Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet478/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   474   475   476   477   478   479   480   481   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keywords: Uzbek literature, folklore, proverbs, work of literary circles. 

 

 

Ma’lumki, maqollar xalq og‘zaki ijodining bebaho boyligi sanaladi. Ular 

o‘zining  qisqa  shakli  va  chuqur  ma’nosi  bilan  har  birimiz  nutqimizda 

qo‘llaydigan  bebaho  vositaga  aylangan.  Maqol  janri  o‘z  xususiyatiga  ko‘ra 

xalqaro  janr  sanaladi.  Ya’ni  u  dunyodagi  hamma  xalqlar  og‘zaki  ijodida 

uchraydi.  Ana  shu  holatdan  kelib  chiqib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining 2010-yil 7-oktabrda 2010–2020-yillarda nomoddiy madaniy 

meros  obyektlarini  muhofaza  qilish,  asrash,  targ‘ib  qilish  va  ulardan 

foydalanish  Davlat  dasturini  tasdiqlash  to‘g‘risidagi  220-son  qarorida  xalq 

og‘zaki ijodini o‘rganish, folklorshunoslik taraqqiyotini ta’minlash bilan bog‘liq 

bir  qator  tadbirlar  belgilangan.  Mazkur  tadbirlarning  hayotga  tatbiq  etilishi 

xalq  og‘zaki  ijodini  o‘rganish  sohasida  yangi  bosqichni  boshlab  berdi.  Bu 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

815 


borada davlatimiz Prezidenti Istiqlol mafkurasi g‘oyalarini yaratish jarayonida 

har  qanday  siyosat  va  shaxsiy  manfaatlardan  ustun  turadigan  folklor 

merosidan foydalanish zarurligiga alohida to‘xtalib “Yurtimiz yoshlarini o‘zbek 

folklorining hayotbaxsh qadriyatlaridan bahramand etish ularni tarbiyalashda 

katta  ahamiyatga  ega”  [3]  deb  ta’kidlaganlar.  Folklor  janrlari  sirasiga  esa 

tarbiyaning  asosiy  vositasi  hisoblangan,  kishilarni  hayot  voqeliklaridan 

chiqarilgan  xulosalar  orqali  tarbiyalovchi  xalq  maqollari  ham  kiradi.  Shu 

sababdan ham yurtimizda olib borilayotgan ta’limning negizida tarbiya yotadi. 

Buyuk  ma’rifatparvar  Abdulla  Avloniy  tarbiya  jarayoniga  to‘xtalar  ekan 

shunday  deb  yozadi:  “Tarbiya  qilguvchilar  tabib  kabidurki,  tabib  xastaning 

badanidagi  kasaliga  davo  qilgani  kabi  tarbiyani  bolaning  vujudidagi  jahl 

maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan 

berub, katta qilmog‘i lozimdur” [1]. Ushbu fikrlarning o‘zi tarbiya jarayonining 

mohiyatini  ochib  beruvchi  dalil  vazifasini  o‘taydi.Shuningdek,  ulug‘  rus 

yozuvchisi  L.  N.  Tolstoy  ham  maqollarning  xalq  hayoti,  ruhiy  dunyosi  bilan 

naqadar yaqin ekanligi haqida to‘xtalib: “Har bir maqolda  men shu maqolni 

yaratgan xalqning siymosini ko‘raman”, [ 7] deb yozgan edi. Adib M. Sholoxov 

esa “Maqol qanotlanib asrlardan asrlarga, avloddan avlodga ko‘chib yuradi va 

bu xalq donishmandligi parvoz qilayotgan ufqning nihoyasi ko‘rinmaydi”, deb 

xalq maqollarining inson hayotida bitmas-tuganmas xazina ekanligini alohida 

ta’kidlaydi. 

O‘zbek  folklorshunoslari,  jumladan,  Sobirjon  Sodiqov  maqollarning 

paydo bo‘lish jarayonini: “Xalqning qalbida ibratli fikr, hayot haqidagi xulosalar 

“pishib” yetilib turgan bo‘ladi. Ko‘pni ko‘rgan, zukko va gapga chechan bir odam 

uni bir necha so‘z vositasida yuzaga chiqaradi. Shu tariqa maqol paydo bo‘ladi” , 

– deb izohlaydi. Haqiqatan ham, aslida avval og‘zaki nutqda paydo bo‘luvchi 

maqollar og‘zaki nutqimizda keng qo‘llaniladi. Ular nutqimizni ixcham va ravon, 

teran va mazmunli bayon qilishga yordam beradi. Zero, “So‘z ko‘rki – maqol”, 

degan gap ham bejiz emas. “Maqollar nutqqa chehradagi qora xoldek, uzukka 

qo‘yilgan ko‘zdek yarashadi”, [6]  




 

816 


O‘zbek tilida maqollar turli davrlarda turli nomlar bilan atalib kelingan. 

Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida turli munosabatlar bilan turkiy xalqlar orasida 

keng  tarqalgan  400  ga  yaqin  maqol  va  matallar  ham  keltiriladiki,  ularning 

aksariyati  bugun  ham  ayrim  o‘zgarishlar  bilan  tilimizda  muvaffaqiyatli 

ravishda ishlatilmoqda. Masalan, ushbu asarda keltirilgan “Kishi olasi ichtin” 

(Odam olasi ichida bo‘ladi), “Alp yag‘ida, alchaq jo‘g‘ida (Botir dushman bilan 

to‘qnashganda,  yuvosh  esa  majlisda  sinaladi),  “Alp  cherikda,  bilga  tirikda” 

(Botir jangda, dono esa majlisda sinaladi) singari maqollar hozirgi vaqtda ham 

ishlatiladi. O‘zbek adabiyotining mumtoz  davriga kelib esa maqol ma’nosida 

“masal”  atamasining  keng  istemolda  bo‘lganligini  ko‘rish  mumkin.  Mumtoz 

adabiyotdagi  she’riy  asarlarda  maqol  qo‘llash  san’atining  “irsoli  masal”  deb 

atalishi ham bejiz emas. Bugungi kundagi maqol atamasi XX asrdan boshlab 

o‘zbek  paremiologiyasidagi  turg‘un  atamaga  aylandi  va  janrga  eng  munosib 

nom sifatida qo‘llanilmoqda. 

O‘zbek  tadqiqotchilari  tomonidan  esa  1924-yildan  boshlab  maqollar 

to‘plab, nashr etila boshlandi. Biroq bu nashrlarning ayrimlarida maqollarni 

berishda jiddiy nuqsonlar ham ko‘zga tashlanganini ham qayd etib o‘tish lozim. 

Bu holat folklorshunoslarimiz e’tiboridan chetda qolmadi. Bu borada filologiya 

fanlari  doktori  Jabbor  Eshonqulning  “O‘zbekiston  adabiyoti  va  san’ati” 

gazetasida e’lon qilingan “Maqol egasiz emas” maqolasini eslatish maqsadga 

muvofiqdir. Maqolada mazkur to‘plamning kamchlik va nuqsonlari haqida so‘z 

boradi. Jumladan, muallif shunday yozadi: “O‘zbek xalq maqollari. 65 mavzuda 

maqollar  guldastasi”  kitobida  xalq  og‘zaki  ijodi  va  folklorshunoslarimiz 

mehnatiga  bepisand  qaralganiga  guvoh  bo‘lamiz.  Har  bir  sahifadagi  xatolar, 

kitob  mavzulariga  maqollar  noo‘rin  kiritilgani,  mazmuniga  qaramay  qo‘shib 

yuborilgani ham shundan dalolat beradi”. Bu fikrlarni o‘qib mazkur to‘plamni 

tayyorlashda  anchayin  e’tiborsiz  yondashilgani  ma’lum  bo‘ladi.  Maqolada 

mazkur  to‘plamdan  keltirilgan  maqollarning  buzilgan  shaklini  o‘qib  bunga 

yana  bir  bor  amin  bo‘lasiz:  “Igna  yo‘qotgandan  sigir  yo‘qotgan  gumonsirar” 

maqolini o‘qib, beixtiyor igna yo‘qotgan odamdan nega sigir yo‘qotgan odam 




 

817 


gumonsirashi kerak, deb o‘ylanib qolasiz. Bunda mantiqsizlik shundoq ko‘rinib 

turibdi. Aslida esa bu maqol quyidagicha: “Igna o‘g‘irlagandan sigir yo‘qotgan 

odam  gumonsirar”  [2].  Bu  maqolada  keltirib  o‘tilgan  kamchliklar  muallif 

tomonidan  keyingi  nashrlarda  tuzatilsa  va  maqol  to‘plamlarini  nashrga 

tayyorlovchilar ushbu jihatlarga e’tibor qaratsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. 

 Maqollarni 

o‘rganishdan 

ko‘zlangan 

maqsad 

o‘quvchilar 

dunyoqarashini  shakllantirish,  to‘g‘ri  va  ongli  o‘qish  malakalarini 

takomillashtirish,  maqoldagi  har  bir  so‘zning  va  yaxlit  maqolning  ma’nosini 

to‘liq  idrok  etishga  erishishdir.  O‘quv  mashg‘ulotlari  jarayonida  maqolning 

mazmunini  o‘rganish  va  yod  olishdan  tashqari,  uning  matnidagi  izohtalab 

so‘zlar,  birikmalar  ustida  lug‘at  ishi  o‘tkazish,  badiiy  til  vositalari,  ko‘chma 

ma’noli,  qarama-qarshi  ma’no  bildiruvchi,  maqolda  takrorlanib  kelayotgan 

so‘zlar ma’nosi yuzasidan ish olib borish ham talab etiladi. O‘quvchilar o‘qilgan 

matn  ichidan  maqollarni,  hikmatli  so‘zlarni  o‘zi  mustaqil  topa  olish 

ko‘nikmasini egallashi, ular yordamida o‘qilgan asarlar yuzasidan to‘g‘ri hukm 

chiqarishga  o‘rganishlari  zarur.  O‘quvchilarga  maqollarni  mavzu  bo‘yicha 

guruhlab o‘rgatishda o‘qish mavzulariga asoslaniladi. Bunda maqol mazmuniga 

mos asarlar nomini keltirish, uning mazmun va g‘oyasini maqol bilan bog‘lash 

kerak.  O‘quvchilar  o‘qigan  maqollariga  darslikdan  mos  asarlarni  tanlab, 

maqolning  ma’nosi  bilan  asarda  aytilayotgan  fikrning  bog‘liqligini  izohlab 

beradilar.  Masalan,  “Elidan  ayrilgan  yetti  yil  yig‘lar,  Vatandan  ayrilgan 

o‘lguncha  yig‘lar",  “Begona  tuproq  –  devona  tuproq”  maqollariga  Bobur 

haqidagi  “Hidi,  tilimi  va  mazasidan”  asarini  misol  qilib  keltirish  mumkin. 

O‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari 

yillar  oshgan  sari  har  gal  o‘quvchini  qaysidir  jihati  bilan  sergaklantiradi. 

Mazkur asardagi Anvar obrazi haqida adabiyot ixlosmandlari yaxshi bilishadi. 

“Bir  kun  tuz  ichgan  joyingga  qirq  kun  salom  ber”,  “Intilganga  tole  yor” 

maqollarining  ifodasi  sifatida  bolaligidan  tirishqoq  va  zakiyligi,  nozikta’bligi 

bilan  atrofdagilar  e’tiboriga  tushgan,  o‘z  so‘zida  sobit  tura  oladigan,  yuqori 

martabaga erta erishgan Anvar timsolini keltirish mumkin. “Jasur qiz” ta’rifini 




 

818 


olgan Ra’no haqida ham maktab darsliklarida ilk tasavvurlarga ega bo‘lganmiz. 

Zamonasining  zulmi  yoxud  zayli  qurboniga  aylanmay,  o‘zining  shijoati  bilan 

muhabbati va kelajagi yo‘lidagi harakati, aytish joiz bo‘lsa, tahsinga sazovordir. 

“Odob bilan baxt topilar, Sabr bilan taxt”, “Yaxshi qiz yoqadagi qunduz” kabi 

maqollarda tariflanganidek bugungi kunda yoshlarimizga ibrat bo‘la oladigan 

vafodorlik,  pokdomonlik,  go‘zallik,  halollik,  oliyjanoblik  fazilatlari  Ra’noning 

xulqi, fe’l-atvoriga xos. Xuddi shunday G‘afur G‘ulomning turfa hangomalarga 

boy  “Shum  bola”  qissasidagi  Qoravoy  uyidan  ketib  qolib,  o‘zining  topqirligi, 

zukkoligi,  sho‘x-shaddodligi  tufayli  turli  sarguzashtlarni  boshidan  kechiradi. 

Shum  bola  bir  gal  o‘g‘rilarga,  bir  gal  har  bir  gapga  “Innaykeyin?”  deb  javob 

qaytaruvchi  boyga,  bir  gal  giyohvand  mullalarga  duch  keladi.  Axiyri  oila 

sog‘inchi  uni  o‘z  uyiga  yetaklab  boradi.  Musofirchilikning  shuncha 

qiyinchiliklariga  qaramay,  Qoravoy  taslim  bo‘lmadi,  oldinga  intilib  yashadi. 

“Musofir  bo‘lmaguncha,  musulmon  bo‘lmaysan”,  “Baxt  yalqovga  begona”, 

“Gado  arazlasa,  to‘rvasiga  ziyon”,  “To‘g‘ri  so‘z  tosh  yorar,  egri  so‘z  –  bosh”, 

“O‘ylamay  qilingan  ish,  Boshga  keltirar  tashvish”  kabi  maqollar  Qoravoy 

hayotidan hikoya qiladi. 

 Maqollarni o‘rgatish o‘qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har 

bir darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g‘oyaga, 

keltirilgan  obrazlarga  mos  maqol  ustida  qanday  mashq  uyushtirishni 

rejalashtirib  olish  lozim.  Maqollar  orqali  o‘quvchilar  ongiga  vatanparvarlik, 

mehnatsevarlik,  ilm  olishga  qiziqish,  kamtarlik  tuyg‘ularini  singdirish, 

o‘quvchilarni  ko‘rgan-bilgan,  eshitgan,  o‘qiganlari  yuzasidan  xulosa 

chiqarishga,  o‘z  nutqida  maqollardan  foydalanishga  o‘rgatish  kerak.  Bundan 

tashqari, “Eling senga cho‘zsa qo‘l, Unga doim sodiq bo‘l" maqolining ma’nosini 

tushuntirishda shu bo‘limdagi asarlardan, bolalar uchun davlatimiz tomonidan 

yaratib berilgan sharoitlardan misollar keltirish ham mumkin bo‘ladi. 

 Demak, hech ikkilanmay aytish mumkinki, xalqimizning bacha fazilati, 

falsafasi,  duynoqarashi,  turli  hayotiy  vaziyatlarga  munosabati  o‘zbek  xalq 

maqollarida  aks  etgan.  Prezidentimiz  ta’kidlaganidek  “yurtimizning  ertangi 




 

819 


kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yetuk 

mutaxassis  yoshlarimiz”  [5]  ni  ma’nan  yuksak  qilib  tarbiyalamay  turib  bu 

vazifani  amalga  oshirib  bo‘lmaydi.  Zero,  “Milliy  mafkura,  avvalambor, 

o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p 

asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qo‘yilgan oliy 

maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart”. [ 4]. Chunki mafkura o‘tmish va 

kelajak  o‘rtasidagi  ko‘prik  ekanligini  unutmasligimiz  lozim.  Bu  borada  bizga 

xalq og‘zaki ijodi durdonalari muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.  

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   474   475   476   477   478   479   480   481   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish