Ohakning xususiyatlari
Ohak qurilishga bo‘lak-bo‘lak, kukun, xamir yoki so‘ndirilmagankukun holda
keltiriladi. Bo‘larning zichligi 2300.2400 kg/m
3
.
Og‘ak so‘nish tezligiga ko‘ra tez so‘nuvchi (ko‘pi bilan 8 minut), o‘rtacha
so‘nuvchi (ko‘pi bilan 20 minut) va sekin so‘nuvchan (kamida 25 minut) turlarga
bo‘linadi.
Ohakning qotishi
Oddiy ohak ximiri bilan tayyorlangan qurilish qorishmasining qotishi bir necha
kun davom etsa, so‘nmagan ohak kukuni qorishmasi 30...60 minutda qotadi. Bundan
tashqari, so‘ndirilmagan ohak kukuni kam suv talab etadi.
SHuning uchun so‘ndirilmay tuyilgan ohak qotishmasining siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi, zichlik va chidamliligi so‘ngdirilgan ohaknikidan
Ohak (gips kabi) - qadimiy bog‘lovchi moddalar. Uning bizning eramizga
qadar bir necha ming yillar ilgari qo‘llaganlar. Havoda qotuvchi ohak kalsiyli -
magniyli karbonat tog‘ jinslarini mo‘tadil kuydirish natijasida hosil bo‘lgan mahsulot.
Xom ashyo sifatida: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh, tarkibida 6% dan ortiq
tuproq bo‘lmagan tog‘ jinslari xizmat qiladi. Agar 6% dan ortiq tuproq bo‘lsa
kuydirilgan mahsulot suvda qotishi xususiyatiga ega bo‘lib, suvda qotuvchi gidravlik
62
ohak deb ataladi. Aktiv mineral qo‘shilmalar sifatida tabiiy yoki sun’iy hosil bo‘lgan
nordon (kislotali) qo‘shilmalar: trepel, opoka, tuf, pemza, shlak, kul va boshqalar
kiritiladi.
Havoda qotuvchi ohak keyingi kuydirilgan mahsulot xususiyatiga bog‘liq
holda so‘ndirilmagan (bo‘lakli va tuyilgan) va so‘ndirilgan gidratli (kukun ohak va
ohakli hamiri)ga bo‘linadi. So‘ndirilmagan ohak ayrim hollarda qaynama ohak ham
deb yuritiladi. U kalsiy oksidi SaO, so‘ndirilgan ohak Sa(ON)
2
dan iborat. Ohak
hamiri Sa(ON)
2
bilan bir qator tarkibida birmuncha miqdorda mexaniq aralashgan
suv ham bo‘ladi. So‘ndirilmagan bo‘lakli ohak — kuydirilgan bo‘lakli ohakni ifoda
etadi. U asosan tarkibida ohak bo‘laklari va yongan yonilg‘i kullari aralashmalaridan
iborat bo‘ladi. So‘ndirilmagan to‘yingan ohak - bo‘lakli ohakni tuyish bilan olingan
kukunsimon mahsuloti. Gidratli ohak - yuqori dispersli kukunsimon mahsulot uni
bo‘lakli yoki maydalangan ohakni so‘ndirib, quritish yo‘li bilan olinadi. Ohak hamiri
- tuyilgan yoki bo‘lakli ohakni so‘ndirilgan hamirsimon mahsuloti. Tarkibi Mg(OH)
2
,
Ca(OH)
2
– 50-55% dan ortiq mexaniq bog‘langan suv 50-45% dan iborat. So‘ndirish
paytida ajralib chiqayotgan ohak haroratga qarab quyi termik (harorati 70
0
S past) va
yuqori termik (harorati 70
0
S dan yuqori) bo‘ladi. So‘ndirish tezligiga qarab esa ohak
tez so‘nuvchan (8 minutgacha) sekin so‘nuvchi (25 minutdan ko‘p) o‘rtacha
so‘nuvchi — 25 minutdan ko‘p bo‘lmaganlariga bo‘linadi. Ohakning eng muhim sifat
belgilari: aktivlik -so‘ndirilishiga moyil bo‘lgan SaO, Mg oksidlarning foiz miqdori;
so‘ndirilmagan zarrachalar miqdori, (o‘ta kuygan, chala kuygan) so‘nish vaqti.
Havoda qotuvchi ohak asosidagi qurilish qorishmalarining mustahkamligi past.
Havoda qotgan ohakli qorishmalar 25 sutkada havoda qotgandan keyin siqilishga
bo‘lgan mustahkamligi: so‘ndirilgan ohakniki 0,5-1 MPa, tuyilgan so‘ndirilmagan
ohakniki 5MPa. Shuning uchun havoda qotuvchi ohakning navi mustaxkamligiga
qarab emas, balki uning tarkibiy xususiyati bo‘yicha aniqlanadi.
Ohaktosh tarkibida gil va boshqa qo‘shimchalar qanchalik kam bo‘lsa,
ohakning aktivligi shuncha yuqori, so‘nish tez boradi, hamda ohak hamiri ko‘p hosil
bo‘ladi. Quruq moddaga hisoblanganda aktiv (SaO∙MgO) ning miqdori foiz hisobida:
63
I - nav II - nav III - nav
90 80 70
Bo‘lakli ohakda so‘ndirilmagan zarrachalar miqdori % miqdorda:
7% 11% 14%
Do'stlaringiz bilan baham: |