Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Adabiyotlar 
1. 
В. Шаламов. В организация самостоятельной работы в 
образовательных учреждениях. – “Проект Ахей”. 2008, 
2. 
Болтаева М. Дадамирзаев М. Мустакил иш – таълимнинг фаол 
шакли ва методи сифатида\\ Педагогик таълим. 2008 4-сон 32-36 бетлар 
3. 
Беляева А. Управление самостоятельной работой студентов\\ 
Высшее образование в Россию 2003 №6. – С. 105-109 
Djurayeva D.D. 
Buxoro davlat universiteti 
HUNARMANDCHILIK VA TURIZM KICHIK BIZNES POYDEVORI 
 
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Turizm o’zining milliy modelini shakllantirmoqda. Bu 


247 
modelning ijobiy tomoni shundan iboratki, bu mamlakatdagi ijtimoiy iqtisodiy va 
siyosiy vaziyatni yaxshilashga yordam beradi, kapital oqimi darajasini yaxshilaydi va 
eng asosiysi xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat ko’rsatadi. U 
mamlakatlar o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish va O’zbekistonda investitsiyalar 
hajmini oshirishga yordam beradi. Bizga ma’lumki milliy hunarmandchilik 
O’zbekistonda qadimdan rivojlanib ajdodlardan avlodlarga an’anaviy tarzda o’rgatib 
kelinmoqda. Mustabid tuzum davrida milliy hunarmandchilik tubdan izdan chiqdi. 
Faqatgina mustaqillik arafasida bu qadriyatlar qayta tiklandi. Ya’ni kulolchilig, 
ipakchilik, temirchilik, to’quvchilik tufayli insonning ishlab chiqarish faoliyati 
takomillashib bordi. Kishilik jamiyati rivoji oqibatida sanoat ishlab chiqarishi kurtak 
sochdi. Bunda turli ixtisosliklar rivojlandi. Masalan, kashtachilik, to’quvchilik, 
gilamchilik, misgarlik, binokorlik shular jumlasidandir. Buxoro turistlar shahri bo’lib, 
bu yurtda turli xil hunarmandchilik namunalari sayqallanib kelgan. Sopol idishlarda 
archasimon, yo’l yo’l, gulli naqshlar mukammal ishlangan, zardoz ayollarimiz 
tomonidan jilovkor san’at asarlari yaratilgan, eng zo’r tarjimalar Buxoro tarjimonlari 
tomonidan amalga oshirilgan. Yurtimiz o’zining boy tarixi, noyob osori atiqalari 
maftunkor tabiati, jozibasi go’zalligi bilan turistlarni o’ziga jalb etib kelmoqda. Shu 
bois Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahnamoligida turizmni rivojlantirish, xususan 
milliy turizmni rivojlantirish, yurtimizda sayyohlarning salohiyatini yanada 
yuksaltirish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. So’nggi yillarda 
turizmni rivojlantirishni qo’llab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan say 
harakatlar natijasida uning mamlakat YaIM dagi ulushi 0,1% dan 2% gacha 
ko’tarildi. 
Mamlakatimizga kelayotgan sayyohlar so’nggi o’n yilda 6 barobarga ortdi. 
Boy tarixiy merosimiz xalqaro turizm bozorida mustahkam o’rin egallashimizga 
muhim omil bo’lmoqda. Ana shu imkoniyatlardan to’g’ri va oqilona foydalanish 
jannatmonand O’zbekistonimizni sayyohlarning sevimli maskanlaridan biriga 
aylantirish bugunning dolzarb vazifalaridandir. 
Zero turizm nafaqat yuqori daromad keltiruvchi soha, balki, mamlakatlarning 
milliy madaniyati, tarixi, an’analari va erishayotgan yutuqlarini targ’ib qilishning 
qulay va samarali tizimi hamdir. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishning kuchli 
jihati yetarli shart sharoitlarni imkoniyatlarni, imkoniyatlarni imtiyozlarni mavjudligi, 
mehmonxona xo’jaligining rivojlanishi, mavjud tarixiy obidalar,mavjud transport 
imkoniyatlari, xalqaro ayeroport borligi oziq-ovqat bo’yicha infratuzilmaning 
rivojlanganligi tabiiy resurslarning mavjudligi, boy tarixiy madaniy omillarga egaligi, 
toza ekologik muhit aholining ichki va tashqi turizmga qiziqishi yuqoriligi, ijtimoiy 
iqtisodiy holatning barqaror rivojlanishi, tarixiy va madaniyatimizga oid boy tadbirlar 
bayramlar mavjudligi, muzeylar ko’pligi bu turizmni rivojlantirishning kuchli tomoni 
bo’lsa, kuchsiz tomoniga turistik xizmatlarning mavsumiyligi, mehmonxona 
xo’jaligidagi moliyaviy muammolar, dengiz yo’llarining yo’qligi, servis 
xizmatlarining yetarli darajada shakllanmaganligi, xalqaro standartlar talabi 
darajasidagi mutaxassislarning kamligi, turistik korxonalarda marketing yetarli 
darajada rivojlanmaganligi milliy va jahon bozoridagi turistik mahsulotlar narxining 
yuqoriligini aytish mumkin. 


248 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mamlakatda turizmni rivojlantirish 
uchun quyidagilarni amalga oshirish taklif qilsa bo’ladi: 
- Mavjud turistik mehmonxona xizmatlari bo’yicha me’yoriy hujjatlar hamda 
standartlarni xalqaro me’yorlar bilan uyg’unlashtirish; 
- Turistik obyektlarga olib boradigan avtomobil yo’llarining sifatini oshirish; 
- Tashqi va ichki turistlarga xizmat qiladigan axborot kommunikatsiyani 
rivojlantirish, internet saytlarini takomillashtirish va boshqalar. 
- Jahon standartlari va talablariga mos keladigan, ilmiylikka asoslangan katta 
va kichik qisqa va uzoq muddatga mo’ljallangan loyihalarni ishlab chiqish va ularni 
amalga oshirish; 
- Sertifikatlashtirish jarayonini takomillashtirish; 
- Mamlakatimizda yoshlarning turizm sanoatida hamda mehmonxona biznesiga 
bo’lgan qiziqishlarini ortirib shu sohadagi imkoniyatlardan oqilona foydalanish 
yo’llarini o’rgatish. 
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va 
uning natijalarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori 
bo’lishiga ham bog’liqligi shubhasiz. 
Kam xarajat hisobiga yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyati, yirik biznes kira 
olmaydigan bozorni egallay olish qobiliyati, ayniqsa xizmat ko’rsatish sohasida va 
uncha katta bo’lmagan mahalliy resurs bazalarini o’zlashtirishda juda qulay tashkiliy 
shakl ekanligi kichik biznesni rivojlantirishning ahamiyati beqiyosligini ko’rsatadi. 
Shu sababli ham kichik biznesni jadal rivojlantirish masalasi mahsulot ishlab 
chiqarishni mahalliylashtirish xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish shuningdek 
mamlakatning eksport salohiyatini oshirish masalalari bilan chambarchas bog’langan. 
Bugungi kunda aholi va sayyohlarning mehmonxona xizmatlariga ehtiyoji 
barqaror rivojlanib bormoqda. Mazkur biznes faoliyati yuqori rentabelli bo’lib, 
mazkur sohada ko’pgina tadbirkorlik subyektlari samarali faoliyat olib bormoqda, 
raqobatbardosh xizmatlarni aholiga taqdim qilmoqda. Ushbu taqdim etilayotgan 
xizmatlar malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda. 
Hozirgi kunda viloyatimiz aholisi moddiy turmush darajasini yaxshilash, ish 
bilan bandligiga ko’maklashishda o’zining munosib hissasini qo’shish mehmonxona 
xizmatlari bozorida o’z mavqeiga va raqobat afzalliklariga ega bo’lish, o’zining 
moliyaviy salohiyatini va foydasini oshirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan 
hamda jamiyat a’zolarining turmush sharoitini kundan kunga yaxshilab borishni 
mo’ljallamoqda. 
Mehmonxona xo’jaligida kadrlar boshqaruvining maqsadi har bir xodimdan 
samarali foydalanishni tashkil qilishdan iborat. Bu esa o’ta murakkab jarayon. 
Chunki har bir xodim o’z kamchiligiga juda kam e’tibor qaratadi va aksariyat 
holatlarda o’zini eng kerakli xodimman, degan tasavvur bilan yuradi. G’o’yo u 
mazkur korxonada faoliyat ko’rsatmasa, u yerdagi ishlar to’xtab qoladigandek o’ziga 
yuqori baho beradi. Endi bunday tasavvurdagi xodim mehmonxonaning samarali 
faoliyat ko’rsatishini emas balki o’ziga bo’ladigan e’tiborni ko’proq o’ylaydi. 
Xodim mazkur korxona yutug’ida mening ham kamtarona hissam bor, ammo 
bu faqat mening shaxsim bilan bog’liq emas degan tushunchasini his qilishi lozim. 


249 
Aks holda u yanglishadi. Chunki hamma muvaffaqiyatlarning “kaliti” menman 
deyish ko’p xatoliklarga sababchi bo’lishi mumkin. 
Mehmonxona xo’jaligi xodimlari faqat foyda olishni ko’zlab faoliyat ko’rsatsa, 
keyinchalik kelishi kutilayotgan foydani boy berishlari mumkin. Shu tufayli ular 
xizmatining nechog’lik zarurligini o’ylab faoliyat ko’rsatishlari lozim. Agar mijozga 
zarur xizmatlarni ko’rsatsangiz albatta, foyda o’z o’zidan kelaveradi. Demak, 
mijozlar talabini o’rganish mehmonxona xodimlarining asosiy tamoyillaridan bo’lishi 
shart. 
Xodimlarning mehmonxona faoliyatidagi o’rnini his qilishi lozim bo’lgan 
jihatlariga quyidagilarni kiritgan bo’lardim: mas’ullik, iste’molchi talabining 
o’rganilganligi, xodimning o’ziga bo’lgan ishonchini his qilishi, xizmatga talabning 
mavjudligi va yuqori sifat past narx (davlat qarorlari). 
Bugungi kunda turizm xizmatlar bozori Butunjahon turistik tashkiloti 
ma’lumotlariga qaraganda, turizm sohasida xo’jalik yurituvchi subyektlarning 
faoliyati milliy iqtisodiyotning kamida 32 ta tarmog’i bilan bevosita va bilvosita 
bog’langan bo’lib ularning rivojlanishiga o’z ta’sirini o’tkazadi. 
Butunjahon turistik tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, dunyo bo’yicha 2012 yil 
jami 1030 mln. xalqaro turistlar qa’bul qilingan, tushumlar $1070 mlrd ga yetgan va 
bu 2011 yilga nisbatan 4,0% o’sganini ko’rsatmoqda. 2012 yilda turistlarni qabul 
qilish bo’yicha birinchi o’rinda Fransiya tursa, 2 chi va 3chi o’rinda mos ravishda 
AQSH va Xitoy mamlakatlari turibdi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, milliy turizm xizmatlar bozorini barqaror 
rivojlantirish uchun nafaqat turizm sohasini, balki, hunarmandchilik unga turdosh 
bo’lgan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini ham rivojlantirish kerak. 

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish