Gidratli ohak kukunini ishlab chiqarish texnologik chizmasi.
Uzluksiz so‘ndirish - parrakli yetti barabanli gidratorlarda olib boriladi. Ohak
oldindan 3-6 mm gacha kattalikda maydalanib yetti barabanli gidratorga suv bilan
uzatiladi. Har qaysi barabanda parrakli val bo‘lib, massani siqib chiqaradi.
Orada qorishtirib so‘ndirish - 10 kun ichida ushlab turiladi. Yuz tipidagi
so‘ndirgich ichida ohak bo‘laklarini va so‘nmagan donalarini yaxshi maydalash
uchun chopqichlar o‘rnatilgan, elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiradi va
prujina yordamida so‘ndirgich ostiga to‘qiladi. Mo‘l miqdorida suv qo‘shish bilan
so‘ndiriladi. Ohak hamiri elak orqali tindirgichga quyiladi. Ohak hamiri qo‘shimcha
saqlab turmasdan ham ishlatish mumkin.
Bo’lakli ohak ombori
Mayda maydalash
Gidratorlarda
so’ndirish
Siloslarda so’ndirishni davom ettirish
Yirik zarrachalarni ajratilishi
Yirik zarrachalarni tegirmonda tuyish
Gidratli ohakni ombori
Mashina yordamida joylashtirish
Ohakni qoplarda jo’natilishi
Mahsus vagonlarda
jhakni jo’natilishi
68
Issiq suv ishlatilganda so‘nish tezligi ortadi. Uzluksiz ishlovchi ohak
so‘ndirgichning termomexaniq konstruksiyasi ana shunga asoslangan. Ohak
so‘ndirilishida chiqqan issiqlik hisobiga suv isiydi. So‘ndirish barabani ikki
silindrdan iborat bo‘lib, biri ikkinchisiga joylashtirilgan. Orasidagi bo‘shliq issiqlik
almashtirgich vazifasini o‘taydi. Silindrning 1 kamerasi so‘nish ro‘y beradi, ikkinchi
kamerada po‘lat sharlar yordamida so‘ndirilmagan zarrachalar maydalanadi.
Chexiyada karbonat xom ashyolardan bo‘lakli va kukunsimon ohak ishlab
chiqarish o‘zlashtirilgan. Kukunsimon so‘ndirilmagan ohak ishlab chiqarish shaxta
pechlarida ishlab chiqarish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shaxta pechlarida
maxalliy ochiq konlardagi 7-8 sm o‘lchamdagi maydalangan ohaktosh bo‘laklari
ishlatiladi. 7 sm dan kichik bo‘laklar qayta bolg‘ali maydalag‘ichda maydalanib
keyin havoli separotorlarda 2 fraksiyaga ajratiladi: ohakning (0,2-2,5) yuqori dag‘al
qismi qayta ohakka ishlanadi.
Ohak hamiri
Ohak hamirini quyidagi texnologik chizma bo‘yicha olinadi. ishlab chiqarish
uzlukli va uzluksiz ohak so‘ndiruvchi asboblarda o‘tkaziladi. Eng keng tarqalgan
termomexaniq ohak so‘ndirish asbobi quyidagilardan iborat elektr ishga tushiruvchi
8, aylanma baraban 2, baraban bir tomondan bunker 1, boshqa tomonidan ohak sutini
tushirish uchun lotok 7, rama 9. Baraban ikkita bir-biriga orasiga 2 mmli masofada
joylashgan silindrdan iborat. Ohakni so‘ndirganda ichki silindrda suv 45-50
0
S
isitiladi, va u ikki qismga diafragma bilan bo‘lingan so‘ndirish kamera 4 va
maydalash kamerasi 5. Bu kameradan ohak suti patrubka 6 va 7 lotok orqali
tindirgichga jo‘natiladi. Ohakni to‘liq so‘nish uchun bir qismi ohakka 2-3 qismi suv
tavsiya etiladi. Ohak 16-24 soat tindirilganda qaymoqsimon 75% suvli massaga
aylanadi. Yaxshi tindirilgan ohak hamiri tarkibida 50% suv va hajmiy og‘irligi 1400
kg/m
3
oraliqda bo‘ladi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |