkilotining bashorat qilinishicha, 2030-yilga borib sayyohlar soni 1.8
mlrd kishiga yetishi kutilmoqda. Hamda, yuqoridagi sonlar shuni ko’rsatmoqdaki,
2016–2030 yillar oralig’ida bu raqamlardan katta tafovutni ko'rish mumkin bo’ladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi kunning eng muhim
iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Shu bois dunyoning ko'plab davlatlari ushbu
sohani yanada rivojlantirish va tegishli infratuzilmani jahon standartlari darajasida
tenglashtirib shu bilan birgalikda, sayyohlar oqimini oshirish bo'yicha barcha chora-
tadbirlarni amalga oshirmoqda. [1]
O’zbekekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida, davlatimiz
rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini
jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq,
sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida belgilandi.
Prezidentning 2017-yil 16-avgustdagi qarori bilan 2018-2019 yillarda turizm sohasini
rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.[2]
Shuningdek, ushbu dastur bo’yicha, mintaqalarning turistik jozibadorligini oshirish,
turizm infratuzilmani yaxshilash va xizmat turlarini yanada oshirish yo’li bilan
218
mavsumiy davrning uzaytirish orqali hududlarning turistik salohiyatini yanada
yaxshilashga qaratilgandir.
Xususan, 2017 – yil 19 – may kuni O'zbekiston Respublikasi prezidentining
“2017–2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik salohiyatini jadal
rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2980-sonli qaror qabul qilindi.[3]
Hamda, ushbu qaror bo’yicha viloyatining xizmatlar ko’rsatish sohasini
jadal rivojlantirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibi, eng avvalo,
xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’rgartirish,
shu bilan birgalikda, turizm industriyasini rivojlantirish, iqtisodiyotda uning
roli va ulushini oshirish bilan yo’l-transport infratuzilmasini yana
rivojlantirishga qaratilgandir.[4]
Hammaga ma’lumki, Buxoro shahari – 7 sharif shaharlardan biridir va
ushbu zaminda eng mashhur mutafakkir allomalar, avliyolar, zamonasining eng
buyuk shaxslari yetishib chiqgan bo’lib, hozirgi kunga kelib, bu zamin 2500
yilllik uzluksiz tarixga egadir. Hamda, ushbu ochiq osmondagi muzey, o’zining
140dan ortiq tarixiy obyektlari bilan chet el sayyohlarning diqqatiga sazavor
bo’lib kelmoqda.
O’zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining 2017 – yilning
yakuni bilan, hududda 120 dan ortiq mehmonxona, 50 ga yaqin turfirma va
boshqa turistik xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. Undan
tashqari, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Mirziyoyev Sh.M. o’tgan safar
tashriflari chog’ida viloyatning turizmini rivojlantirish uchun bir nechta
ko’rsatmalar bergan edilar, hamda ushbu ko’rsatmalarni amalda ko’rish uchun
2018 – yil 18 – fevral kuni Buxoro viloyatiga amaliy tashrifda bo’ldilar.
Shuningdek, viloyatning suvenirlar ishlab chiqarish va ularni maxsus kiosklarda
sotish, aeroportlarda faoliyat yuritadigan “Duty Free”, “Tax Free” tizimidagi savdo
shoxobchalarini turistik shaharlarda ham ochilishi, tadbirkorlik subyektlarini jalb
qilgan holda avtomobil ijarasi markazlari va Wi-Fi zonalar tashkil etilganlik
kabilarini ko’zdan kechirib, viloyatning boshqa turistik infratuzilmasi bilan ham
yaqindan tanishdilar. Shu bilan birga, turizmni rivojlantirish uchun kelasi yilgi
yanada muhim bo’lgan ko’rsatmalar berib o’tdilar.
Bilamizki, BMTning Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumot berganidek,
2016 yilda 1.235 million sayyoh qayd etilgan bo’lsa, shundan 616 million ya’ni 50 %
ni Yevropa mintaqasiga to’gri keladi. Ushbu mintaqa o’zining betakror tabiati, go’zal
dam
olish
zonalari
tashkil
etilganligi,
hamda
turistik
infratuzilmaning
takomillashganligi bilan birgalikda hududlarning o’z turistik brendlari bilan boshqa
dunyoning mintaqasidan ajralib turadi.
Ushbu qadimgi svilizatsiya markazlardan biri va sharq uyg’onish renessansi
sifatida Yevropaning eng qadimiy mamlakatlar sirasiga kiruvchi davlat - Italiya
davlati hisoblanadi. Hozirgi kunda ushbu mamlakatda 60 milliondan ortiq aholi
istiqomat qilib kelib, mazkur mamlakatda sayyohlar oqimi yiliga 60 millionni tashkil
qiladi. Hamda, mamlakat o’z iqtisodiyotiga katta foyda keltirib, ya’ni YaIMning 12
% tashkil etadi.
Joriy yilda muallif tomonidan yuqoridagi davlatga sayohatini amalga
oshirish orqali o’z ilmiy tadqiqot izlanishlari olib borgan. Hamda Buxoro
219
mintaqasining turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun 2 ta aniq
taklif keltirildi:
1. Temir yo’llar vokzallarida o’z-o’ziga chipta xarid qilish xizmati (self
sevice ticket) bankamatlarni o’rnatish;
2. Buxoro hududining eski shahar qismida toza ichimlik suvini ta’minlash
(free, hech qanday ortiqcha to’lovlarsiz);
Do'stlaringiz bilan baham: |