821
Ahmad Yassaviy turkiy-tasavvuf she‘riyatining asoschisi, atoqli
mutasavvuf shoirdir. Xalq orasida “shayxul-mashoyix”, “sultonul-orifin”
unvonlari bilan ulug‘langan buyuk ma‘rifiy zotning hikmatlari turkiy xalqlar
tomonidan bir necha yuz yillardan beri sevib mutolaa qilinadi. Hikmatlarida
tasavvufning barcha yo‘nalishini qamrab olgan,hamda she‘rlarida mohirlik
bilan tasavvuf mohiyatini singdira olgan adib haqida ma‘lumotlar yetarli
emas.Adibning tavallud yili noma‘lum. Vafoti esa turli manbalarda hijriy 562-,
milodiy 1166-yil deb ko‘rsatiladi. U Turkistonning Yassi shahrida, ruhoniy
oilasida tug‘ilgan. Shundoq kichkina jussa, tik qomatli, xushsurat bir kishining
avliyo ekanligi, hatto, podsholar ham u kishi bilan maslahatlashib ish qilishi,
hamda dunyoning to‘rt tarafida 90 ming muridi borligi hammani hayron-u lol
etgan.
Isfijob uning ota yurti. Ota-onasining qabri ana shu shaharda. Adib
Ruqiya ismli ayolga uylangan. Ularning Gavhari Shahnoz, Gavhari Xushnoz
ismli qizlari hamda Ibrohim ismli o‘g‘li bo‘lgan[3.9-14].Yassaviy hikmatnavislik
an‘analarini boshlab bergan ijodkor hisoblanadi. “Hikmat”lar Ahmad Yassaviy
merosini jamlagan asar bo‘lib, ushbu asarda 240 ga yaqin she‘rlar kiritilgan. U
Arslonbob hamda Yusuf Hamadoniydan tahsil olgan. She‘rlarini asosan
chig‘atoy tilida yaratgan.G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti
Ibrohim Haqqulning sa‘y-harakati bilan Yassaviy hikmatlarini birinchi bor
1990-yil ko‘p nusxada nashr etdi. Shundan keyin “Hikmatlar”ning boshqa
nusxasi 1992-yili M.Xasaniy tomonidan chop etildi. Yurtimizda va xorijda
Yassaviy hayoti va ijodini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning samarasi o‘laroq
“Devoni hikmat”ning mustaqil nashrlari birin-ketin o‘quvchilar hukmiga
havola etildi. Vaqtli matbuotda Yassaviy hayoti va ijodiga doir o‘nlab
maqola,risola va kitob chop qilindi, ilmiy tadqiqotlar yaratildi [2.110-111-].
10-sinf adabiyot darsligining birinchi qismidan o‘rin olgan “O‘zbek
mumtoz adabiyoti” bobida berilgan Atoyi, Alisher Navoiy, Bobur, Turdi
Farog‘iy kabi mumtoz siymolar qatorida Ahmad Yassaviy nomining zikr etilishi
hamda uning maktab darsligida o‘rganilishi muhim ahamiyatga ega. Mavzu o‘z
822
navbatida, Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodi, hikmatlari, she‘riyati va
ularning mavzu ko‘lamini qamrab oladi. O‘quvchi mavzuni o‘zlashtirish
jarayonida adib haqidagi bir qancha ma‘lumotlarga hamda hikmatlarda
qo‘llanilgan obrazlar, tasavvufona tarzda yaratilgan ijod namunalaridan
bahramand bo‘ladi. Mavzu so‘ngida berilgan savol va topshiriqlar o‘quvchi
bilimini belgilashda ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
10-sinf adabiyot darsligida Ahmad Yassaviy ijodining mahsuli
hisoblanmish ba‘zi hikmatlar va ularning sharxi keltirilgan.Avvalo.adib ijodida
ishq talqini hamda uning boshqa mumtoz shoir va ijodkorlarnikidan farqli
tomonlari sanab o‘tilgan. Yassaviy Ollohga bo‘lgan ishqni haqiqiy ishq deb
biladi. Chin oshiq sifatlariga e‘tibor qaratadi.Chin oshiq kim degan savolga
quyidagicha javob beradi: Shoir nazdida chin oshiq bo‘lish uchun “Alloh debon
ichga nurni to‘ldirish, butun tanadagi tomir-u suyaklar larzaga kelgan holda
“Haq zikri”ni qilish, rohat-farog‘atdan kechish” lozim bo‘ladi. Adib hikmatlariga
xos yana bir xususiyat-nafsga qarshi kurash masalasi bo‘lib, shoir hamma vaqt
nafsdek baloyi azimni yenga olmagan odamga achinadi, unga tanbeh beradi.
Nafsni jilovlagan odam sabr-qanoatga erishadi. Agar oshiq bo‘lsa, bunday sabrli
ishq egasining “mashhar kuni”da armoni bo‘lmaydi. Ishq muhokamasiga doir
ushbu hikmatning boshqa bir bandida “Nafsni tepib dargohiga loyiq
bo‘lg‘il”deb ta‘kidlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: