Zuhra. Quyonlar Bo‘ridan qutilganiga xursand bo‘lganidan sak-
rab o‘ynay boshlaydilar. Birdan mashinalardan bin quyonchani urib
yuboradi. «Tez yordam» mashinasi yetib keladi va quyonchaning
oyog‘ini gipslab qo‘yadi. Quyonlar yo‘l harakati qoidasiga rioya et-
may ko‘chada o‘ynaganlari uchun shikast yeydilar.
Har uchala tarbiyalanuvchi ham yo‘l harakati qoidalarini ku-
zatganlari asosida esda saqlab qolganlarini to‘g‘ri izchil, gapirib
beradilar.
Ularning hikoyasini boshqa bolalar to‘ldiradilar. Katta guruh
bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida nutqni ri
vojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekanligi
namoyon bo‘ldi. Ko‘rganlarini esda saqlash asosida hikoya tu-
zish bilan bir qatorda, o ‘ylab, tasavvur etish, hikoya qilish ham
nutqo‘stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasavvur etish
kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘yin, ko‘rish, rasm
chizish vositasida pay do bo‘Isa, nutq faoliyatida katta yoshida
tarkib topa boshlaydi va ijodiy xusuriyat kasb etadi. Bola bunda
hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi, qahramonlarining harakatlarini
o‘ylab topadi.
Bu faoliyatda «o‘ylash», «o‘ylab topish», «ijod qilish» muhim
sanaladi. Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng
bolalar davom ettirishi mumkin. Ала shu davom ettirish, tugallash
jarayonida bola o‘ylaydi, ijod qiladi. 0 ‘ylash, hikoya mazmunini
«to‘qish»da bolalar voqea bo‘lgan joy, vaqti, mazmuni, qahramon-
laming xatti-harakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun
bilan birga bolalaming nutq shakliga e’tibor beriladi.
Bu usulda ko‘rgazmalilik, kuzatish muhim rol o‘ynaydi. Bolalar
o‘zlari va tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o'xshash va
farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu jarayonda hikoyani «to‘qish» od-
diydan murakkabga qarab boradi. «Kim tez va chiroyli uy qura oladi?»
o‘yini bolalaming fikrlash doirasi nihoyatda kengligini ko‘rsatadi.
Mashg‘ulotning maqsadi bolalarni bir qavatli va ko‘p qavatli uylar
qurish, qurilish vositalari, qumvchilar haqida ijodiy tasavvur etishga,
o‘ylashga, fikr qilishga yo‘llash, qumvchilar mehnati bilan tanishti-
rish asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir.
277
Qurilish materiallari: g‘isht, panel, bloklar, ko‘tarma kranlar, yuk
mashinalar, ishchilar uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg‘ulot
uchun ko‘rgazmali qurollar vazifasini o ‘taydi.
Bolalar uch guruhga bo‘linib, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha tu-
rar joy, bolalar bog‘chasi, do‘kon qurishni boshlab yuboradilar. Qurilish
materiallari, ish qurollari har uch guruhga bab-baravar taqsimlandi. Bir
guruh bolalar rasmga qarab, turar joy binosi, ikkinchi guruh bog‘cha,
uchinchi guruh esa do‘kon quradilar. Bolalar faqat rasmdagi tasvirga
qarab emas, o‘zlarining tasawurlaridagi imoratlami qurishlari mumkin.
Masalan, rasmdagi turar joy binosi to‘qqiz qavatli panelli bino bo‘lsa-
da, kichkintoy quruvchilar negadir besh qavatli g‘ishtli imorat quradilar.
Do‘kon rasmda ikki qavatli bo‘lsa, ular bir qavatli qilib quradilar.
Imoratlami qurishda bo‘sh qolgan bolalar ham uch guruhga
bo‘linib, «quruvchilarga» yordam beradilar (og‘zaki).
Turar joy .hovlisiga yuk mashinalari birin-ketin kirib kela bosh-
liydi. Bular yangi turar joyga ko‘chib kelayotgan «xonadon»laming
yuklari bo‘lishi mumkin.
Ta’lim muassasasida ham bayram - qabul marosimi. Ona-
co‘g‘irchoqlar o‘g‘il-qizlarini, qo‘llarida guldastalari bilan yetaklab
kelmoqdalar. Bog‘cha opa-qo‘g‘irchoqlar ulami kutib olayaptilar.
■
Do‘kon ham gavjum. Hamma qo‘g‘irchoqlar xarid bilan band.
.
Nihoyat, asosiy muammo, bolalaming o‘zlari qurgan binolari ha
qidagi hikoyalari tinglanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: