390
RAFINATSIYALANGAN PAXTA MOYINI UZOQ MUDDAT
SAQLANISHIDA PEREKS SONINING O’ZGARISHI
1
D.S. Salixanova.,
2
N.K. Saparbayeva.,
2
D.Z. Karimova.,
2
N.I. Boyjanov
1
UzR FA UNKI,
2
Urganch
davlat Universiteti
Ma`lumki bugungi kunda Respublikamizdagi mavjud yog`-moy sanoatlarida
ishlab chiqarilayotgan o`simlik moylarini uzoq muddatga saqlash davomida moy
sifat ko’rsatkichlarini oziq-ovqat xavfsizligi talablariga
javob bergan xolda inson
organizimiga zararli ta’sir qiluvchi moddalarni moy tarkibida paydo bo’lishini oldini
olish bugungi kunning dolzarb va axamiyatli muammolaridan biri xisoblanadi[1].
O’simlik moylari uzoq muddat saqlanishida tarkibidagi to’yinmagan yog’
kislotalarining atmosfera havosidagi kislorodni o’zlashtirib olishi moy tarkibidagi
pereks miqdorini oshib borishiga sabab bo’luvchi birlamchi omillardan biri sanaladi.
O'simlik moylaridagi ozuqaviy moddalar va vitaminlarni oksidlanishi zararli
moddalar (peroksidlar,
aldegidlar, ketonlar va boshqalar) hosil qiladi [2].
Moylarda birlamchi oksidlanish mahsulotlarining (perekslar va gidroperekslar)
miqdori pereks soni bilan xarakterlanadi. Ozuqa moylari uchun pereks soni 0,02 dan
0,3% oralig‘ida bo‘lib, 0,5% dan oshmasligi kerak [3].
Buni hisobga olib yuqori sifatli va o'simlik moylarini oksidlanishga
chidamliligini ta'minlaydigan samarali reagentlardan foydalanish bilan murakkab
tozalash texnologiyasini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar
olib borish muhim
ahamiyatga ega.
Yog`-moy sanoati mahsulotlari bo`lmish o`simlik moylarini uzoq muddat
saqlashga chidamliligini oshirish maqsadida “Urganch yog`-mоy” AJ markaziy
labоratоriyasida tajribalar o’tkazildi. Natijada o’simlik moylari kuchli antioksidantlar
bilan to’yintirilsa tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalar qisman havodagi kislorodni
o’zlashtirmasligi pereks miqdorini oshirmasligi ilmiy
tadqiqotlar natijasida
o’rganildi.
Buning uchun “Urganch yog`-mоy” AJ korxonasidan olingan kislota soni 0,6
mg, pereks soni 3,5 % (J
2
), rangi 6 qizil birlik, namligi 0,03 % bo’lgan 5 litr
rafinatsiyalangan paxta moyida pereks miqdorini kamaytirish bo`yicha ilmiy
tajribalar o’tkazildi.
Namuna uchun olingan rafinatsiyalangan paxta moyining sifat ko’rsatkichlari
№
Olingan
namuna
Moyning sifat ko’rsatkichlari
Kislota
soni, (mg
КОН)
Perekis
soni, (J
2)
%
Rangi
qizil
birlikda 35
sariq
Namligi,
%
1. Rafinatsiyalanga
n paxta moyi
0,6
3,5
6
0,03
Namuna uchun olingan rafinatsiyalangan paxta moyi sifat ko’rsatkichlarini
aniqlab olganimizdan so’ng quyidagi antioksidantlar bilan ishlov berildi.
391
Antioksidant qo’shilgan rafinatsiyalangan
paxta moyining sifat ko’rsatkichlari
№
Oksidlanishni
kamaytirish
uchun
paxta
moyiga
qo’shishga taklif
qilinayotgan
komponentlar
Moyning sifat ko’rsatkichlari
Kislota
soni,
(mg КОН)
Perekis
soni, (J
2
) %
Rangi
Qizil
birlikda 35
sariq
Namligi
%
1.
Zig’ir moyi
0,31
2,7
6
0,011
2.
Zig’ir
urug’i
yanchilmasi
0,37
2,8
6
0,015
3.
Qovoq
urug’i
yanchilmasi
0,38
2,3
6
0,014
4.
Tokoferol
(vitamin E)
0,31
2,3
6
0,021
Ushbu tajribalarda rafinatsiyalangan paxta moyini yuqoridagi antioksidantlar
bilan ishlov berilganda pereks soni 3,5 dan 2,3 gacha
pasayishi kuzatildi va uzoq
muddatga pereks sonini me’yorda saqlash mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar olindi.
Xulosa qilib shularni aytish lozimki rafinatsiyalangan o’simlik moylarini uzoq
muddat saqlash davomida sifat ko’rsatkichlarini o’zgartirmay me’yorda saqlash
bo’yicha o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki o’simlik moylarini uzoq muddat
saqlanishi uchun oksidlanishni bartaraf etishda kuchli antioksidantlar
bilan ishlov
berish muhim ro’l o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: