nutqini o‘stirish uchun quyidagi savol va topshiriqdan foydalandik: Telefon
781
yoki kompyuterlardan qanday maqsadda foydalaniladi? Ularning foydali va
zararli jihatlarini yozing.
Tajriba ishtirokchilari: 2019 – 2020-o‘quv yilida Chilonzor tumani
114-maktabning 5-sinfda tahsil olayotgan 15 nafar o‘quvchi.
Tajriba natijalari: Yozma ishlar natijasi quyidagi jadvalda aks ettirildi:
O‘quvchi soni
To‘plangan ball
Foiz
1 nafar
6 ball
7 %
7 nafar
5 ball
46 %
4 nafar
4 ball
26 foiz
1 nafar
3 ball
7 %
1 nafar
2 ball
7 %
1 nafar
1 ball
7 %
Tajriba natijalari tahlili: Umumiy hisobda oladigan bo‘lsak, 53 foiz
o‘quvchi yozma ishlarini a’lo darajada bajargan. Bu esa bundan oldin
o‘tkazilgan 4 ta mashg‘ulotda erishilgan natijalardan 20 – 30 foizga yuqoridir.
O‘quvchilarning yozma ishlariga e’tibor qaratsak, Maksimal 6 ball olgan
o‘quvchining yozgan matnida quyidagi jumlalar uchraydi: “Foydali tomoni:
yangiliklardan boxabar bo‘lish, hujjatlar, rasmlar tayyorlash va ularni uzatib-
qabul qilish, uzoqdagi yaqinlar bilan suhbatlashish mumkin. Zarari: ko‘p
foydalanilganda ko‘z nurini oladi, miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, inson
xotirasi ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi, ijtimoiy tarmoqlardan boshini ko‘tara
olmay, real hayotdan ko‘ra virtual hayotga bog‘lanib qoladi…”
5 ball olgan o‘quvchilardan birining ishida quyidagi mantiqiy faktlarni
uchratdik: “Kompyuter va telefonlarsiz hozirgi hayotimizni tasavvur eta
olmaymiz. Ularning foydali jihati shundaki, har xil dasturlar, loyihalar tuzishda,
foydali o‘yinlar o‘ynashda foydalanamiz, zarari esa ko‘z nuruning pasayishi,
insult kasalining kelib chiqishi, internet yoki kompyuter o‘yinlariga mukkasidan
ketish oqibatida dangasalik kelib chiqishi mumkin. Oldini olish choralari:
782
kompyuter oldiga kaktus qo‘yish va maxsus ko‘zoynak taqish, ulardan 1 soatdan
ortiq foydalanmaslik…”
O‘quvchilarning yozma ishlariga ball berishda, ayniqsa, mana shunday
faktlardan foydalangan holda fikrlarini aniq, ravshan ochib bera olganligi
hisobga olindi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, o‘quvchilarning yozma nutqini
o‘stirishga qaratilgan topshiriqlar ular yoshiga mos, absurd tushunchalardan
xoli, ular uchun qiziqarli bo‘lgan matnlar yaratishiga imkon beradigan bo‘lishi
lozim. Bunday tarzda fikrlashga o‘rgatish o‘quvchilarda maktabdagi ona tili
darslarida zerikib qolmaslik bilan birga jahondagi ta’lim standartlariga
muvofiq kadrlar yetishtirib chiqishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: