Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Key words: Seasonable tradition, “Boychechak”, “Choymomo”, “Sustxotin”. 

 

 

Oʻzbek xalqi mavsumiy marosimlarga boy xalqlardan biri hisoblanadi. 

Bu boylik va rang-baranglik esa oʻzbek xalqining yilning toʻrt faslidagi yashash 

tarzi,  mehnat  turlari  bilan  aloqadordir.  Har  bir  marosim  esa  oʻziga  xos 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

453 


aytimlarga,  qoʻshiq  afsunlarga  ega  boʻlganligi  sababli  folklorshunoslikda 

marosim  va  unda  ishtirok  etuvchi  soʻz  kompanenti  birgalikda  mavsum 

marosimlari folklori atamasi bilan yuritiladi. [1.34-bet] Har bir sohaning oʻziga 

xos  xususiyatlari  boʻlgani kabi oʻzbek  marosim  folklori  tarkibiga  kiruvchi 

mavsum marosim folklorining ham aynan oʻzigagina xos boʻlgan xususiyatlari 

mavzud. Biz ularni mavsum marosim folklorining tarixiy ildizlariga, yaratilish 

va oʻtkazilsh jarayonlariga va qolaversa mavsum marosimlarida ijro etiladigan 

folklor  namunalarining  mazmuniga  qarab  bilib  olishimiz  mumkin.  Mavsum 

marosim  folklorining  tarixiga  nazar  tashlar  ekanmiz,  oʻzbek  tilshunosligi  va 

xalq  og‘zaki  ijodi  namunalarining  eng  qadimgi  namunalarini  bizning 

davrimizgacha  etib  kelishiga  sababchi  boʻlgan  buyuk  asarga,  ya’ni 

M.Koshg‘ariyning “Devonu lug’atit turk” asariga murojaat qilamiz. Asarda xalq 

og‘zaki  ijodidagi-ertaklar,  afsonalar,  maqollar,  hikmatli  soʻzlar  bilan  bir 

qatorda  mehnat  qoʻshiqlari,  qahramonlik  qoʻshiqlari,  marosim  qoʻshiqlari, 

mavsum  qoʻshiqlari  haqida  ham  ma’lumot  berib  oʻtiladi.  Devonda  berilgan 

og‘zaki  ijod  namunalarining  koʻpchiligi  mavsum  qoʻshiqlari  va  tabiat  tasviri 

lirikasi  janrlariga  mansub  qoʻshiqlar  sirasiga  kiradi.  Bu  qoʻshiqlarda  qadim 

zamondagi  kishilarning  tabiat  xodisalari  haqidagi  tushunchasi  va  bu 

hodisalarga  munosabatini  ifodalaydi.Ularning  tabiat  xodisalarini  yaxshi  va 

yomon  ruhlar  bilan  bog’lash  kabi  qarashlari  yil  fasllari  haqidagi 

tushunchalarida ham yaqqol koʻrinadi.  

Tarixiy  manbalarda,  jumladan  Mahmud  Koshg‘ariy,  Beruniy,  Umar 

Hayyom,  Alisher  Navoiy  kabi  allomalarimizning  asarlarida  va  boshqa 

manbalarda  Navroʻz  bayrami,  u  bilan  bog‘liq  urf-odatlar  haqida  koʻplab 

ma’lumotlar  keltirilgan.  Abu  Rayxon  Beruniy  oʻzining  “Qadimgi  xalqlardan 

qolgan  yodgorliklar”  deb  nomlangan  asarida  ham  bu  bayramga  katta  oʻrin 

ajratadi.  Uning  kelib  chiqishi,  tarixi  haqida  fikr  yuritadi.  Alisher  Navoiy  bu 

bayram  haqida  gapirar  ekan  ,  “Har  tuning  qadr  oʻlubon,  har  kuning  oʻlsun 

Navroʻz”  deydi.  Navroʻz  shunchaki,  bir  bayram  emas.U  millatning  tarixi, 

falsafasi,  badiiyati  va  san’ati,  madaniyati,  mifologik,  diniy  va  dunyoviy 




 

454 


dunyoqarashini,  ilmiy  tafakkur  tarzini  oʻzida  mujassam  etgan  qomusiy  bir 

ayyomdir. Navroʻz kun bilan tun teng kelgan kundir.Qadimda yil taqvimi, ya’ni 

fasllar  almashinuvi,  uning  qutblarini  bilish  kishilar  faoliyatida  muhim 

ahamiyati kasb etgan. Ajdodlarimiz quyosh, oy, yulduz kabi osmon yoriqichlari 

harakatini kuzatib ular haqida mukammal bilimga ega boʻlgandir. Bu ularning 

kundalik,  hajalik,  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy  va  diniy  hayotida  muhim  rol 

oʻynagan.  Aslida  Navroʻz  haqidagi  mavsumiy  marosimlar  va  qoʻshiqlar 

mohiyatida  ana  shu  jarayonlar  haqidagi  tasavvurlar  oʻz  aksini  topgandir. 

[2.109-110-betlar] 

Folklorshunos  J.Eshonqulovning  “Xalqning  oʻziday  qadim  va  ulug‘ 

ayyom” nomli maqolasida ushbu marosimni quyidagicha tariflaydi. “Qadimda 

“Boychechak” marosimi har bitta qishloq, yoki shaharlarda mahallalar ikkiga 

boʻlingan. Bir tomon koʻklamni, ikkinchi taraf esa qishni ifodalagan. Ularning 

orasidan yigitlar yoki qizlar ajratilgan. Koʻklam tomon oʻzlarini koʻklam kabi 

gullar  bilan  bezatgan.  Qiz  tomon  esa  poʻstinlarini  teskari  kiyib,  huddi  boʻri 

shaklida kiyingan, yuzlariga niqoblar taqishgan. Koʻklam tomon xonadonma-

xonadon  boychechak  qoʻshig‘ini  aytib,  uylardan  qishni  quvib  chiqishgan. 

Goʻyoki bu shahar, qishloq yoki mahalladan boychechak qish–boʻrini haydab 

quvgan.  Bu  jarayon  osonlikcha  kechmagan.  Xonadon,  mahalla,  qishloq, 

shahardagi  har  bir  qadam  yerda  qish  bilan  yoz  oʻrtasida  murosasiz  kurash 

ketgan. Qish chekinmaslik uchun qarshilik koʻrsatgan. Yoz tomon esa xonadon 

egalari  yordamida  baribir  ustun  kelgan.  Xonadon  sohiblari,  qishni  quvlab 

chiqargani uchun boychechaklarni taqdirlab tortiqlar berishgan. Ayni paytda 

bu tortiq kelasi yil uchun urug‘day qabul qilingan.Tortiq qiymatiga koʻra, bu 

yilgi koʻklamdan  shunchalik  kuzgi  daromad  kutilgan.Marosim  yakunidagi 

ommaviy  shodiyonada,  ya’ni  qishning  koʻklamdan  yengilib,  mag‘lub  etilgani 

raqs,  qoʻshiqlar  vositasida  koʻrsatilgan.  Bu  qoʻshiqlar  endilikda  marosim 

tizimidan  butkul  uzulgan  holda,  lirik  qoʻshiq  sifatida  aytiladi”.  [2.120-121-

betlar] 

Huddi shunday holatni, ya’ni qish va yoz oʻrtasidagi tortishuvni yuqorida 




 

455 


keltirilgan  M.Koshg‘ariyning  “Devonu  lug‘atit  turk”  asarida  ham  uchratgan 

edik. 


Bundan  shuni  anglash  mumkinki,  “Boychechak”  marosimi  qadimiyligi 

bilan ham qadrlidir. Balki, shunga oʻxshash marosimlar boʻlib, boshqa nomlar 

bilan nomlangan boʻlishi ham mumkin. Lekin oʻsha  mavsumiy  qarashlarni 

oʻzida  ifodalagan,  insonlarning  ilk  tabiat  hodisalari  bilan  aloqadorlik 

jarayonlarini  oʻzida  namoyon  qila  olgan,  qolaversa  bahoriy,  ya’ni  koʻklam 

nashidalarini oʻzida aks ettirgan mavsumiy marosimlar  bizning nazarimizda 

bugungi  kunda  yoʻqolib  ketish  arafasida  turgan  “Boychechak”  marosimining 

koʻrinishlaridan biridir.  

Xorazmda sumalak sayli bilan aloqador boʻlgan “Ashshadarozi” oʻyini va 

unda  aytiluvchi  laparning  tub  asoslarini  qish  va  yoz  munozarasi  sifatida 

baholash  oʻrinli.  Ushbu  laparni  marosimdan  butkul  ajralib  sof  san’at 

namunasiga  aylangan  versiyasi  sifatida  Farg‘ona  vodiysida  keng  yoyilgan 

“Sochingniuzundeydilar” 

laparinikeltirishmumkin. 

Ushbulaparmatnida 

“qish”ning  soʻrog‘I  va  “koʻklam”ning  javoblari  asl  mohiyatga  yaqin  turibdi. 

Laparda yigit qizning sochi, qoshi, koʻzi, yuzi, beli, qanday ekanligini soʻraydi. 

Qiz esa koʻklamdagi tabiat tasviri orqali oʻzini ta’rif etadi. Bizning nazarimizda, 

“Kichkinajon-kichkina”  qoʻshig‘I  ushbu  aytishuv,  bahsning  soʻnggi  nuqtasi 

boʻlgan. Ya’ni qoʻshiqni kuylab, oʻrtadagi raqqosni ma’lum obrazlarga taqlidan 

kichrayib  borishi  barobarida  tariq  timsoliga  kelishi,  buni  raqsda  koʻrsatishi 

koʻklamning qishni yengib urug‘ (tariq) holatiga keltirishini ifoda qilgan. [6.1-

bet] 

Bahoriy marosimlar haqida gap ketganda hozirgi kunda saqlanib qolgan, 



har bahor faslida odatiy oʻtkazilayotgan marosimlarga bir oz toʻxtalishni joiz 

topdik.  Jumladan,  Farg‘ona  viloyatining  ayrim  tumanlarida  asosan  Bag‘dod 

tumanining koʻplab  qishloqlarida:  Karimbobo,  Cheksaroy,  Chekxitoy, 

Chektuvodoq,  Matqulobod,  Paxtaqishloq,  Bordon  kabi  qishloqlarda  ayni 

“Navroʻz”  adafalarida  “Darveshona”  deb  nomlangan  marosim  oʻtkaziladi. 

Ushbu marosimning oʻtkazilish tartibi qu‘yidagicha: marosim avvalida qishloq 




 

456 


faollaridan biri, (avvallari jarchilar boʻlgan) har bir xonadonga uyma-uy kirib, 

qishloq oqsoqollari tomonidan belgilangan pulni yig‘ib chiqadi . Pul miqdori 

yarim kg goʻsht  narhi  atrofida  boʻladi.Hammadan  pul  yig‘ilgandan  soʻng,  bu 

pulga  mol,qoʻy  olinadi.  Soʻngra  “Darveshona”  marosim  oʻtkaziladigan  kun 

Koʻchaboshilar tomonidan e’lon qilinadi. Marosim kuni hamma erkaklar,(hech 

boʻlmaganda  bir  xonadondan  bir  kishi)  qishloq  markaziga  yig‘ilib,  hamma 

birgalikda  avvalo  Qabristonda  obodonlashtirish  ishlarini  qilishadi,  soʻngra 

qishloqdagi  ariqlarni  kovlab,  ifloslangan  joylarni  hamma-hammasini 

tozalashadi,  daraxtlarga  shakl  beriladi.Tushlik  vaqtida  hamma  yana 

Qabristonning ziyorat qiladigan joyiga yig‘ilib, qurbonlik qilingan mol va qoʻy 

goʻshtidan qilingan taomdan bahramand boʻladilar. Shu erda tushlikdan soʻng 

qishloq imomi soʻzga chiqib, marosimga qatnashganlarni, homiylik qilganlarni 

duo qiladi. Alohida niyati borlar, masalan farzand talab boʻlsa, og‘ir mushkuli 

boʻlsa  oldindan  imomga  aytib  qoʻyiladi  imom  ularni  nomma-nom  aytib  duo 

qilganda,  xaloyiq  “omin,  omin,  omin”  deb  duoni  ijobatini  yaratgandan 

soʻrashadi. Ayniqsa ushbu marosimsa qishloq aholisi bu yilgi dehqonchiliklar 

moʻl boʻlishini,  qurg‘oqchilik  balosidan  Allohning  oʻzi  asrashini  alohida 

soʻrashib duolar qilishadi. Yana Qabristonni qishloq aholisi muqaddas ziyorat 

joylardan deb bilganliklari uchun ham kim nima niyatda boʻlsa Yaratgandan 

soʻrashadi.  Ushbu  marosimda  etnografik  jihatlar  koʻproq  sezilsada,  bizning 

nazarimizda  bu  marosimlar  negizida  xalq  og‘zaki  ijodi  yotganday.  Chunki 

“Darveshona” beb nomlanishining oʻzi ham bir folklor emasmi. Bundan shuni 

bilish mumkinki avvallari darveshlar koʻchama-koʻcha yurib, turli xil qoʻshiqlar 

kuylagan,  xalq  yaratgan  namunalarni  kimlargadir  aytib  berib  ularning 

ommalashuviga  sababchi  boʻlganlar.Yana  shuni  ham  ta’kidlashlash  joizki, 

qadimgi davrlardan ma’lumki darveshlar koʻchama-koʻcha yurganlarida folklor 

janrlarini  aytish  bilan  birgalikda  xolisona  xalqning  yumushlarini  ham 

bajarishganlar,  mehnatlari  evaziga  bir  burda  non  boʻladimi,  bir  kosa  sut 

boʻladimi  shu  bilan  kifoyalanishgan,  hech  kimdan  qilgan  mehnatlari  evaziga 

haq soʻrashmagan, eng asosiysi xalqning duosini olishgan. Biz yuqorida aytib 




 

457 


oʻtgan  marosimning  “Darveshona”  deb  atalishi  ham  bejizga  emasdek.  Huddi 

darveshlardek xolisona mehnat qilish, xalqning duosini olish maqsadida ham 

shunday nomlangan boʻlishi juda ham haqiqatga yaqinroqdir. 

Yomg‘ir chaqirish marosimining yuksak namunasi boʻlgan “Sust xotin” 

marosimi  asosan  bahor  oylarida  oʻtkazilgan.  Qadimda  bahor  oylari yomg‘ir 

yog‘may,  yil  qurg‘oqchilil  kelsa,  “Sut  xotin”,  “Suv  xotun”,  “Sust  xotin”  kabi 

nomlar  bilan  ataluvchi  yomg‘ir  chaqirish  marosimi  oʻtkazilgan.  Bu  marosim 

“Boychechak”ning  aksi-qurg‘oqchilik  paytida  yomg‘ir  chaqirishga  qaratilgan 

boʻlsa-da, uning qator jihatlari: bahor faslida oʻtkazilishi, uyma-uy yurib, hadya 

yig‘ish,  qoʻg‘irchoqning  suvga  tashlanishi  va  marosim  tantana  bilan  yakun 

topishi boychechak marosimiga yaqin turadi. [2.119-bet] 

Qurg‘oqchilik  munosabati  bilan  yomg‘ir  chaqirish  marosimida 

aytiladigan “Sus xotin”, “Talabi baron”, “Yomg‘ir talab” qoʻshiqlari turli irimlar 

qadimdan  qolgan  turli  animistik  tushunchalr  bilan  bog‘langan.  Bunga  koʻra 

ikkita  tayoqni  bir-biriga koʻnlang  bog‘lab,  ayollar,  ayollar  kiyimi  kiydiriladi, 

boshiga roʻmol oʻraladi. Osmondan yog‘in tilaydigan bu “Sus xotin” tasvirini-

qoʻg‘irchoqni  ayollar  yuqoriga  koʻtarib uyma-uy  yurishadi,  hammalari 

birgalashib  qoʻshiq  aytishadi.  Xonadon  egalari  “Sus  xotin”  qoʻshig‘ini aytib 

kelgan kishilarga chelaklarda suv olib sepishadi, non, don kabi turli narsalar 

berib ularni “rozi” qilishgan. Qurg‘oqchilik, suv tanqis boʻlgan davrlarda dala-

dashtlarda yashagan dehqonlar tabiatga iltijo qilib, moʻl hosil boʻlishini orzu 

qilgan. Bu narsa qoʻshiqlarda oʻz aksini topgan. 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish