Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 

1. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. – Toshkent, 2008. 

2. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. – Toshkent, 2006. 

3. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent, 2004. 

4. Musaqulov A. Oʻzbek xalq lirikasi. – Toshkent, 2010. 

5. http://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/ona.html 

6. Safarov O. Oʻzek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent. 2010. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

438 


 

ID-020-30-A043 

Dildorabegim Najmiddinova  

Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti 3-kurs talabasi 

 

“SHOHNOMADA ” KASB-HUNAR TALQINI 

 

 



Annotatsiya. Ushbu maqoladagi asosiy g‘oya qadimgi hunarmandchiligimiz tarixini 

adabiyot bilan bog‘lagan holda oʻrganish. Qadimgi Ajam shohlarini nafaqat shoh timsolida, 

balki xalqparvar va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlanishiga sababchi boʻlgan shaxs sifatida 

koʻrish. 



Kalit soʻzlar:  “Shohnoma”,  kasb-hunar,  OʻrtaOsiyoxalqlari,  milliy  hunarmandchilik, 

ilmiy  faoliyat,  yevropa  ilmiylik  faoliyati,  hunarmandchilik  rivojlanishi,  zamonaviy 

hunarmandchilik 

 

Annotation: The man idea of this article is to study the history of ancient crafts with 

literature. To view the ancient Kings of Persia not anly as a king, but as a person who promotes 

nationalistic and universal values. 

Keywords:  “Shohnoma”, professional,  Central  Asia  peoples,  national  crafts, scientific 

activities, European scientific activity, crafts development, modern crafts. 

 

 

 

Abulqosim  Firdavsiy  Vatan  uchun  fidoyi  yuzlab  bahodirlar  obrazini 



yaratgan  Benazir  san’atkordir.  Uning  yaratgan  yetuk  asari  adabiyit  uchun 

qoʻyilgan haykal desak adashmaymiz. X – XI asrlarda Oʻrta Osiyo xalqlarining 

madaniyati, ilm-fani, badiiy adabiyoti yuksak darajaga koʻtarildi. Forsiy guruh 

shevalarida gapiradigan qabilalar birgalashib, xalq sifatida shakllandi: ularning 

yagona tili – dariy tili vujudga keldi; turkiy lahjalarda gapiruvchi elatlar ham 

birlashib, xalq sifatida shakllandi, eski turkiy (oʻzbek) adabiy tili ilm-fan, badiiy 

ijod vositasiga aylandi 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

439 


 Firdavsiy  xuddi  mana  shu  davrda  yetishib,  olamshumul  obroʻ  va 

shuhratga ega boʻldi. Xalq orasida oʻtmish ajdodlar tarixiga, qadimgi afsonalar, 

rivoyat va dostonlarni qayta toʻplashga qiziqish kuchayadi. Ana shu bobolar 

merosiga qiziqish natijasi oʻlaroq qadimgi voqeanomalar, afsonalar toʻplanib 

“Shohnomai mansur” nomi bilan alohida kitob holiga keltiriladi.“Shohnoma” 

oliy darajada tartibga solingan asar. Kompozitsiyasi juda ham puxta. Firdavsiy 

oʻzining bu ulkan asarida juda koʻp falsafiy g‘oyalar, social muammolarni ilgari 

suradi, koʻp xarakterlar yaratadi, peyzajlar chizadi. 

Shoirning “Shohnoma” si hajmi, mavzusi, obrazlari, g‘oyaviy motivlari va 

badiiy  qimmati  jihatidan  dunyodagi  eng  katta  asardir.  U  yuzdan  ortiq 

dostonlardan  tashkil  topgan  boʻlib,  ularda  mingda  ziyod  bir-biriga 

oʻxshamagan  obraz  va  personajlar  tasvirlangan.  Bu  asar  mavzu  va  g‘oyaviy 

jihatdan ham eng zoʻr asar hisoblanadi. Doston nafaqat vatanparvarlik, tinch-

totuvlik  va  baynalmilallik  haqida  soʻzlaydi,  balki  asarda  tarixiylik  jihatdan 

qadriyatlar,  kasb-hunarlarning  kelib  chiqishi  ham  aytib  oʻtilgan. 

Podshohlarning  zulmi,  ularning  adolati-yu  xalqqa  koʻrsatgan  adovatidan 

tashqari,  kasblarning  ildizi,  ularning  paydo  boʻlishi  uchun  xizmat  qilgan 

podshohlar haqida ham aytib oʻtilgan.  

  

“Shohnoma”  dan  kitobxon  nafaqat  millatparvarlik  yoki  vatanga 



muhabbatni oʻrganadi, balki oʻzining ajdodlari qay tarzda kasb-hunarga asos 

solganini ham bilib oladi. Bilmagan sir-u asrorlari ulkan doston orqali namoyon 

boʻladi  .Dostonni  oʻqigan  inson  uning  dunyo  moʻjizalarini  jamlagan  deb 

oʻylaydi.  Haqiqatdan  ham,  kitob  toʻlaqonli  ajoyibot  dunyosiga  oʻxshaydi.[3] 

Asar ilmiy, badiiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiylik jihatdan juda muhim sanaladi. 

Chunki  Firdavsiy  qoʻllagan  har  bir  detall  yoki  soʻzhar  bir  sohada  oʻzining 

qiymatiga ega. Masalan, asarning ilmiylik jihati uning tarjimasidir, negaki matn 

tarjimasi  bilan  shug‘ullangan  har  qaysi  olim  uning  yuksakligini  ommaga 

toʻlaqonli namoyon eta oldi. Hattoki oʻzbek olimlari ham uning tarjimasi bilan 

shug‘ullanib, uni ilm ahliga namoyish etishdi. Bulardan misol qilib, Jumaniyoz 

abborovSadriddin  Ayniy,  Hamid  G‘ulom,  Hamidjon  Hamidiy,  Shoislom 



 

440 


Shomuhamedov  kabi  olimlarimizning  sa’y-harakatlari bilan yaratilgan 

asarlarni  ilmiylik  darajasi  yuqori  desak  adashmaymiz.  Hamidjon  Hamidiy 

oʻzbek adabiyotida oʻzining ““Shohnoma ” ning shuhrati” deb ataladigan asarini 

yaratadi.  Olim  bunda  “Shohnoma”  ning  turli  xalqlar  va  mamlakatlarning 

tadqiqotchi  olimlari  va  adiblarining  nazdida  ulkan  bir  choʻqqiday  tovlanib, 

yuksakka boʻy choʻzib turishini isbotlaydi. Shoislom Shomuhamedov tarjimon 

sifatida “Shohnomaning ” 3 jildli tarjimasi va nashri yaratadi. Adabiyotshunos 

va sharqshunos olim Sadriddin Ayniy asar ustida koʻp izlanishlar olib borib, 

oʻzining “Firdavsiy va uning “Shohnoma” si haqida” deb atalgan asarini bitdi. 

  

Nafaqat  oʻzbek,  balki  rus  va  Yevropa  olimlari,  shoir  va  adiblari 



ham  Firdavsiy  ijodiga  qiziqish  bilan  qaraganlar,  uning  “Shohnoma”sini  soʻz 

san’atining  yuksak  choʻqqisi  sifatida  yuqori  baholaganlar.  Chunonchi,  1815-

1818  yillarda  “ВестникЕвропы”  jurnalida  “Shohnoma”dan  ba’zi  parchalar, 

“Bijon  va  Manija”  tarjimasi  e’lon  qilinadi.  Bu  parchalar  “Shohnoma”ning  rus 

tiliga  birinchi  marta  tarjimasi  edi.  Mashhur  shoir  va  tarjimon  В.Жуковский 

1847  yili  “Shohnoma”  ning  Фр.Рюккерт  tomonidan  nemis  tiliga  qilinga 

tarjimasidan “Rustam va Suxrob” dostonini erkin tarjima qiladi. Жуковский 

tarjimasida  originalning  vazni  va  ohangdorligiga  e’tibor  berilmagan, 

qahramonlarning  nomalri  oʻzgartirilgan.  Ammo  shunqa  qaramay  Firdavsiy 

syujetini rus kitobxoniga moʻljallab qayta yaratilgan ana shu asar orqaligina rus 

xalqi  Firdavsiy  dahosi  bilan  kengroq  tanishishga  muyassar  boʻldi,  undagi 

qahramonlik,  bahodirlik,  vatanparvarlik,  gumanistik  motivlar  kitobxonni 

maftun etdi.[2.79-bet]. 

Ukrain  xalqini  Firdavsiy  asari  bilan  ilk  marotaba  sharqshunos 

А.Кримский  tanishtirdi.  1905-  yil  В.С.Соколов“Shohnoma”  dan  500  baytni, 

ya’ni  boshlanishidan  to  “Rustam  va  Suxrob”  dostonigacha  originaldan  she’r 

bilan rus tiliga tarjima qiladi.[2.80-bet]. Demak, “Shohnoma” oʻzining yuksak 

g‘oyalari,  badiiy  qudrati  bilan  hamma  davrlarda  barcha  xalqlarning  ilg‘or 

ziyolilariyu  olimlarning  diqqatini  oʻziga  jalb  qilgan  .  Asarni  har  tomonlama 

oʻrganish esa, uning  barcha qirralarini ochib beradi. Negaki, “Shohnoma” da 




 

441 


oddiy xalqdan tortib to oʻziga toʻq xalqlarning turmushi, ahvoli, yashash tarzi 

namoyon  etilar  ekan,  ularga  har  tomonlama  obyektiv  baho  berish  mumkin. 

Firdavsiy  yaratgan  bebaho  asarni  san’at  va  madaniyat  bilan  bog‘lab 

oʻrganmoqchi boʻldim va bu yoʻnalishni hunarmandchilik mavzusini yoritishga 

harakat qildim . 

 Nomi tilga olingan shohlarning madaniyat sohasiga qoʻshgan yangiligiga 

e’tibor bersak:  

Kasb tipi 

Nomi 

Asoschisi 



Natija 

Temirchilik   Temirchilik  

Xushang 

Hukmronligi 

40 yil 

Qaro toshdan temir 

ajraldi, arra, bolta va 

tesha yasattirdi 



Dehqonchilik  Dehqonchilik 

Xushang 

Hukmronligi 

40 yil 

har kim oʻz nonini 

topadi, xalqni 

koʻchmanchilik 

qiynamaydigan boʻldi. 

Liboschilik 

Liboschilik  

Xushang 


Hukmronligi 

40 yil 


jonivorlar poʻstidan 

kiyim qiladigan 

boʻlishdi 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish