MANDELSHTAM
-
BRILLYUEN
SOCHILISHI
-
yorug’likning
kondensatsiyalangan muhitning xususiy elastik tebranishlari bilan o’zaro
ta’sirlashishi natijasida shu muhit tomonidan sochilishi.
MENISK-yunoncha meniskos-yarimoy- 1) suyuqlikning qattiq jismga tekkan joyi
yaqinidagi egrilangan erkin sirt; 2) ikki sferik sirt bilan chegaralangan qovariq-
botiq linza.
MENISK TIZIMLAR-optik ko’zgu-linza tizimlarning sferik ko’zgu oldida (yoki
ko’zgu va linzalar tizimi oldiga) bitta yoki bir necha axromatik menisklar (sferik
sirtlar bilan cheklangan qovariq-botiq linzalar) joylashtirilgan xillari.
MERIDIONAL TEKISLIK-tizimning optik o’qi joylashgan tekislik.
METALLOGRAFIK MIKROSKOP-turli sirtlarni qaytuvchi yorug’likda
kuzatish optik asbobi.
METALLOPTIKA-optik sohadagi elektromagnetik to’lqinlarning metall bilan
o’zaro ta’sirini o’rganuvchi optika bo’limi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |