120
“BOMBOX MORI” XITOZAN-KARBOKSIMETILTSELLYULOZA
POLIKOMPLEKSLARINI XOSIL BO’LISH MEXANIZMI
Abdullaev N.J.
Namangan davlat universiteti
tayanch doktorant
Amaldagi barcha polisaharidlar shartli ravishda to’rt guruhga bo’linadi:
o’simlik, hayvonlar, bakterial polisaharidlar va sintetik polisaharidlar. O’simlik
polisaharidlarining
tipik
vakillari:
sellyuloza,
gemisellyulozalar,
ksilanlar,
glyukomannanlar, galaktanlar, pektinlar, kraxmal va algal polisaxaridlar (karragenan,
fukan, galaktanlar va boshqalar); hayvonlar polisaxaridlari tarkibiga xitin, glikogen
va biriktiruvchi to’qima glikozaminoglikanlar kiradi (geparin, gialuron kislotasi,
xondroitin
sulfatlar
va
keratan
sulfatlar);
taniqli
mikroorganizmlarning
polisakkaridlari tarkibiga dekstranlar va mannalar, A va C streptokokklaridan olingan
gialuron kislotasi va boshqalar kiradi [1].
Polisaxaridlar yuqori biologik
faollikni namoyish etadi; Shu bilan birga, ular
toksik bo’lmagan, biologik parchalanish xossasiga egadir. Kimyoviy mexanizmlar
asosida ushbu moddalarni ilmiy va amaliy xususiyatlarini foydali modifikatsiyalarga
uchratish mumkin. Xitosanning polielektrolit sifatida o’ziga xos xususiyatlari
mavjud.
Xitosanning xususiyatlaridan biri uning boshqa polielektrolitlar bilan kovalent
bo’lmagan komplekslarni hosil qilish qobiliyatidir. Ushbu
komplekslar bir qator
sohalarda qo’llanilib kelinmoqda.
Respublikamizda xam ushbu polisaxaridlardan qayta tiklanadigan xom
ashyoga ega bo’lgan sellyuloza, xitin va uning xosilalari ustida O’zbek olimlari
tomonidan bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Namangan viloyatida xam doimiy manbaga ega bo’lgan tut ipak qurti
g’o’mbagi “BOMBYX MORI”
asosida nanotolalar, plyonka va gel ko’rinishidagi
maxsulotlar olinmoqda. Ushbu plyonkalarni xitozan va ba’zi kation xossalarga ega
bo’lgan polisaxaridlar bilan interpolimer koplekslarini olish orqali erishilmoqda.
Sellyuloza - dunyodagi eng ko’p uchraydigan biopolimerlardan biri bo’lib
uning yillik ishlab chiqarish 7,5x10
10
tonnani tashkil etadi. Ushbu biopolimer
o’simliklarda, dengiz hayvonlarida (tunikatlar) va ma’lum darajada, yo’sunlarda,
zamburug’larda, bakteriyalarda, umurtqasizlarda va hatto Dictyostelium discoideum
kabi protozoyalarda keng tarqalgan.
Xitozan–bu xitinni qisman deatsetillanishidan olingan chiziqli β-1,4-
bog’langan polisaharid. Xitinning deatsetillanishi to’liq bo’lmagani sababli, xitozan–
glyukozamin va N-atsetilglyukozamindan tashkil topgan sopolimer xisoblanadi.
Interpolimerkompleks xosil bo’lishi [2] kabi amalga oshirilgan.
Komplekslarning xosil bo’lishiga
xitosanning molekulyar massasi, polidispererslik
darajasi,
deatsetillanish
darajasi
(DD),
xitosanning protonlangan
amino
guruhlari dissotsiyalanishi (pK
a
) va polimer zanjiri bo’ylab funktsional (amino va
asetamido) guruhlarining tarqalishi katta ta’sir ko’rsatadi. Xitosanning dezetillanish
darajasi pK
a
qiymatini aniqlanadi, bu 6,46 dan 7,32 gacha o’zgarishi mumkin [3].
121
Eritmadagi xitosan makromolekulalarining konformatsiya holati va hajmi ham
DD va eritma ion kuchiga bog’liq. 50%
guruhlari ishtirokida hosil bo’lgan vodorod bog’lari molekulalararo ta’sirga
qo’shimcha hissa qo’shadi. Shunday qilib, xitosanning polielektrolit komplekslarini
hosil qilish qobiliyati interaktiv polielektrolitlar tabiatiga
va reaktsiya sharoitlariga
bog’liq xisoblanadi.
Maxalliy tabiiy xom ashyolardan olingan sellyuloza xamda “
Bombyx mori”
xitozani turli xil usullarda, xususan nanokompozitlar rivojlanishida mustahkamlovchi
va antibakterial materiallar sifatida foydalanish imkoniyatiga ega.
Makromolekulalar tomonidan hosil qilingan murakkab tizimlar ya’ni
interpolimer komplekslar intermolekulyar o’zaro ta’sirning quyidagi turlarga bo’lish
mumkin:
-Van der Vaalsning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’lgan komplekslar,
-makromolekulalar o’rtasida vodorod bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan
komplekslar,
-muvofiqlashtirish komplekslari,
-kovalent komplekslar,
-polielektrolit
komplekslari
molekulalararo
ion
aloqalari
bilan
barqarorlashadi[4].
Polielektrolit komplekslar hosil bo’lishida qatnashadigan ionlarning
xususiyatlariga ko’ra, tabiiy yoki sintetik kelib chiqishi
va aralash tipdagi PEC
polimerlari asosidagi sintetik polimerlar hamda biomakromolekulalarni o’z ichiga
olgan komplekslarni bo’lish mumkin.
Kompozit plyonkalardagi sellyuloza va xitosan o’rtasidagi vodorod bog’lariga
muvaffaqiyatli erishilganligini va mukammal mexanik xususiyatlarini saqlab
qolganligini ko’rsatdi. Xitosanning to’g’ri nisbati sellyuloza eritmasida valentlik
kuchini oshirishi va plyonkalarning cho’zilishini yaxshilashi mumkin. So’nggi
paytlarda sellyuloza va xitosanli materiallar antibakterial,
mexanik xususiyatlarga
ega, yuqori adsorbsion qobiliyat, yuqori g’ovaklik, metall ionlarining adsorbsiyasi,
to’siq xususiyatlarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: