478
PAXTA MOYINI RAFINATSYALASH, YUVISH VA QURUTISH
TEXNOLAGIK JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRILGAN
TEHNOLOGIYASI
M.A.
Boltayev, B.M. Ibadullayev
Urganch Davlat Universiteti
Respublikamizda paxta moyini oqlashda tabiy bentanitdan olinadigan oqlobchi
adsorbentlardan foydalaniladi [1]. Paxta yog'ining sifati va kimyoviy tarkibi,
shuningdek rangini, O’zDST 816:2015 talablariga mos holga keltirish xom ashyodagi
mavjud bo'yoq moddalariga bog'liqdir. Oqlashda adsorbetni ishlatish o’ziga xos
ortiqcha harajatlar talab qilishini, shuningdek yakuniy mahsulotning nisbatan past
rentabelligi, ishlab chiqarish sharoitida muayyan texnologik yo’qotishlar
mavjudligini ta’kidlash lozim. Bundan tashqari oqlovchi tuproq ishlatilganda tayyor
moyda o’qsidlanish xususiyati
oshib ketadi natijada, saqlash muddatining
qisqarishiga olib keladi.
Xom moyni neytrallashdan keyingi yuvish va qurutish jarayonlarining fizikaviy
mexnizmiga o’zgartirish kiritish orqali xom paxta yog'ini qayta ishlash
texnologiyasini takomillashtirish ilmiy va amaliy qiziqish uyg’otadi. Oqlashdagi
mavjud kamchiliklarni etiborga olgan holda paxta yog'ini qayta ishlash
texnologiyasini takomillashtirish orqali yangi oqlash texnologiyasi yaratildi.
"MM AGRO SERVICES T.X" MCHJ ga qarashli moy zavodida paxta urug'ini
qayta ishlash natijasida olingan xom paxta yog'ining sifati va kimyoviy tarkibi va uni
begona moddalardan tozalash ishlari UrDU oziq-ovqat texnologiyasi ilmiy
laboratoriyasida
bajarildi;
Rafinatya qilingan paxta moyini yuvish va qurutish quyidagi bosqichlarda
o’tkazildi:
•
Presdan olingan moyni neytrallash uchun zarur kaustik soda
miqdorini aniq hisoblash va neytrallash bosqichini amalga oshirish.
•
Neytrallash bosqichining to’laligini nazorat qilish va ortiqcha
ishqor (kislota) miqdorini aniqlash, zarur kislota (ishqor) miqdorini aniqlash,
giqrogenizatsiya
jarayonini amalga oshirish, tindirish, soapstoqni ajratish.
•
Gidrogenizasiya qilingan paxta moyini rafinatsya qozonidan
vaqum qurutish apparatiga o'tkazish;
•
Markazdan qochma aralashtirgich yordamida aralashtirgan
xolatda moyni 95-100°C gacha qizdirish;
•
100°C dan past bo’lmagan kandensat yoki yumshatilgan suv
yordamida moyni yuvish;
•
Yuvilgan moyni vaqum (40-60 mm Hg ustini )
bosim ostida
qurutish;
Soapstoq ajratib olinadi va neytrallangan moy vaqum-qurutish apparatiga
o'tkaziladi. Moyni yuvish, oqlash vaqum qurutish uskunasida amalga oshiriladi.
Soapstoq ajratib olinganidan keyin 0.05-0.3% sovun qoladi, bu yog'ning ta'mini
buzadi, o'qsidlaydi va gidragenizatsya (istemol salomasi olishda) katalizator faolligini
pasaytiradi. Sovun nikel oqsidi bilan reaksyaga kirishib, salomasdan qiyin
479
ajraladigan nikelli sovun xosil qildi. Agar moy tarkibida 0.05% gacha sovun bo'lsa,
moyni yuvmasdan limon kislota bilan ishlashning o'zi kifoya qildi. Vaqum-qurutish
apparatida moy xarorati 90-95°C ga ko'tarilganda moy xajmiga 5% nisbatda 100°C
xaroratdagi suv limonli suv berildi va 10 -15 min aralashtiriladi.
Moy suv bilan
yuvilganida moy tarkibidagi fosfalipidlar, rang beruvchi mumsimon moddalar
ko’agulyatsyaga uchraydi. Limon kislota xam suv xam moy tarkibidagi qoldiq sovun
izlarini yo'qotish uchun xizmat qiladi.
Yuvilgan moy 1 soat mobaynida tindirib
qo’yiladi va tinigan moy bakning ostki drenajidan kanalizatsyaga bo’shatiladi.
Yuvilgan moy albatta yaxshilab qurutiladi.Vaqum qurutish apparatning lyuklari
yopilib, 40-60mm Hg vaqum, 90-95°C da 1 soat mobaynida (aralashtirgichni
ishlatgan xolatda) namlik yo'qotiladi. Agar aralashtirish mobaynida moy meyoridan
ortiq ko'pirsa vaqum naso's vaqtincha o'chirib turiladi va ko'piklar
kamayishi bilan
qaytadan yoqiladi.Vaqumning suv bakiga vaqum linyiyasidan kelib turgan suv
to’xtashi qurutish jarayoni tugaganini bildiradi.
Ushbu amallarni bajarib, O'ZDST 816:2015 talab ko'rsatkichlarga to'liq javob
beradigan mahsulot olinadi
Ko'rsatkichlar nomi
Mahsulot
ko'rsatkichlari
Norma
Kislota soni
0,28mg/KOHg
0,3mg/KOHg
35 sariq birlikdagi
kyuvetada 13.5 sm)
rangi
7-8
qizil birlik
8 qizil birlik
Pereks soni
2,24 m.mol
10 m.mol
Namlik%
0,14%
0,2%
Limon kislotaning tuzi quruq yog'da erimaydi va aynan shu xossasidan
foydalanib uni ajratish mumkin. Buni moy xarorati 40°C ga tushganidan keyin filter-
presdan o'tkazish orqali amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: