Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Sus xotin –sulton xotin, 

Koʻlankasi matdon xotin. 

Suv xotin-suvsiz xotin, 

Koʻylaklari boʻz xotin. 

Havoni yog‘dirgan, suv xotin 

Bug‘doyni boʻldirgin, suv xotin, 

Elni toʻydirgin, suv xotin, 

Suv xotin-sulton xotin 


 

458 


Bunday  qoʻshiqlar  xalq  orasida  “Suv  xotin”,  “Suz  xotin”,  “Sus  xotin”, 

“Chayla  qazaq”  nomlari  bilan  yuritiladi.‘‘  “Sus  xotin”  marosimi  Oʻrta  Osiyo 

xalqlarining ham zardushtizm-otashparastlik diniga xos hosildorlik ma’budasi 

Noxit (Anaxita)ga sig‘inishi boʻlib, ibtidoiy odatlardan biri hisoblanadi.[4.20-

bet] 

 Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  universiteti  “Musiqiy 



ta’lim”  kafedrasi  mudiri,  san’atshunoslik  fanlari  nomzodi  Q.Panjiyevning 

“Oʻzbek marosim qoʻshiqlari va ularning tarbiyaviy ahamiyati” deb nomlangan 

maqolasida  “Sust  xotin”  marosimini  biroz  boshqacharoq  variantini  keltirib 

oʻtadi. Lekin marosimning mazmuni yomg‘ir chaqirishga qaratilgan. Marosim 

qadimda ikki bosqichda amalga oshirilgan. Jumladan, oʻn-oʻn besh kishi kadi 

(ichi  boʻsh  qovoq)ga  suv  toʻldirib,  uni  uzun  g‘arov  bilan  bog‘lagan.  Kadi 

koʻtargan kishilar suv oʻtmaydigan mato bilan yopinib, har bir xonadonga borib 

“Sust  xotin”  qoʻshig‘ini  aytishgan.  Qoʻshiqni  eshitgan  xonadon  sohiblari  bir 

chelak  suv  sepib,  bisotidagi  bor  narsalardan  ularga  sovg‘a salom ulashgan. 

Ayrimlar  qoʻy,  echki  bergan.  Marosimning  ikkinchi  qismi  suvi  qurib  qolgan 

soylarda davom ettirilgan. Yig‘ilgan xayriyalardan jonli qurbonlik qilinib, katta 

bazm uyushtirilgan. Dasturxon atrofiga taklif qilingan aholi turli taomlar bilan 

siylangan. Soy boʻyida bir guruh erkak va ayollar oq toshlarni bir-biriga urib 

ishqagan, undan chiqqan tovushi yomg‘ir oldi momoqaldiroq chaqmog‘i ramzi 

deb bilingan. Shundan soʻng “Sust xotin” qoʻshig‘ini kuylab raqsga tushirilgan. 

1980-yillarda  “Boysun”  folklor  etnografik  ansanbli  xalqimizning  qadimiy 

qoʻshiqlarini  yig‘ib,  qayta  tikladi.  “Sust  xotin”  marosim  qoʻshig‘i ham aholi 

oʻrtasida soʻrab  surishtirib qayta tiklangan “sahnaviy” koʻrinishda ijro etildi. 

Qoʻshiqning she’riy va musiqaviy ritmik ohangida bahor faslida yomg‘ir koʻp 

yog‘ishi, hamma joy yashil gilamga burkanishi, qoʻy-qoʻzilarning yaylovlarda 

toʻyib  yurishi, sut-qatiq moʻl boʻlishini  oʻquvchi-yoshlar tafakkuriga sindirib, 

milliy ruhda tarbiyalab borishimiz lozim.[6.46-49-betlar] 

Farg‘ona viloyati  Bag‘dod  tumanining  ayrim  qishloqlarida,  asosan 

Karimbobo qishlog‘ida yomg‘ir bilan bog‘liq yana bir ajoyib marosim haqida 




 

459 


eshitib  qoldim.  Bu  marosim  yomg‘ir  chaqirish  emas,  aksincha  yomg‘irni 

toʻxtatish bilan boʻg‘liq ekan. Bu kichik marosimda oilada yakka tug‘ilgan qiz 

boʻlishi shart ekan. Chunki marosim faqat uning ishtirokida oʻtkaziladi. Bu qiz 

yomg‘ir  yog‘ib  turgan  mahalda,  asosan  kechki  payt  uy  hovlisining  oʻrtasiga 

chiqib,  kun  chiqar  tomonga  qarab,  boshini  pastga  egib,  oyog‘ini  orasidan 

qiblaga  qarab,  “irim-chirimi  shu  ekan,  mana  koʻrding,  endi  toʻxtagin”  deb 

yomg‘irga murojaat qilar ekan. (Qishloq ahli kunlab yog‘gan yomg‘ir shundan 

soʻng albatta toʻxtashini  ta’kidlab  oʻtishdi.)  Bunday  marosimlarning  koʻplari 

haqida  fikr  yuritish  mumkin,  ularning  oʻzi  yana  alohida  bir  mavzu  boʻladi. 

Kelgusida ana shunday marosim folklorlarining balki yoqolib ketayotgan, balki 

allaqachon tanazzulga yuz tutayotganlarini, hech boʻlmaganda qog‘ozga yozib 

olib qolishni niyat qildik. 

Yana  shunday  fikrlar  borki  tinimsiz  esgan  shamol  insonlarning  koʻp 

narsalariga ziyon etkazadi. Ayniqsa Qoʻqon atroflarida, umuman vodiyda juda 

koʻp  shamol  esab  turadi.  Oddiy  xalq  vakillari  shamollarni  esishini 

kuzataverib,qaysi  kuni  kelsa,  qachon  tinishigacha  bashorat  qiladigan  boʻlib 

ketishganidan shunday naqllar yaratishgan: 

Juma kelsa, shanba tinar, Shanba kelsa qachon tinar 

 (Bag‘dod  tumani  Karimbobo  qishlog‘i  vakillaridan  yozib  olingan  ) 

Qishloq  aholisi  asosan  chorvachilik,  dehqonchlik,  bog‘dorchlik  bilan 

shug‘ullanganligi uchun bevaqt kelgan shamolni etkazadigan ziyon-zahmatini 

oʻylab,  havotirga  tushganidan  shunday  naqllarni  oʻylab  topishgan  boʻlishlari 

mumkin.  

Ma’lumki,  uzoq  vaqt  davomida  esgan  kuchli  shamol  natijasida 

koʻtarilgan  chang  toʻzon  odamlarning  tinka-madorini  quritgan. Bungan 

tashqari yoz kunlari bavaqt esgan shamol mevali daraxtlarning hosilini toʻkib 

bog‘bonlarga  ham  katta  zarar  etkazgan.  Shu  bois  xalqimiz  orasida  kuchli 

shamolni toʻxtatish bilan bog‘liq marosim folklori zamirida shamolga muayyan 

xatti-harakat va soʻz  magiyasivositasida  ta’sir  oʻtkazish  mumkin,  degan 

mifologik tasavvur oʻz  aksini  topgan.  Xususan  oʻzbek  folklorida  shamol 



 

460 


homiysi-egasi  sifatida  tasavvur  qilingan  mifologik  obraz-Choymomoga 

bag‘ishlangan qoʻshiqlar koʻp uchraydi. “Choymomo” marosimining oʻtkazilish 

tartibi, unda ijro etiladigan qoʻshiqlar va shunday paytda amal qilingan rasm-

rusumlar toʻg‘risidagi ilk ma’lumot folklorshunos olim A. Divayev tomonidan 

XIX  asrning  oxirida  yozib  olingan.  U  Chimkent  viloyatida  yashovchi 

oʻzbeklarning  donli  ekinlar  pishib  etilgan  paytda  esadigan  kuchli  shamolni 

toʻxtatish  maqsadida  oʻtkaziladigan  marosimini  tavsiflagan  va  marosim 

qoʻshig‘i matning rus tiliga oʻgirilgan  tarjimasini  nashr  ettirgan.  Darhaqiqat 

shamol toʻxtatish marosimining Choymomo kultiga aloqador lokal koʻrinishlari 

janubiy Qozog‘iston hududida istoqomat qiluvchi oʻzbeklar hududida istiqomat 

qiluvchi oʻzbeklar folklorida saqlanib qolgan boʻlib, bu marosimning asosan, 

ikki  xil  tipi  mavjud.Mazkur  marosimning  “nisbatan  qadimiy  tipi”  deb 

tavsiflangan ilk koʻrinishi  Choymomo  marosimining  ayollar  tomonidan 

oʻtkazilishi hamda ijro etiladigan qoʻshiq matnida epiklik va emotsionallikaks 

etib  turishi  bilan  xarakterlansa  marosimning  “transformatsiyaga  uchragan 

koʻrinishi”da  rituallar  faqat  erkaklar  tomonidan  bagariladi  va  “Chuy-chuy 

momo”  qoʻshig‘ining matni shakliy oʻzgarishga  uchraganligi  bilan  farqlanib 

turadi.Chimkent  viloyatining  Sayram  tumanidagi  Qoramurt  qishlog‘ida  bu 

marosim uch kun davomida oʻtkazilgan ya’ni chorshanba kuni boshlanib, juma 

kuni  xudoyi  oshi  pishirib  tarqatish  bilan  nihoyalangan.[3.  38-40-betlar] 

“Choymomo”  marosimi  besh  yoki  yettita  boʻyga  yetgan  qizlar  tomonidan 

oʻtkazilgan.  Ayrimlarning  ta’kidlashicha  toʻrt  ayol  tomonidan  oʻtkazilgan. 

Shuning uchun ham “Chormomo” deb nomlangan. Qizlar boshlariga palak yoki 

soʻzana yopib olgancha yuzlarini berkitib, keksa ayollar boshchiligida qishloq 

koʻchalarini  aylanib  chiqadilar.Ular  chorshanba,  payshanba  va  juma  kunlari 

uyma-uy  yurib,  un  va  bug‘doy  yig‘adilar.Eng  orqada  yuradigan  qiz  kelisop 

koʻtarib oladi uning etagiga bog‘lagan supurgi esa yerda sudralibboraveradi. 

Ular marosim chog‘ida quyidagi qoʻshiqni aytadilar: 



Choymomo oʻtibdi, 

Oʻg‘li yetim qolibdi. 


 

461 


Bosa-bosa beringlar

Bosilib qolsin bu shamol. 

Uga-uga beringlar, 

Ugilib qolsin bu shamol. 

Professor M. Joʻrayevning ta’kidlashicha ushbu marosim oʻtkazilishining 

yana bir koʻrinishi bor.Unda boshiga chodir yopinib olgan kampir boshchilik 

qiladi.U orqasiga qaramasdan qishloq koʻchalarini aylanib yuradi. Kampirning 

orqasidan  boshlari  yopilgan  yetti  nafar  yetim  qiz  ergashib,  “Changmomo” 

qoʻshig‘ini aytadi.Qizlar “shamol keliday tuyilsin , soldek bosilsin, shamolning 

izi supirilsin” uchun kelisopga bog‘lab qoʻyilgan supirgini sudrab yuradilar. 

B.Sarimsoqov  “Choymomo”  marosimining  bir  nechta  koʻrinishlari 

borligini , ularda turli detallar, obrazlar kelishini bir-biriga taqqoslab izohlab 

oʻtadi. Masalan, ushbu marosimda yetti qiz, uch yoki toʻrt kampir obrazlarining 

qatnashishini,  supurgi,  keli  sop,  oʻqlov  singari  detallar  haqida  fikr  yuritadi. 

Shundan  ham  bilish  mumkinki,  “Choymomo”  marosimi  qadimiy 

marosimlardan  biridir.  Uning  qadimiyligini  B.Sarimsoqov  quyidagicha 

ta’riflaydi. 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish