Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keywords:  Black  Cauldron  (passing  under  the  black  cauldron),  ceremonial  folklore, 

seasonal  ceremonial  folklore,    family  ritual  folklore,  grandmothers  cuit,  shamanism,  patron 

spirits, animism. 

 

 



Barcha  xalqlar  folklorida  boʻlgani  singari  xalqimiz  ham  azal-azaldan 

oʻzining  turli  marosimlar-u,  urf-odatlarga  boyligi  bilan  ajralib  turadi.  Ular 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

486 


ma’lum ma’noda shu millatning, elning e’tiqodini, turli qarashlarini oʻzida aks 

ettiradi. Shu bilan birga, har xil irim-sirimlar ham xalq hayotining ajralmas bir 

qismiga  aylangan.    Millat  ijtimoiy  hayotida  keng  ahamiyat  kasb  etgan  bu 

marosimlar  xalq  og‘zaki  ijodimizda  ham  muhim  oʻrin  tutadi.  Bu 

folklorshunosligimizda    alohida  tadqiqotni  talab  etuvchi  mavzu  hisoblanadi 

hamda marosim folklori tizimida oʻrganiladi.  

Bu  mavzu  yuzasidan  taniqli  folklorshunos  olim  Bahodir  Sarimsoqov 

jahon  folklorshunosligidagi  marosim folklorining oʻrganilishidagi  tajribalar 

asosida  ilmiy  izlanishlar  olib  borgan.  U  oʻzining  “Oʻzbek  marosim  folklori” 

monografiyasida marosim folklorining janrlar tarkibi, ulardagi rasm-rusumlar, 

qadimgi urf-odatlar, ulardan anglashiladigan ramziy ma’nolar, marosimlarda 

soʻz va harakatning oʻrni haqidagi masalalarni tadqiq etgan. Bu kitobda dastlab 

oʻzbek  marosim  folklorining  tasnifi  haqida  soʻz  yuritilgan  boʻlib,  olim  ularni 

quyidagicha turkumlarga ajratgan: “Demak, oʻzbek marosim folklori oʻzining 

hayotiy yoʻnalganligi,  maqsadi  jihatidan  dastlab  ikkita  katta  turkumga  – 

mavsumiy  marosimlar  folklori  hamda  oilaviy-maishiy marosimlar folkloriga 

boʻlinadi” [1.30-b]. Bu asosiy tasnifdir. Ammo bu turkumlar oʻz ichida yana bir 

qancha guruhlarga boʻlingani ham aytib oʻtiladi. Masalan, mavsumiy marosim 

folklori tarkibiga koʻra yana ikki guruh: 

 

a) faqat mavsum bilan bog‘liq marosim folklori janrlari 



 

b)  mavsumiy  mehnat  tarzi  bilan  bog‘liq  marosim  folklori 

janrlariga ajratilgan boʻlsa, oilaviy-maishiy marosim folklori oʻz ichida toʻrtta: 

 

a) soʻzning magik qudratiga asoslanuvchi marosimlar folklori 



 

b) bolaning beshikdagi davri marosimlar folklori 

 

d) toʻy marosimlar folklori 



 

ye) motam marosimlar folklori kabi kichik guruhlarga boʻlingan.  

Bu guruhlarning har biri inson hayotining ma’lum bir davrida unga hamrohlik 

qiladi. Ya’ni inson yorug‘ olam yuzini koʻrganidan boshlab toki bu hayotni tark 

etgunga  qadar  mana  shu  marosimlarning,  urf-odatlarning  ichida  tug‘iladi, 

ulg‘ayadi, vafot etadi. Demak, bundan koʻrinadiki, bu marosimlar har bir inson 




 

487 


hayotining ajralmas boʻlagiga  aylanib  qolgan.  Lekin  shunday  boʻlsa-da  bu 

marosimlarning hammasi toʻlaligicha  oʻrganilmagan.  Ayniqsa,  turli  irim-

sirimlar bilan bog‘liq marosim folklori yurtimizning har bir hududida oʻzgacha 

koʻrinishda namoyon boʻlganligi sababliularning har birini ham qiyoslab, ham 

alohida tarzda oʻrganish talab etiladi.  Shu sababdan biz  quyida oilaviy-maishiy 

marosimlar  folklorining  birinchi  guruhi,  ya’ni  soʻzning  magik  qudratiga 

asoslanuvchi  marosim  folklorining  Surxandaryo  viloyatiQiziriq  tumanidagi 

“Istara”  mahallasi  hududida  oʻtuvchi  “Qora  qozon”  (Qora  qozon  tagidan 

oʻtkazish) marosimi haqida fikr yuritamiz.   

Soʻzning magik qudratiga asoslanuvchi marosim ijrochilari animizmga, 

ya’ni  atrofda  ma’lum  bir  ruhlarning,  sehrli  kuchlarning  borligiga,  ularning 

qudratiga  ishonuvchi  vakillar  hisoblanadi.  Ular  soʻzning,  xatti-harakatning 

kishi dardiga davo boʻlishiga ishonishadi va shunga astoydil intilishadi.  

Tadqiqotlarda aytilishiga koʻra soʻzning magik qudratiga asoslanuvchi 

marosim folklori ham bir necha guruhga boʻlinadi. Hozir biz tadqiq qilmoqchi 

boʻlgan marosim istalgan shaxs ijrosida emas, balki soʻzga usta, nutqi ravon, 

aynan  homiy  ruhlar  tomonidan  tanlangan  iqtidorli  qushnochlar  ishtirokida 

oʻtkaziladi.Bu  marosim  Surxondaryo  hududida  “Qora  qozonning  tagidan 

oʻtkazish”  deb  nomlanadi.  Biz  uni  qisqa  koʻrinishda  “Qora  qozon”deb 

qoʻllayapmiz.Ushbu jarayon haqida marosim folklorida hech bir manba qayd 

qilinmaganligini,  shu  sababdan  bu  toʻg‘risida  toʻplagan  ma’lumotlarimizga 

asoslanib fikr yuritayotganimizni aytib oʻtish joizdir. 

Marosimni oʻtkazuvchi shaxsning tanlanishi haqida gapiradigan boʻlsak, 

bu holatularning oʻzlarining  xohish-irodasiga  bog‘liq  boʻlmagan  holda 

g‘ayriixtiyoriy tarzda yuz beradi. Shuni alohida ta’kidlab oʻtish lozimki, agar bu 

tanlangan shaxs majburiyatni oʻz yelkasiga olmasa, ya’ni xalq tilida aytganda 

oʻsha  kasbni  bajarib,  turli  marosimlar-u,  irim-sirimlarni  oʻtkazishdan  boʻyin 

tovlasa, oʻsha ruhlarning g‘azabigaduchor boʻlishiga,  yo oʻzi, yoki biror yaqin 

insoniga  ruhlar  tomonidan  aziyat  yetkazilishiga,  biror  kasallikka  uchrashiga 

ishoniladi.Shu sababdan oʻzining homiy ruhlar tomonidan tanlanganini sezgan 




 

488 


shaxs  darhol  bu  vazifani  qabul  qilib,  soʻzning  magik  qudratiga  asoslanuvchi 

marosimlarni  oʻtkazuvchi  sifatida  taniladi

Ayni  shu  holatning  oʻziyoq  bu 



marosimning shaman shaxsiyati bilan aloqador oʻtkazilishiga guvohlik beradi. 

Qora qozon (Qora qozonning tagidan oʻtkazish) marosimi odatda yangi 

tug‘ilgan chaqaloq uchun chilla davrida uch marta, keyinchalik esa goʻdakning 

toq  oylarni  toʻldirish  vaqtida,  masalan,  uch,  besh,  yetti  oyliklarida  toki  bir 

yoshga toʻlgunga  qadar  bola  koʻp  yig‘lab  bezovta  boʻlaversa  bir  martadan 

qushnoch kampir tomonidan oʻtkaziladi. Ushbu marosimni oʻtkazishda paxta, 

kul, tuproq, yog‘, paxtani yoqish uchun maxsus tosh, uch dona choʻp, qora ip, 

qora  qozon,  roʻmol (biror mato boʻlishi  ham  mumkin),  suv  kerak  boʻladi. 

Dastlab qirq bitta paxta ipga oʻxshatib eshib olinadi va yog‘ga botirib toshning 

ustiga  qoʻyiladi.  Paxtaning  qirq  bitta  boʻlishiga  sabab  chiltonlarni  ifodalaydi 

yoki  chaqaloqning  dardi  qirqilib  ketsin  degan  ma’noni  anglatadi.  Soʻngra 

uzunligi  taxminan  bir  metr,  barmoqday  qalinlikda  boʻlgan  uchta  choʻpning 

boshi  birlashtirilib  qora  rangli  ip  bilan  bog‘lanadi.  Choʻplarning  boshiga 

bog‘langan  qora  ip  “Qora  momolarga”  atalganligini  ifodalaydi.  Chunki  Oʻrta 

Osiyo xalqlarishoman marosimlarida momolar kulti alohida ahamiyatga ega. 

Ular ayollarga hamroh boʻlishgan.  Momolarning  haqiga  ma’lum  bir  vaqt 

mobaynida  qushnoch kampirga is-chiroq, ya’ni yog‘, paxta, un berilib zarur 

amallari bajarilmasa,  ular ayollarga biror joyini og‘ritib zarar yetkazadi, deb 

oʻylashgan. Bunday qarash hozirgi kunda ham saqlanib qolgan. Masalan, ayol 

farzand kutayotgan davrda toki goʻdak dunyoga kelguncha xomiladorlikning 

har  toq  oylarida  uning  onasi  yoki  qaynonasi  yuqorida  aytganimizdek  is-

chiroqni qushnoch kampirga berib momolarning haqiga duo qildiradi. Bundan 

kelib  chiqadiki,  ushbu  marosimda  ham  momolar  haqidagi  qarashlar  muhim 

oʻrin egallaydi. Tuproq, suv, paxtani yoqqanda hosil boʻladigan olov esa toʻrt 

unsur  tarkibini  ifodalaydi.  Bundan  tashqari  olov,    uni  tavof  qilish  hamda 

olovning  qoldig‘i  boʻlgan kul olov  topinchi  vazardushtiylik  dinining  hozirgi 

kungacha hayotimizdagi ta’sirini koʻrsatadi. Marosimni oʻtkazishda aynan qora 

qozonning  tanlanishining  ham  ma’lum  sababi  bor.  Bu  jarayonni  amalga 




 

489 


oshirayotgan ijrochi – homiy ruhlar tomonidan tanlangan shaxsning fikricha, 

turli ins-u  jinslar  qora  rangdan  qochishadi.  Ya’ni  oʻsha goʻdakka  zarar 

yetkazishmoqchi  boʻlsaqora  qozonning  tagidan  ona  va  bolani  oʻtkazib 

olishayotganda ular bolani tark etib, unga ozor bermaydi.  

Maxsus tayyorgarlikdan soʻng qushnoch kampir marosimni boshlaydi. 

Shu  asnoda  goʻdakning  yuziga  yoʻli  oq  boʻlsin,  yuzi  yorug‘  boʻlsin  degan 

maqsadda  oq  roʻmol  yoki  mato,  agar  bolaning  rangi  chilla  ichida  sarg‘aysa 

sariqligi ketsin deb sariq mato, topilmasa  sariq rang aralashgan roʻmol yoki 

mato  yopib  qoʻyiladi.  Shundan  soʻng  qushnoch  kampir  qora  qozonni  ushlab 

turadi, chaqaloq va uning onasi qozonning tagidan yetti marta aylanib oʻtishadi. 

Bizning fikrimizcha, ular yetti raqamini xosiyatli deb ishonishgani uchun ham 

qozonni aylanib oʻtish jarayonini shu miqdor bilan bog‘liq deb hisoblashadi. 

Ushbu holat yakunlangach goʻdak va uning onasi uchlari birlashtirilib, qora ip 

bilan  bog‘langan,  avvaldan  tayyorlab  qoʻyilgan  uchta  choʻplarning  orasidan 

ham aylantirib oʻtkaziladi. Bu jarayon ham yetti marta bajariladi. Ona va bola 

har  safar  choʻpning  orasidan  aylanib  oʻtayotganda  qushnoch  kampir  yonida 

boʻlgan yana bir ayol qarsak chalib: “Ochildi-ochildi, ochilib ketsin”, deb aytib 

turadi  va  bu  ham  yetti  marta  takrorlanadi.  Aynan  shu  jumlalarning 

takrorlanishiga sabab rangi sarg‘aygan  yoki  bezovta  boʻlayotgan bolaning 

xomushligi  arib,  chehrasi  ochilib,  darddan  forig‘  boʻlsin  degan  ma’no  kelib 

chiqadi.  Ona  va  bola  choʻplarning  tagidan  oxirgi  marta  oʻtganidan  soʻng 

orqasiga  qaramasdan  toʻg‘ri  ketishadi.  Shundan  soʻng goʻdakning  yuziga 

yopilgan  roʻmol  olinib  qushnoch  kampir  tomonidan  quyidagicha:  “Ox  (oq) 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish