Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Shimoliy Afrikadagi harbiy harakatlar



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Shimoliy Afrikadagi harbiy harakatlar. Angliya va AQSh davlati o’zining 
eng  birinchi  navbatdagi  vazifalaridan  biri  –  bu  Shimoliy  Afrikani  bosib  olishdan 
iborat  edi.  Ingliz-amerika  qo’mondonligi  birvarakayiga  ikkita  opersiyani  – 
Shimoliy  Afrikaning  sharqiy  va  G’arbiy  qismini  bosib  olish  tayyorgarligini 
boshlab  yuboradi.  Sharqda  Misrdagi  Rommelning  italyan-nemis  gruppirovkasiga 
qarshi,  G’arbga  esa  –  Aljir  va  Marokashdagidagi  fransuz  yerlariga  ingliz-amerika 
qo’shinlarini tushirish rejalashtirilgan edi. (“Fakel” operatsiyasi). 
Agressor  davlatlar  ustidan  bunday  ustunlik  albatta,  ikkinchi  jahon  urushi 
sahnalarida  o’z  kuchini  ko’rsatmay  qo’ymas  edi.  Ayniqsa,  bu  narsa  1942-  yil  23-
oktyabrda Stalingrad ostidagi janglarning qizg’in pallasida general B. Montgomeri 
qo’mondonligidagi  8-  ingliz  armiyasi  El-Alameyn  rayonida  nemis-fashistlarning 
Rommel korpusidan juda katta ustunlikka ega bo’lgani holda, g’alaba qozonganida 
edi.  Yuqoridagi  aytib  o’tgan  ustunlik  yaqqol  buni  isbotlaydi.  Italyan-nemis 
qo’shinlari  Misrdan  Liviya  tomonga  chekinadi.  Ayni  shu  paytda  Shimoliy 
Afrikaning  boshqa  tomonidagi  Marokash  va  Jazoir  portlariga  (Vishi  davlatining 
mustamlaka  yerlari)  general  D.  Eyzenxauer  qo’mondonligidagi  ingliz-amerika 
ittifoqchi flotini tushiradi. 
Afrikadagi  fransuz  kolonial  armiyasi  va  ma’muriyati  rahbarlari  ingliz-
ameirka agentlari bilan  maxfiy aloqada bo’lishgani  uchun  urushdagi vaziyat qaysi 
tomonida  ekanligi  sezib,  qisqa  davom  etgan  qarshiliklardan  so’ng  ittifoqchilar 


187 
tomonga  o’tadilar.  Shimoliy  Afrika  va  G’arbiy  Afrikadagi  fransz  ma’muriyatini 
boshqarayotgan  general  Jiro  ittifoqchilar  bilan  osongina  til  topishdi.  Vishi  davlati 
mustamlaka  ma’muriyatini  ingliz-amerika  qo’mondonligi  ostida  Jazoir  va 
Marokashni  boshqarar  edi.  Shunday  qilib,  urush  davrida  birinchi  marta  fashistik 
blok a’zolaridan biri hokimiyatni saqlash ilinjida ittifoqchilar tomoniga o’tdi. 
Jazoir  va  Marokash  ittifoqchilarning  qo’shinlari  tushirilishi  haqida  bilgan 
Gitler, ingliz-amerika desantchilariga kelgusidagi yurishlariga xalaqit qilish uchun, 
zudlik  bilan  nemis  qo’shinlarini  Tunisga  tashlashni  buyuradi.  Shuning  bilan  bir 
vaqtda  u  Fransiyaning  janubiy  qismini  bosib  olish,  Vishi  davlatini  saqlab  qolish, 
ammo  “vaqtinchalik  yarash  armiyasi”ni  qurolsizlantiish  va  fransuz  flotini  bosib 
olish to’g’risida buyruq beradi. 1942- yil 11- noyabrda nemis va italyan qo’shinlari 
hech  qanday  qarshiliksiz  janubiy  zonaga  kirib  boradilar  va  “vaqtinchalik  yarash 
armiyasi”ni  qurolsizlantiradi.  Biroq,  Tulon  portidagi  fransuz  flotini  bosib 
ololmaydi.  Nemis  qo’shinlari  Tulonga  kirib  kelgan  paytda,  fransuz  dengizchilari 
o’z kemalarini cho’ktirib yuboradilar. 
Shu  voqealardan  keyin  Shimoliy  Afrikadagi  harbiy  harakatlar  ikki 
yo’nalishda  davom  etadi:  sharqdan,  general  Montgomeri  qo’mondonligidagi  8-
armiya Liviya orqali Tunisni bosib oladi,  G’arbdan esa general Jiro qo’mondonlik 
qilgan mustamlaka armiyasi bilan qo’shilib ketgan general Eyzenxauer qo’shinlari 
harakat  qilardi.  1942-yilning  dekabrida  dushmanni  Tunisga  siqib  chiqarib,  ular 
noqulay  ob-havo  tufayli  janglarni  to’xtatadilar.  Bu  esa  Germaniya  uchun  sovet-
german  frontiga  qo’shimcha  ravishda  27  ta  diviziya,  shundan  5  tasi  tank 
diviziyasini  tashlashga  imkon  yaratib  beradi.  1943-  yil  mart  oyining  ikkinchi 
yarmidagina  Tunisda  ittifoqchilarning  hujumlari  yangilanadi.  1943-  yil  13-mayda 
Tunisning  eng  shimoli-sharqiy  chekkasi  bo’lgan  Bon  yarim  oroliga  siqib  olib 
kelingan italyan-nemis qo’shinlari taslim bo’ladilar. 
Ittifoqchilar  qo’liga  240  ming  harbiylar  asirga  tushadi.  Italyan-nemis 
qo’shinlarining Tunisdagi umumiy talafoti 300 ming ofitser soldatdan ortib ketadi. 
Ingliz  va  amrerika  tarixshunosligida,  Shimoliy  Afrikadagi  ittifoqchilarning 
bu  harakatlari  ikkinchi  frontning  ochilishi  bilan  bir  xil  degan  tasdiqlar  uchrab 


188 
turadi. Biroq bu  fikrni tasdiqlab bo’lmaydi. Lekin, Sovet  hukumati,  ikkinchi  front 
deb  e’lon  qilish  uchun  harbiy  operatsiyalarda  fashist  Germaniyasining  hech 
bo’lmaganda  30–40  ta  diviziyasini  jalb  qilingan  holdagina  sanash  mumkin  deb 
hisoblashini  aytadi.  Afrikadagi  1942–1943-yillardagi  harbiy  harakatlarda  17 
italyan  va  nemis  diviziyalari  qatnashgan  bo’lsa,  xuddi  shu  paytda  sovet-german 
frontida  Germaniya  va  uning  ittifoqchilarining  262  ta  diviziyasi  qatnashgan. 
Cherchillning  o’zi  I.  V.  Stalinga  Shimoliy  Afrikadagi  ahvol  to’g’risida  xabar 
berayotganida,  “Bu  opersiyalarning  o’lchami  Siz  boshqarayotgan  ulkan 
operatsiyalar  bilan  taqqoslaganda  unchalik  katta  emas”  deb  aytadi.  Afrikadagi 
harbiy  harakatlar sovet-german  urushi  markazidagi  voqealar teng kela olmaydi  va 
uning bilan fashizm ustidan g’alabada hal qiluvchi natijalarga kelib bo’lmaydi. 
Shimoliy  Afrikaning  egallash  ittifoqchilarning  yirik  muvaffaqiyati  xolos, 
hali bu bilan ikkinchi front ochildi degani emas. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish