Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Tub  burilishning  amalga  oshirilishi.  Stalingrad  va  Kursk  janglarining



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Tub  burilishning  amalga  oshirilishi.  Stalingrad  va  Kursk  janglarining 
tarixiy  ahamiyati.  Stalingard  va  Kavkazning  qahramonlarcha  mudofaasida  Qizil 
Armiyaning  muvaffaqiyat  qozonishida  yuqoridagi  kabi  omillar  juda  muhim  rol 
o’ynagan  edi.  Sovet  qo’mondonligining  rejasi  bo’yicha  dastavval  Stalingrad 
ostonasida  “Uran”  operatsiyasi,  undan  keyin  Don  daryosi  o’rta  oqimi  rayonidagi 
hujum  –  “Saturn”  opersiyasi,  va  nihoyat  Markaziy  frontda  “Mars”  operatsiyasi 
boshlanishi kerak edi. 
1942-  yil  19-  noyabrda  Stalingard  ostonalarida  sovet  qo’shinlarining 
nemislarga  qarshi  hujumga  o’tadi.  Ushbu  jang  ikkinchi  jahon  urushida  tub 
burilishning  debochasi  bo’lib  qoladi.  Janubi-G’arbiy,  Stalingrad,  Don  frontlari 
kuchlari  hamda  ko’p  miqdordagi  tanklar,  artilleriya  va  aviatsiya  yordami  bilan 
nemis-fashistlarning 330  ming  kishilik  harbiy  kuchlar  guruxi o’rab olinadi  va  tor-
mor  qilinadi.  1943-  yil  2-  fevralda  o’rab  olingan  gruppirovkaning  tirik  qolgan 
harbiylari  taslim  bo’ladilar.  Feldmarshal  Paulyus  boshchiligidagi  24  ta  general  va 
ularning  jamoasi  asirga  tushadilar.  Germaniyada  esa  uch  kunlik  motam  e’lon 
qilinadi. 
Stalingard  ostonasida  janglar  qizg’in  bo’lib  o’tayotgan  bir  vaqtda  sovet 
qo’shinlari O’rta Don rayonida dushmanlarga qarshi hujumlarni boshlashga o’tadi. 
Ular 
Stalingradga 
hujum 
uyushtirishga 
tayyorlanayotgan 
nemis-fashist 
bosqinchilarining  guruxiga  qaqshatqich  zarba  beradilar.  Yutuqlardan  ruhlangan 
sovet armiyasi, Markaziy frontda va janubi-G’arbiy hamda G’arbiy yo’nalishlarda 
ham janglarni kengaytirib yuboradi. Ular Kavkaz, Donbassning bir qancha qismini, 
Rossiyaning  markaziy  rayonalarini  ozod  qilib,  Leningrad  blokadasini  yorib 
o’tadilar.  Natijada  Sovet  Armiyasi  tomonidan  1942–1943-yillar  qishki  janglar 
mavsumida  dushmanning  100  dan  ortiq  diviziyalarini  yakson  qildilar.  Fashistik 
blok 1700  ming ga yaqin soldat va ofitserlaridan, 24 ming qurol-aslaha, 3500 dan 
ko’proq  tank,  4300  samolyotlaridan  judo  bo’ldilar.  Germaniyaning  Stalingrad 


179 
ostonasidagi  texnika  bo’yicha  yo’qotishi  bo’lib  o’tgan  butun  sovet-german  fronti 
janglari davridagi yo’qotishlar bilan teng keldi. 
Germaniyaning  ittifoqchilari:  Italiya,  Vengriya,  Ruminiya  davlatlari  ham 
juda katta talafotlar ko’rishdi. Stalingrad ostonsidagi va Donda bo’lib o’tgan sovet-
german janglarida 8-italyan armiyasi, 2-  vengr armiyasi, 4  va 5- rumin armiyalari 
yakson qilib tashlanadi.  
Stalingrad ostonalarida nemis-fashist qo’shinlarining tor-mor qilinishi. 1942-
yilning  noyabr  oyi  boshlarida  frontning  Stalingrad  yo’nalishida  quyidagicha  holat 
mavjud edi. 
Janubi-G’arbiy  front  Don  daryosining  chap  qirg’oqlarini  mudofaa  qilardi. 
Mamondan  Kletskgacha.  Frontning  asosiy  kuchlari  Serafimovichning  janubi-
G’arbiy va G’arbiy rayonlari platsdarmlarida to’plangan edi. 
Donning  o’ng qirg’og’ida  Kletsk, Novo-Grigorevsk,  Sirotinsk  platsdarmlari 
bilan bilan birgalikda - Don fronti Kletskdan Yerzovkacha. 
62,  64-armiya  kuchlari  bilan  birgalikda  Stalingrad  fronti  qo’shinlari 
Stalingrad shahrini, qolgan kuchlar bilan esa Volganing g’arbi va uning quyi oqimi 
– Stalingraddan to Astraxangcha bo’lgan qismini takil etardi. 
Stalingrad  ostonalaridagi  jang  Sovet  Qurolli  Kuchlari  va  butun  sovet 
xalqining  buyuk  g’alabasi  bilan  yakunlandi.  Bu  g’alaba  Sovet  hukumatining 
yengilmas  kuch-qudratini,  butun  sovet  xalqining  temirdek  irodasini,  mardligi 
hamda  sovet  harbiy  san’atining  fashist  Germaniyasi  harbiy  san’atidan  ustunligini 
butun jahon oldida namoyish qildi.  
Stalingrad  jangini  butun  sovet  xalqi  yutib  chiqdi.  Sovet  xalqi  Stalingradga 
o’zining  eng  yaxshi  o’g’il  va  qizlarini  jo’natdi.  Ishchilar,  kolxozchilar  o’zining 
harbiy kuchlariga dushman ustidan g’alaba qilish uchun o’zlarida borini keragicha 
berdilar. 
Stalingrad  jangi  nafaqat  Ulug’  Vatan  urushi  tarixiga,  balki  butun  jahon 
tarixiga  ham  zarhal  harflar  bilan  kirdi.  Stalingrad  ostonalarida  Sovet  armiyasi 
nemis-fashist bosqinchilari ustidan misli ko’rilmagan g’alabaga erishdilar. Birgina 
1942-yilning 19-noyabridan – 2-fevraligacha bo’lgan sovet jangchilarining nemis-


180 
fashistlarga bo’lgan janglarida beshta dushman armiyasi tor-mor qilindi. Dushman 
32  ta  diviziya  va  uchta  brigada  butunlay  yo’q  qilib  yuboriladi.  Dushman  bu 
janglarda  harbiy  qo’shindan  tashqari,  juda  katta  sondagi  texnikasidan  mahrum 
bo’ladi. 
Stalingrad  jangidan  keyin  Sovet  Armiyasi  frontda  strategik  tashabbusni 
qo’lga  oladi  va  bu  tashabbusni  dushman  to’la  tor-mor  bo’lgunicha  ham  o’z 
qo’llaridan  bermaydilar.  Stalingraddan  keyin  Sovet  Armiyasi  Leningraddan  to 
Kavkaz tog’ oldilarigacha juda ulkan frontda shiddatli hujumga o’tadi, dushmanni 
ommaviy ravishda Sovet mamlakatidan quvib chiqarish boshlanadi. 
Stalingrad ostidagi nemis armiyasining halokati Germaniyaning ittifoqchilari 
orasida  obro’sini  tushiribgina  qolmay,  balki  fashistik  blokka  birinchi  darzlardan 
edi.  
Stalingrad  ostonasida  Ruminiya  va  Italiya  armiyalarining  yakson  qilinishi 
ushbu  davlat  ichki  siyosatiga  ham  o’z  ta’srini  ko’rsatdi.  Italiya  qo’shinlarining 
mag’lubiyati  mamlakat  ichidagi  ziddiyatlar  asos  bo’ladi  va  uning  Germaniya 
tomonida  turib  olib  borayotgan  urushdan  chiqib  ketishini  tezlashtirib  yubordi. 
Ruminiyada ham xuddi shunday holat edi.  
Stalingard  ostonasidagi  jang  va  undan  keyin  bo’lgan  janglardagi  Qizil 
Armiyaning  g’alabalari  xalqaro  siyosiy  ahvolga  juda  katta  ta’sir  o’tkazadi.  Bu 
g’alabalar  fashist Germaniyasining  vaqtinchalik bo’lgan  harbiy  ustunligini  yo’qqa 
chiqarib, uning bundan buyog’iga hech qanday g’alaba to’g’rsida so’z ham bo’lishi 
mumkin  emasligini  ko’rsatib  qo’yadiki,  Italiya  va  boshqa  fashistik  bloklarning 
davlat rahbarlari Germaniyaning bu urushda muqarrar mag’lub bo’lishini tushunib 
yetadilar.  Germaniya  bilan  aloqalarini  uzishga  va  urushdan  chiqib  ketishga 
tarafdorlar paydo bo’la boshlaydi. 
Stalingard  ostonasidagi  nemis  qo’shinlarining  tor-mor  bo’lishining  harbiy 
ahamiyatlari nimalardan iborat edi? 
Birinchidan,  bu  sovet  harbiy  san’atining  katta  yutug’i  va  urushda  tub 
burilishning boshlanishi edi.  


181 
Ikkinchidan,  ushbu  g’alaba Yaponiya  va  Turkiya davlatlarining  SSSR bilan 
aloqalari “neytral” bo’lishiga majbur qiladi. 
Uchinchidan,  Stalingard  jangidagi  g’alaba  fashistik  blokning  inqrozga 
uchrashini tezlashtiradi, nemis armiyasining ruhiy holatini keskin tushirib yubordi. 
To’rtinchidan,  nemis-fashist  bosqinchilariga  qarshi  kuchlar  harakatining 
yanada  tezlashishiga  juda  qulay  sharoit  yaratiladi.  Sovet  Ittifoqida  tuzilgan 
Yevropa  davlatlari  harbiy  tuzilmalarining  soni  urush  oxiriga  kelib  550  mingdan 
oshib ketdi. 
Stalingard  jangidan  keyin  Sovet  Ittifoqining  dunyoda  mavqei  ham  keskin 
ko’tarilib  ketadi.  Bosqinchilar  ustidan  g’alaba  nishonlanayotganda  Buyuk 
Britaniya  qiroli  Georg  VI  Stalingard  fuqarolariga  faxriy  qilich  yuboradi,  AQSH 
prezidenti Ruzvelt esa faxriy yorliq jo’natadi. Unda sovet jangchilarining mardligi 
va  jasorati  alohida  ta’kidlanadi.  “Ularning  shavkatli  g’alabasi,  deydi  Ruzvelt  – 
agressiya kuchlariga qarshi urushning tubdan o’zgarishiga va bu kuchlar oqimining 
harakatgiga juda qaqshatqich zarba bo’ldi”. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish