MONOENERGETIK NURLANISH-birday energiyali kvantlar yoki birday
kinetik energiyali bir xil zarralardan tashkil topgan nurlanish.
MUVOZANAT-fizik tizimning o’zgarmas tashqi ta’sirlarda istalgancha uzoq
muddat bo’la oladigan holati.
MUVOZANAT NURLANISH-termodinamik muvozanatda bo’lgan fizik
tizimdan chiqariluvchi issiqlik nurlanish.
-N-
NIKOL PRIZMASI-island shpatidan yasalgan, ikki
qismdan tashkil topgan, yassi qutblangan yorug’lik
hosil qilishda qo’llaniladigan prizma.
NISBIY KO’RINUVCHANLIK-ko’zning nisbiy spektral sezgirligi.
NIT-(nt)-lotincha niteo-yarqirayman-kvadrat metrga to’g’ri keladigan qandil;
ravshanlik birligining qadimiy nomi (q. Kandela).
NOBIRJINS MUHIT-muayyan fizik xossalari koordinatalarga bog’liq bo’lgan
muhit.
Do'stlaringiz bilan baham: |