Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 Ildim-jildim ikki yer, 

 Ensasi qotgan neni yer.

 

 Maqoldagi  mazmunni  ifodalaydigan  boʻlsak,  har  narsani  eplab  oʻz 

vaqtida  qiladigan,  harakatchan  kishi  doim  yaxshi  yashaydi,  yegani  oldida 

boʻladi. Ya'ni yig‘ib terib harakat qilsa hayoti doim yaxshi boʻladi deyilyapti. 

Ensasi  qotgan,  mehnat  qilishni  oʻziga  ep  koʻrmaydigan  inson  esa  hamma 

narsadan  quruq  qoladi.  Kishi  halol  mehnat  qilib  harakat  qilsa  u  qanday  ish 

boʻlmasin  ayb  hisoblanmaydi.  Peshona  teri  bilan  halol  topilgan  rizq  ham 

barakali boʻladi.  

Bu  kabi  maqollar  xalq  tajribasi,  ota-bobolarimizning  hayot  saboqlari 

natijasida  har  jihatdan  mukammal  qilib  yaratilganki,  ulardan  nafaqat 

soʻzlashuv jarayonida, balki ertaklarda, afsona-yu rivoyatlarda asar mazmunini 

yanada kengroq ochib berish maqsadida ijrochi tomonidan keng foydalaniladi. 

Bu  holat  ayniqsa  dostonchiligimizda  yaqqol  aks  etgan.  Xususan,  “Alpomish” 

dostonining  deyarli  barcha  variantlarida  maqollar  keltirilgan.  Ergash 

Jumanbulbul  oʻg‘li,  Fozil  Yoʻldosh  oʻg‘li,  Umir  baxshi  Safarov,  Mardonaqul 

Avliyoqul  oʻg‘li,  Abdunazar  Poyonov  va  boshqa  koʻplab  baxshilar  kuylagan 

variantlarda maqollarga duch kelamiz. Xususan, Mardonaqul Avliyoqul  oʻg‘li 

variantida Surxayil mastonning tanlab olgan qirqin qizlari Alpomishni aldab 

Boysarining  urug‘idan  ekanligini,  yoʻliga  qarab  sarson  boʻlganini aytib 

turganda  Alpomish  “Ot  aylanib  qozig‘ini  topar”  maqolini  aytadi  va 

Qalmoqlardan  oʻch  olishini  aytib  Maston  kampirning  yolg‘on  gaplariga 

ishonadi. Bu maqoldan xalqimiz orasida keng foydalanib kelinadi. Alpomish bu 

yerga  bekorga  kelmagani,  oʻz  oldiga  qoʻygan  maqsadiga  erishishi  uning 



 

429 


qat'iyati, mard va jasurligida namoyon boʻladi.  

 Umir baxshi Safarov variantida Alpomish Qalmoqdan kelganidan keyin, 

Boyboʻrining  choʻlda  tuya  boqib  yurganini  koʻrib,  unga  oʻzini  tanitmoqchi 

boʻladi. Lekin otasi sarbonlarga borib aytsa, qaytib kelgani hamma joyga yoyilib 

ketishini oʻylab aytmaydi va quyidagi maqolni keltiradi: “Oʻttiz tishdan chiqqan 

soʻz oʻttiz urug‘ga yoyilib ketadi”. Alpomish kelibdi degan gap yoyilib ketmasin, 

hamma hovliqib qolmasin, nima boʻlsa ham, oʻzimni tanitmay ketayin, vaqtli 

Oybarchinning toʻyining ustiga yetayin, otam ham uch kungacha yaxshi-yomon 

bir qiyinchilikni oʻtkazadi-da, bir koʻrishib ketayin, yoʻlda yoʻlovchiday boʻlib, - 

dedi”  [2.254-bet].  Baxshi  shu  joyda  maqoldan  juda  oʻrinli  foydalangan. 

Alpomishning  aql-zakovatini,  uzoqni  koʻra  bilishini yana bir bor namoyon 

qilgan.  

 “Alpomish”  dostonining  Abdunazar  baxshi  Poyonov  variantida  ham 

maqollardan keng foydalanilgan. Boysaridan yordam soʻrab maktub kelgandan 

keyin Alpomish Qalmoq yurtiga ketmoqchi boʻladi. Otasi Boyboʻri esa bunga 

qarshilik  qilib  Boysarining  oldiga  yubormasligini  aytadi.  Otasining  soʻzini 

eshitib Alpomish: 

 - Ey qiblagohim otajon, Boysari akam ham bir soʻz bilan achchiq ustida 

ketgan edi. Eskidan qolgan gap bor: “Urisha tur-da, ushlasha tur”, deydi, nima 

boʻlganda  ham  sizning  bag‘ringiz,  ichkuyaringiz.  Qalmoqlar  koʻp  taaddi 

oʻtkazibdi. G‘ayri yurtda musofirlik dardi qiynab, oldingi qilmishiga afsus qilib, 

xabar yuboribdi. Ruxsat bersangiz, holidan bir xabar olib kelsam [1.19-bet] – 

deb otasiga aytadi. Bu yerda Abdunazar baxshi “Urisha tur-da, ushlasha tur” 

maqolini  juda  oʻrinli  qoʻllagan.  Inson  yaqinlaridan  gina  qilmaydi.  Aksincha, 

ularga toʻg‘ri yoʻl koʻrsatib,  yordam  berishga  harakat  qiladi.  Alpomish  ham 

otasiga shu mazmunda gapiryapti. Har ne boʻlganda ham uning ukasi, ichkuyari 

ekanligini  aytyapti.  Dostondan  nafaqat  ma'naviy  zavq,  balki  yuksak  tarbiya 

ham olish mumkin. 

Yana bir oʻrinda  ham  xalqimiz  ichida  juda  mashhur  maqoldan 

foydalanilgan.  Alpomish  Qalmoq  yurtiga  Barchinni  olib  kelish  uchun 



 

430 


ketayotganda yoʻlda tamaddi qilish uchun Qayqubod va Shodiyor degan ikkita 

choʻpondan joy soʻraydi. Alqissa, choʻponlar yugurib, xezlab, shirin soʻzlab: 

- Tushing, - deb girdikapalak boʻlib, mehmonni tushirib, vaqtini xushlab, 

otini  ushlab,  kapaga  boshlab,  koʻrishib-soʻrashib,  choʻponlar  Alpomishga 

qarashib,  qaddi-qomatidan,  kuch-qudratidan,  chaqnab  turgan  olov  koʻzidan 

yuragi holsirab, oʻpkasi tushib, “bu bir qonxoʻr jangchiga oʻxshaydi”, deyishib:  

- Bunga bir jonliq mol soʻymasak boʻlmas, “Mehmon otangdan ulug‘”, - 

deydi,  -  deb  bir  qoʻyni soʻyib,  pishirib,  oldiga  qoʻyib,  topgan-tutganini 

dasturxonga  toʻkib,  siylayverdi,  Alpomish  qoʻyning goʻshtini  yutib,  suyagini 

purkab yuboraverdi [2.127-bet].

 

Bu yerda ham maqol juda oʻrinli qoʻllanilgan. Bizning xalqimiz qadim-



qadimdan mehmondoʻst boʻlgan. Oʻzi yemasa ham mehmonning oldiga borini 

toʻkib sochgan. Shuning uchun ham mehmonga nisbatan ushbu maqol qoʻllanib 

kelinadi.  Dostonda  baxshi  juda  koʻplab  oʻrinlarda  yuqoridagi  kabi  xalqimiz 

orasida  mashhur  boʻlgan  maqollardan  foydalangan  va  bu  dostonning 

badiiyatini yanada oshirgan. 

Xulosa  sifatida aytish mumkinki, maqollar turmush tajribalari asosida 

tug‘iladi va chuqur ma’no ifodalaydi. Maqollar hayotimizga shunchalik singib 

ketganki, baxshi doston aytayotganda beixtiyor maqollardan foydalanadi. Bu 

esa  dostonlarimizning  mazmunan  ta'sirchanligini  yanada  oshirishga  xizmat 

qiladi.  

Yuqorida  keltirilgan  maqollar  ma'no  jihatdan  barchamizga  tushunarli 

boʻlib,  turli  xil  mavzuda  aytilgan.  E'tibor  beradigan  boʻlsak,  maqollardagi 

badiiyat ularning yaratilishi ustida xalqimizning qanchalik ijodkor boʻlganligi, 

saviyasi qay darajada yuqori ekanligidan darak beradi. Mukammal boʻlmagan 

san'at asari vaqt oʻtishi bilan yoʻqolib ketaveradi. Xalqimiz yaratgan maqollar 

esa  shunchalik  mukammalki,  hajman  kichkina  boʻlsa ham oʻzida  olam-olam 

ma'no  ifodalab,  oradan  asrlar  oʻtsa-da  oʻz  ahamiyatini  yoʻqotmay,  bugungi 

kunda  xam  beqiyos  qimmati  va  tarbiyaviy  jihatlari  bilan  ota-bobolarimiz 

tajribasidan  bizga  saboq  berib,  shu  bilan  birga,  xalqimiz  ma'naviy 



 

431 


dunyoqarashini kengaytirib, fikrlash darajasiga ijobiy ta'sir qilgan holda nutqiy 

goʻzalligini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.  

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish