OLDINGI
FOKUS
MASOFA-oldingi
asosiy
nuqtadan oldingi fokusgacha bo’lgan masofa.
OLIS TO’LQIN SOHASI-to’lqin maydonining Fraungofer difraksiyasi
kuzatiladigan sohasi.
OPTIK AYLANISH DISPERSIYASI-modda optik faolligining undan
o’tayotgan chiziqli qutblangan yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’liqligi.
OPTIK ANALIZATOR-yorug’likning qutblanish tabiatini tahlil qilish qurilmasi.
OPTIK ANIZOTROPIYA-muhitda optik nurlanish (yorug’lik)ning tarqalish
yo’nalishiga va qutblanishiga bog’liq tarzda muhit optik xossalarining turlicha
bo’lishi.
OPTIK ASBOBNING AJRATA OLISH QOBILIYATI-optik asbobning
buyumning bir-biriga yaqin nuqtalari ayrim-ayrim tasvirlarini hosil qilish
qobiliyati tavsifi.
OPTIK BIR JINSLI MUHIT-sindirish
koeffitsiyenti
koordinataga
bog’liq
bo’lmagan muhit.
Do'stlaringiz bilan baham: |