Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Tub  burilishdan  so’ng  fashizmga  qarshi  koalitsiya  davlatlarining



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Tub  burilishdan  so’ng  fashizmga  qarshi  koalitsiya  davlatlarining 
hamkorligi.  Amerika  Qo’shma  Shtatlari  urushga  kirishi  bilanoq,  tezlik  bilan 
o’zining ulkan iqtisodiy salohiyatini, imkoniyatlarini gullab-yashnatishga kirishadi. 
AQSh  hududida  garchi  harbiy  harakatlar  olib  borilmasa-da,  Amerika  Qo’shma 
Shtati  shaharlari  havodan  bombardimon  qilinmas  va  hech  qanday  aholi  soni 
jihatidan  talafot  ko’rmagan  edi.  AQSh  juda  katta  xom-ashyo  va  oziq-ovqat, 
energetik  resurslar,  ishlab  chiqarish  kuchlari  zaxiralari,  eng  malakali  ishchi  va 
muhandis kadrlarga ega davlat edi. AQSh hukumati harbiy ishlab chiqarishga juda 
katta mablag’lar ajratadi.  
Shunday  qilib,  AQSh  urushga  ishtirok  etgani  holda,  urushning  birinchi 
oylaridayoq, harbiy buyurtmalarni 6 barabarga orttiradi va bunga 100 mlrd. dollar 
sarflaydi.  Davlatning  eng  asosiy  e’tiborini  kemalar,  samolyotlar  va  tanklar 
qurishga  qaratadi.  Yaponiyaning  avianosetslarini  sindirish  maqsadida  AQSh 


185 
birvarakayiga  28  ta  turli  turdagi  yangi  avianosetslarni  qurishga  kirishadi.  Xudda 
shu paytda Yaponiya faqat 6 tagina qurdirayotgan edi, xolos. Harbiy kemalar bilan 
bir qatorda ommaviy ravishda transport kemalari, ayniqsa arzon narxdagi “Liberti” 
kemalari ham ishlab chiqarila boshlandi.  
AQShning  jahondagi  eng  yirik  avtomobil  ishlab  chiqarish  sanoati  zudlik 
bilan  tank  va  samolyotlar  ishlab  chiqaradigan  qilib  qaytadan  jihozlanadi.  Alohida 
e’tiborni  bombardimonchi  aviatsiyaga  qaratgan  bo’lib,  dunyodagi  eng  yirik  4  ta 
motorli  bombardimonchi  (“Letayuchaya  krepost”)  samolyot  qurilib,  harbiy 
ishlarga jalb qilingan edi. 1942-yilning o’zi davomida AQSh sanoati 32 ming dona 
tank, 49 ming dona jangovor samolyotlar ishlab chiqarib, dunyoda birinchi o’ringa 
chiqib  oladi.  Samolyot  va  kemlar  eng  yangi  radiolakatorlar  va  boshqa  asboblar 
bilan jihozlangan edi. 
1942-yilning  yozida  Cherchill  va  Ruzvelt  o’zaro  uchrashganlarida 
Amerikada  atom  bombasini  ishlab  chiqarishga  tayyorgarlik  ishlarini  boshlab 
yuborishga  qaror  qiladilar.  “Manxetten  proekti”  deb  nomlangan  o’ta  maxfiy 
tashkilotga  general  Grovs  boshliq  etib,  ilmiy  rahbar  qilib  esa  atoqli  fizik 
R.Oppengeymer  tayinlanadi.  “Manxetten  proekti”  da  150  mingdan  ziyod  olimlar, 
muhandislar,  texnik  xodim  va  ishchilar  faoliyat  ko’rsatadilar.  Bu  ishlar  AQSh 
hukumati  2  mlrd.dollar  sarf  qiladi.  AQShning  bu  proektga  qilgan  xarajati 
Germaniyaning “uran proekti”ga sarflaganidan 200 baravar ortiqroq edi.  
 1942-yilda italiyalik fizik Ye.Fermi AQSHga muhojir bo’lib keladi. Ital’yan 
fizik  olimi  birinchilardan  bo’lib  zanjir  reaksiyasini  yadro  reaktorida  ishlatib 
ko’radi. Shuning bilan atom bombasini yaratish uchun yo’l ochiladi. 
Uni  tayyorlash  uchun  amerikaliklar  ulkan  zavodlar  qurishadi.  Bu  zavodlar 
Ok-Ridj  va  Xenford  degan  maxfiylashtirilgan  shaharlarda  joylashgan  edi. 
Maxfiylik  shu  darajada  ediki,  hatto  AQShning  vitse-prezidenti  va  davlat  kotibi 
ham uzoq vaqt mobaynida yadro bombasi ustida olib borilayotgan ishlar to’g’risida 
xabar topmagan edilar. 
Buyuk  Britaniyaning  ham  harbiy  iqtisodiyoti  ham  1942–1943-yillar 
davomida  ulkan  zafarlarga  erishadi.  Lekin  barcha  ko’rsatkichlar  bo’yicha  AQSh 


186 
dan  keyingi  o’rinda  turadi.  Bir  qator  koloniyalarida  Birma  va  Malayini  boy 
berishlariga natijasida yuzaga kelgan keskin tarzdagi oziq-ovqat va hom ashyoning 
yetishmovchiligiga  qaramasdan,  ingliz  sanoati  harbiy  kuchlarni  oziq-ovqat,  tank, 
samolyotlar yetkazib berish bo’yicha Germaniyadan o’zib ketgan edi.  
1942-yilning  kuzigacha  SSSR,  AQSh  va  Buyuk  Britaniya  birgalikda  qurol 
va  minomyotlar  ishlab  chiqarish  bo’yicha  –  5  marotaba  ko’p,  samolyot  ishlab 
chiqarish  bo’yicha  –  3  marta,  tank  ishlab  chiqarish  bo’yicha  -  10  marotaba  ko’p 
Germaniya,  Italiya  va  Yaponiyalarning  birgalikdagi  ishlab  chiqarganlaridan  ko’p 
ishlab chiqarilgan. SSSR,  AQSh  va  Buyuk Britaniya  harbiy kuchlarining soni esa 
fashistik blokning kuchlaridan 1,5 baravarga ortiq kupaydi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish