NORMAL TO’LQINLAR-energiyaning yutilishi yoki sochilishini nazarga
olmasa bo’ladigan, doimiy parametrli chiziqli dinamik tizimdagi yuguruvchi
garmonik to’lqinlar.
NOSFERIK OPTIKA-sirtlari sferik shaklda bo’lmagan elementlarga ega optik
tizim.
NOCHIZIQLI OPTIKA-kuchli yorug’lik dastalarining qattiq jismlarda,
suyuqliklarda va gazlarda tarqalishini hamda ularning modda bilan o’zaro ta’sirini
o’rganuvchi optika bo’limi.
NOCHIZIQLI SPEKTROSKOPIYA-modda tuzilishini tadqiq qilishning
nochiziqli optik hodisalarga asoslangan usuli.
NOCHIZIQLI QUTBLANISH-muhit qutblanishining elektr maydon va muhitda
tarqalayotgan elektromagnit to’lqin kuchlanganliklarining nochiziqli funksiyasi
bo’lgan hamda elementar atom ossilyatorining jadal nurlanish ta’siriga nogarmonik
javobi bilan bog’liq bo’lgan qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |