Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 Key words:  lingo  culture,  language,  color,  folklore,  white,  black,  red,  green, 

yellow.  

 

 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

71 


Har bir millat oʻzida ma’lum bir milliy an’analarni aks ettiradi. Ya’ni har 

bir xalqning, millatning oʻz milliy an’analari, urf-odatlari mavjud. Bu ma’noda 

har bir inson ana shu milliylikni oʻzida aks ettiruvchi muayyan madaniyat, til, 

tarix,  adabiyotga  aloqador  boʻladi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  biz 

lingvokulturologiya  tushunchasiga  toʻxtalib  oʻtmoqchimiz.  Ma’lumki,  til 

ijtimoiy hodisa boʻlish bilan birgalikda madaniyat bilan ham uzviy bogʻliqdir. 

Bugungi  kunda  insonlar,  xalqlar,  mamlakatlar  oʻrtasidagi  iqtisodiy-siyosiy, 

madaniy  hamda  ilmiy  aloqalar,  xalqaro-madaniy  kommunikativ  jarayonlar 

tilshunoslik  sohasida  tillarning  oʻzaro  munosabati  va  til  madaniyati  hamda 

tilning milliy oʻziga xos koʻrinishi kabi qator va madaniyatshunoslik oʻrtasidagi 

alohida  spetsifik  yoʻnalishi  va  predmetiga  ega  boʻlgan  yangi  soha  - 

lingvokulturologiyaning  yuzaga  kelishiga  sabab  boʻlmoqda.  Natijada  XX asr 

oxirlariga  kelib,  til  va  madaniyat  muammosini  oʻrganishni  maqsad  qilgan  – 

tilshunoslikning  yangi  sohasi  lingvokulturologiya  jadal  rivojlandi. 

Lingvokulturologiya  –  “til  va  madaniyat”  ning  uzviy  aloqadorligini,  uning 

shakllanishi va rivojlanishini oʻzida  aks  ettirgan  hodisalar  –  til-madaniyatni 

birgalikda oʻrganadigan alohida ilmiy soha sanaladi. U madaniyatshunoslik va 

tilshunoslik  fanlari  oʻrtasida  yuzaga  kelgan  umumlashma  fan  boʻlib,  til  va 

madaniyatning oʻzaro ta’siri va bogʻliqligi, bu bogʻliqlikning shakllanishi hamda 

yaxlit bir  sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni 

oʻrganish bilan shugʻullanadi. Bir tomondan lingvokulturologiya insoniyatning 

madaniy til faktoridagi oʻrni, ikkinchi tomondan esa, til faktoridagi insonning 

oʻrnini oʻrganadi.  

Lingvokulturologiya  oʻrganish  obyektiga  koʻra  madaniyatshunoslik  va 

tilshunoslik  fanlariga  birmuncha  yaqin,  biroq  mazmun-mohiyati,  oʻrganish 

obyektiga  boʻlgan  yondoshuviga  koʻra  farqli  deb  aytish  mumkin.  Uning 

chegaralanuvchi  maqomi  shundan  iboratki,  u  xalq  madaniyatining  tilda 

namoyon boʻlishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan 

bogʻliq  ravishda  nutqiy  muloqotni  tashkil  etishdagi  milliy-madaniy  spetsifik 

qoidalarni oʻrganadi  hamda millat madaniyatining tilda aks etgan oʻziga xos 




 

72 


milliy til xususiyatlarini aniqlash, tadqiq etish bilan shugʻullanadi. Ma’lumki, 

madaniyat  tushunchalar  sistemasi,  muayyan  xalqning  hayot  obrazi,  milliy 

xarakter, milliy mentalitet sifatida keng etnografik mazmun kasb etadi. N. S. 

Trubetskiyning  yozishicha:  “Madaniy  konnotatsiyalarsiz  biror  soʻz  boʻlishi 

mumkin emas, ya’ni qiyosda, solishtirishda qandaydir umumiy qismlar boʻlishi 

shart[4.14-b].  Til  va  madaniyatning  ana  shunday  oʻzaro  yaqinligi  va 

aloqadorligi ularni yagona metodologik asosda oʻrganish imkonini berdi. Ya’ni, 

til  va  madaniyat.  “Lingvokulturologiya”  atamasi  dastlab  frazeologik  maktab 

asoschisi  V.  N.  Teliya  va  V.  V.  Vorobyov,  V.  A.  Maslova  va  boshqalarning 

ishlarida  koʻrindi.  Lingvokulturologiyaning  shakllanishi  haqida  gapirilganda, 

deyarli  barcha  tadqiqotchilar  bu  nazariyaning  ildizi  V.  F.  Gumboldtga  borib 

taqalishini  ta’kidlaydilar[7.20-b].  Ushbu  adabiyotlarda  bu  sohaning 

rivojlanishida A. A. Potebnya, L. Vaysgerber, X. Glins, X. Xols, D.Uitni, D.U.Pauell, 

F.Boas,  E.Sepir,  B.L.Uorf,  G.Brutyan,  A.Vejbiskaya,  D.Xaymz  kabi 

tilshunoslarning fikrlari muhim rol oʻynaganligi ta’kidlanadi[3.20-b]. Bu kabi 

qarashlar lingvistika sohasida XX asr oxirlarida atoqli rus olimlari qatorida chet 

el  olimlari  tomonidan  ham  tan  olindi.  Bunday  qarshlarga  koʻra,  til  nafaqat 

madaniyat bilan bogʻliq, balki u oʻzida madaniyatning oʻsishini ham ifodalaydi. 

Til  bir  vaqtning  oʻzida  yaratish  quroli,  madaniyatning  rivojlanishi  va 

saqlanishini  ta’minlovchi  uning  bir  qismidir,  shuning  uchun  til  yordamida 

ma’naviy  madaniyat  hamda  borliqdagi  ishlab  chiqarish,  materiallari  real 

yaratiladi.  

Hozirgi  ishimiz  til  va  madaniyatni  jipslashtirgan  holda  uni  rang 

simvolikasi  bilan  bogʻlashdir.  Bu  ish  nomini  oʻqishingiz  bilan  hayolingizdan 

bizning milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz va ayniqsa milliy merosimizning 

qanday  tasvirlangani  koʻz  oldingizdan  oʻtgan  boʻlsa  ajab  emas.  Biz 

lingvokulturologiya  haqida  tushunchaga  ega  boʻlgan  holda  ranglar  serjiloligi 

tomon yoʻl olamiz.  

Predmetning  belgi  alomatlaridan  biri rang-tusdir.  Bir  turkum  sifatlar 

predmetning  ana  shu  belgisini  ifodalash  uchun  ishlatiladi.  Oʻzbek 




 

73 


tilshinusoligida rang-tus ifodalovchi soʻzlar bir qator tadqiqotlarning oʻrganish 

ob’yekti  boʻlgan.  M.Sodiqova  rang  bildiruvchi  soʻzlarning  leksik-semantik 

hamda  grammatik  xususiyatlari  tadqiqi  boʻyicha  ish  olib  brogan

 

[10.10-b]. 



Tilshunos rang ma’nosini ifodalovchi soʻzlarni asliy va taqlidiy ranglarga boʻlib 

oʻrganadi. Taqlidiy rang nomlari tabiatdagi rangdor predmetlar tusiga taqlid 

asosida hosil qilinadi: Gunafsha rang, qovoq rang. Asliy ranglar turkumiga oq, 

qora, qizil,  sariq,  yashil, moviy, qoʻngʻir rang  nomlari kiritilib, tahlil qilinadi. 

Xususan,  olima  bu  tipdagi  soʻzlardagi  daraja  kategoriyasining  ifodalanishiga 

alohida e’tibor qiladi.  

 I.Hamdomova  oʻzbek  tilidagi  rang  bildiruvchi  soʻzlarni  axromatik, 

xromatik  rang  bildiruvchi  soʻzlar  va  spektr  rang  sinonim  guruhiga  boʻlib 

oʻrganadi [8.5-b]. Axromatik ranglar qatoriga oq, qora, kulrang, sur, boʻz rang 

sifatlarini; xromatik ranglarga, spektr ranglarga qizil, yashil, havo rang, koʻk, 

binafsha  rang  leksemalarini  kiritadi.  Spektr  ranglar  sinonimlari  guruhi 

predmet nomiga qiyos qilib olingan rang nomlarini qamrab oladi: bugʻdoy rang, 

binafsha  rang,  jigar  rang.  Bu  guruhlarga  kiritiladigan  sifatlarning  leksik-

grammatik xususiyatlari oʻrganilgan boʻlsada, mazkur leksemalarning stilistik 

xususiyatlari  e’tibordan  chetta  qolgan.  Shu  bilan  birga,  ayni  sifatlarga 

yuklanadigan qoʻshimcha emotsional ma’no nozikliklariga bir muncha diqqat 

qaratilgan.  I.Gʻanixoʻjayeva  oʻzbek  tilidagi  rang  bildiruvchi  sifatlarni  qiyosiy-

diaxronik aspekti tadqiq etadi. Bunda rang-tus sifatlari semantik- funksional 

jihatdan  tahlil  qilinadi  hamda  ayni  soʻzlarning  yozma  yodgorliklardagi 

ekvivalentlari bilan aloqasi masalasi koʻrib chiqiladi.

 

[1.] S. Matchanova esa rus 



va  oʻzbek  tillaridagi  rang  ifodalovchi  soʻzlarning  leksik-grammatik 

xususiyatlarini taqqoslab oʻrganadi, ammo ularning stilistik xususiuyatlariga 

alohida  toʻxtalmaydi.

 

[4.]  M.  Mamadaliyeva  tomonidan  rang-tus  bildiruvchi 



soʻzlar konnotatsiyasi qisman oʻrganilgan [8.] 

Ma’lumki, rang bildiruvchi soʻzlarni axromatik va xromatik guruhlarga 

boʻlib  oʻrganish  mumkin.  Axromatik  ranglar  guruhiga  oʻ,  qora  va  bu  ranglar 

oʻrtasidagi barcha kulrangga yaqin ranglar kiradi. Xromatik ranglar gruppasiga 




 

74 


barcha  ranglar,  ya’ni  spektrdagi  barcha  ranglar  kiradi.  Rang-tus  ifodalovchi 

ushbu  soʻzlar  asl  luga’viy  ma’nosidan  tashqari  koʻcham  ma’noda  turli 

emotsional-ekspressiv atenkalarda qoʻllanadi.  

M.Sodiqova axromatik ranglar guruhiga kiruvchi oq soʻzining oʻzbekt tili 

ligʻat sostavining eng eski soʻzi ekanligini “Kul-taging” obidasi, “Devonu lugʻatit 

turk”  kabi  yodgorliklardan  olingan  misollar  orqali  isbotlab  beradi

 

[10.30-b]. 



Shuningdek,  oq  soʻzining  koʻchma  ma’nolari  izohlanadi:  1)  shevalarda  “sut-

qatiq” ma’nosini beradi: oq ichdim; 2) “begunoh”, “haq” ma’nolarida: Oq boʻlsa, 

nimaga  guvoh  koʻrsatmaydi?  3)  Oq  soʻzi  badiiy  tasvirda  “qor  yoqqan  joy” 

ma’nosida,  shuningdek,  majoziy  ma’noda  “poklik”,  “begunohlik”,  “shodlik” 

ramzi boʻlib xizmat qiladi; 4) oq soʻzi toza degan ma’noda ham qoʻllaniladi: oq 

qogʻoz  oldi.  Tadqiqotning  asosiy  maqsadi  rang-tus  ifodalovchi  soʻzlarning 

leksik-grammatik  xususiyatlarini  oʻraganish  boʻlganligi  sababli,  bu  soʻzning 

stilistik xususiyatlari deyarli izohlanmagan.  

Oltioyliklarda oq rang motam ramzidir. Manbalar Chinda yashagan turk 

tilli  solarlar  uchun  oq  rangining  boshqa  ma’nolari  bilan  bir  qatorda,  motam 

timsoli  boʻlganligidan  ham  xabar  beradilar.  Faqat  turkiylarda  emas,  boshqa 

ayrim xalqlarda ham koʻk va oq motam libosi sanalgan

 

[2.12-b] Ba’zi xalqlarda, 



jumladan,  turkiy  qavmalarda  ham  oq  rang  motam,  musibat,  hatto 

qurgʻuoqchilik  alomati  hisoblangan

 

[5.15-b].  Hozirda  ham  Oʻzbekistonning 



ayrim viloyatlarida, masalan, Qashqadaryo, Xorazmda yashovchi aholi uchun 

oq rangi motam belgisi hisoblanadi.  

M.Sodiqova  qora  soʻzini  oʻzbek  tili  lugʻat  fondining  eng  eski  va  asosiy 

soʻzlaridan biri sifatida quyidagi ma’nolarni ifodalaydi, deb koʻrsatadi: 1) iflos, 

kir  ma’nolarida  qoʻllanadi:  Usti-boshi  qora  yer  boʻlibdi;  2)  qora  soʻzi  “ter” 

soʻzining oʻz ma’nosini aniqlab keladi: U qora terga tushib ketdi

 

[10.34-36-b]. 



Bunda  qora  soʻzining  oʻz  ma’nosida  va  koʻchma  ma’noda  qoʻllanilishi  tahlili 

oʻrinlidir. Qora leksemasi oq leksemasiga zid qoʻyiladi. Qora leksemasida salbiy 

ma’no ottenkasi kuchli boʻlib, xilma-xil konnotativ ma’nolarni ifodalab keladi. 

Qora  soʻzi  ayrim  soʻzlar  ishtirokida  kelib,  “baxtsiz”,  “gʻam-alamli  kun”  va 




 

75 


“taqdir”  ma’nosini  bildiradi:  Qora  endi  kunlarim,  qora  edi  qismatim.  Koʻzim 

qarogʻimda  ham,  yoshim  endi  limo-lim (A.O.).  Keyingi  misralarda  qora  soʻzi 

qattiq  gʻussa  va  kuchli  qasos  ma’nosini  anglatib,  soʻzga  salbiy  ekspressiv 

ottenka yuklagan: Tunmi bu, yoyinki tunlar unut – ufqlar chaplashgan mavhum 

lomakon?! Bunda qoʻnim topgan oʻtmishdan yohud Qora gʻusaa ortib qaytgan 

shum karvon (O.M.). 

Qizil  axromatik  ranglar  turkumiga  kirib,  qon  rangidagi,  qirmizi,  alvon 

ma’nosini  bildiradi  va  nutqiy  sharoitlarda  turlicha  konnotatsiyaniyuzaga 

keltiradi: Mansur baxshi zar yoqalik toʻn, qizil etik kiyib kuyovlardey yasanib 

kelgan  edi  (P.Q.).  Uchovlari  hovlidagi  ustiga  qizil  sholcha  tashlagan  katta 

karavotda, doira xontaxta atrofida oʻtirib, chexralari ochiq, uzoq gaplashishdi 

(M.).  Qizil  leksemasi  qadimgi  yozma  yodgorliklarda  bir  qator  ramziy 

ma’nolarni ifodalagan. Masalan: “Qatadgʻu bilig” da Yusuf Xos Xojibning qizil 

rangiga  boʻlgan  alohida  munosabatini  koʻrish  mumkin.  Bu  asarda  qizil  keng 

ma’nodagi  hayot,  tiriklik,  mavjudlik  bilan  aloqador  ekanligini  kuzatish 

mumkin. 


Hatto  til  va  madaniyatning  uygʻunligini  biz  qadimgi  tarixdaham 

koʻrishimiz  mumkin.shu  bilan  birga  ayniqsa  bu  mifolog  qarashlarda  yorqin 

namoyon boʻlgan. 

Oq,  qizil  va  qora  ranglarning  dastlabki  mifologik  tasavvuridai 

umulashma  ma’nolari  haqida  etnograf  olima  Л.Миронова  shunday  yozgan: 

“Qizil rangda ibtidoiy odam, qon, olov, issiqlik va quyoshni koʻrgan” Afrikaning 

mahalliy marosim va udumlarini tadqiq etgan В. Тернер oq, qizil, qora rang 

uchligi  haqida  qiziqarli  mulohazalarni  bayon  etgan.  Olim  fikricha,  oʻlim, 

behushlik,  tush  yoki  qorongʻulikni  ifodalovchi  qora  rang,  odatda,  inson 

ongidagi  “hushsizlik”  bilan  bogʻliq.  Shu  sababli  qora  rang  rang  anglatgan 

ma’nolardan  qoʻrqish  xalq  orasida  uni  salbiy  tushunchada  ifodalashga  asos 

yaratgan.  Oq  hamda  qizil  rang  hayot  timsoli  hioblanadi.  Ular  marosimda 

birlashganda,  oq  hayotda  mardlik  va  oʻsimliklardan  olinadigan  oziq-ovqatni 

bildiruvchi,  qizil  esa  uning  aksi  –  nazokat  va  goʻshtli  ovqatlarni  ifodalaydi. 




 

76 


Nikoh toʻyining ilk bosqichi boʻlgan sovchilik udumida oq rang alohida oʻrin 

tutadi. Sovchilikka borilganda qiz tomon rozi boʻlsa, oqlik berish odati mavjud. 

Shundan soʻng kuyiv tomon kelingga oq rangli nikoh koʻylagi va katta oq harir 

roʻmlol  joʻnatgan.  Nikoh  toʻyida  kelin  kuyov  oq  rangdagi  sarpolar  kiyishadi. 

Kelin uchun toʻy olidadan joʻnatiladigan sarpolar ustiga oq surpga oʻrab oyna 

qoʻyilgan. Bu oyna oʻraglan oq surpli tugun toʻy kuni kelin kuyov goʻshangaga 

kirganda oyna koʻrsatish muddatidagina ochilgan. Kuyov uchun tikilgan toʻn 

kiydirilganda uning egniga kuyovning boʻyi barobar oq ip oʻtkazilish odati ham 

bor.  Ipning  hajmi  kuyovning  boʻyidan  kam  boʻlmasligiga  alohida  e’tibor 

berilgan. Bu irim boʻlajak olianing baxtli hayot yoʻli uzun boʻlishi istagini ifoda 

etgan. Nikoh kuni kuyov xonadoniga kuzatilayotgan qiz otasining oyogʻiga bosh 

qoʻyib,  undan  oq  “fotiha”  rozilik  oladi.  Nikohdan  soʻng,  kuyiv  xonadoniga 

keltirilgan kelinchak, oq un, oq mato – poyandoz, oq sut bilan kutib olinadi. 

Qudalarning yuziga ham un surtib koʻrishish odatiga respublikamizning barcha 

viloyatlarida  bugungi  kungacha  amal  qilib  kelinmoqda.  Ba’zi  joylarda  kelin-

kuyovga  oq  rangdagi  kiygizdan  oʻtov  tikiladi.  Shundan  boʻlsa  kerak  nikoh 

marosimi bilan bogʻliq yor-yor, kelin salom namunalarida “oq oʻtov’ obraziga 

alohida urgʻu beriladi.  

Oq  rangning  ramziy  ma’nosini  toʻydn  soʻng  xonadon  surpasiga  oldiga 

oʻtirkizib  un  va  yogʻga  qoʻlining  tekkizilishi  odatida  ham  koʻrish  mumkin. 

Kuyov  chaqirdi  marosimida  kuyov  ham  ostonada  oq  payondoz  solib  kutib 

olinadi


 

[2.  100-b].  Muchal  toʻyida  oʻn  ikki  yoshdan  oʻn  uch  yoshga  qadam 

qoʻygan  oʻgʻil-qizlarga  oq  liboslar  kiydiraladi.  Bu  udumning  tarixiy  ildizlari 

zardushtiylik bilan bogʻliq. Sunnat qilinayotgan bolaga ham oq koʻylak ishton 

tiktirib kiydiraladi. Ushbu jarayonda bolaning onasi jimjilogʻini kosadagi unga 

solib odati ham bor. Bu irimlar zamirida oq rang poklik, pokizalik timsoli.  

Qadimiy mifologik dunyoqarashga koʻra oq rang “…xudolar rangi, koʻzga 

koʻrinmas qudratli kuchlar rangi”

 

[6. 104-b] sifatida ilohiy deb qaralganligining 



ramzini-musulmon olamidagi haj ziyoratini ado etish maqsadida mahsus oq 

kiyimda “Ka’ba-Xudoning uyi” ga boruvchilar ham isbot etadi.  




 

77 


Xalq  orasida  “qora  osh’,  “qora  ovqat”,  “qora  shoʻrva”  birikmalari  ham 

ishltiladi.  Odatda  motam  marosimi  ovqati  “qora  osh”  deb  yuritiladi.  “Qora 

ovqat”, “qora shoʻrva” esa xalq satirik qoʻshiqlarida qashshoqlikni anglatuvchi 

ramziy  ma’noda  qoʻllanilganligini  kuzatamiz.  Yana  bir  narsani  shu  yerda 

ta’kidlab oʻtish kerakki, “ qora qozon” degan tushuncha ham mavjud. Bu ham 

bizning  ba’zi  viloyatlarda  nishonlanadigan  urf-odatlarimiz  sanalar  ekan. 

Buning  ma’nosi  toʻy  oʻtganidan  soʻng  sahna  ortida  xizmat  koʻrsatgan  barcha 

qarindosh- urugʻlarni mehmon qilish kerak boʻlar ekan. Qanday qiziq va antiqa 

urf-odatlarimiz bor toʻgʻrimi?! 

Xalqimiz  udumi  boʻyicha  motam  marosimida  marhumlar  oq  surpdan 

tayyorlangan  kafanga  oʻrab  dafn  qilinadi.  Marhum  agar  yosh  boʻlsa,  mayit 

solingan tobut ustiga qizil baxmaldan, oʻrta yoshli boʻlsa koʻk yoki toʻq yashil 

matodan, keksa boʻlsa – oq soʻzana yopiladi. Bunda qizil rang – yoshlik, guldek 

yashnaganlik  davrini,  oq  rang  –  soch-soqol  oqarish  kabi  keksalik alomatini 

ifoda etadi. Sariq rang goʻyo marhumning qayta tirilishini cheklaydi. Natijada 

uning orqasida qolganlarning rangi sargʻayib qoladi. Xalqimiz udumi boʻyicha 

motam marosimida marhumlar oq surpdan tayyorlangan kafanga oʻrab dafn 

qilinadi. Marhum agar yosh boʻlsa, mayit solingan tobut ustiga qizil baxmaldan, 

oʻrta  yoshli  boʻlsa  koʻk  yoki  toʻq  yashil  matodan,  keksa  boʻlsa  –  oq  soʻzana 

yopiladi.  Bunda  qizil  rang  –  yoshlik,  guldek  yashnaganlik  davrini,  oq  rang  – 

soch-soqol  oqarish  kabi  keksalik  alomatini  ifoda  etadi.  Sariq  rang  goʻyo 

marhumning qayta tirilishini cheklaydi. Natijada uning orqasida qolganlarning 

rangi sargʻayib qoladi. 

Shunday  qilib,  rang  simvolikasi  milliy  madaniyatimizni  eng  qadimgi 

davrda shakllanib kelishida ham oʻz oʻrniga ega ekanligini inkor etolmaymiz va 

eng qizigʻi shu ranglar ortida bizning qiziq bir an’ana hamda unitilmas tariximiz 

yotganligi bejiz emas. 

 

 



 


 

78 



Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish