MAJBURIY NURLANISH-uyg’ongan holatdagi kvant tizimga tushuvchi tashqi
nurlanish ta’sirida.
MAJBURIY SOCHILISH-modda tarkibiga kiruvchi mikrozarralarning katta
jadallikli yorug’lik to’lqini ta’sirida harakati o’zgarishi natijasida yorug’likning
moddada sochilishi.
MAYDON EGRILIGI-yassi buyumning tasviri egri sirtda joylashgan holdagi
aberratsiya.
MAYKELSON INTERFEROMETRI-yorug’lik to’lqin uzunligini va uning
spektral tarkibini o’lchash uchun qo’llaniladigan ikki nurli optik asbob.
MALYUS QONUNI-chiziqli qutblangan yorug’likning analizatordan o’tgandan
keying jadalligi tushuvchi yorug’lik qutblanish tekisligi bilan analizator tekisligi
orasidagi α burchakka bog’liqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |