Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


ENG YANGI DAVRDA XALQARO MUNOSABATLAR VA



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

ENG YANGI DAVRDA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. Birinchi jahon urushi yakunlari va Versal shartnomasi.  
2. Vashinton konferensiyasi. 
3. “To’qqiz davlat shartnomasi”ning vujudga kelishi va Xitoy. 
 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Parij  tinchlik  konferensiyasi.  “Oshkora 
diplomatiya”.  Versal  shartnomasi.  Millatlar  ligasi.  Vashinton  konferensiyasi. 
Dayren  konferensiyasi.  To’rtlar  bitimi.  Beshlar  bitimi.  To’qqizlar  bitimi.  “Ochiq 
eshiklar” siyosati. 
 
Birinchi  jahon  urushi  yakunlari  va  Versal  shartnomasi.  Birinchi  jahon 
urushidan  so’ng  dunyoda  yuzaga  kelgan  kuchlar  nisbati  urushning  oxirida 
shakllangan xalqaro munosabatlar tizimining ziddiyatlarini aks ettirardi. 
Buyuk  davlatlar  qatorida  jiddiy  siljishlar  ro’y  berdi.  Bir  tomondan,  jahon 
darajasidagi  buyuk  davlat  –  Germaniyaning  tor-mor  etilishi  bo’lsa,  ikkinchi 
tomondan,  dunyoda  yetakchilik  qilishga  faol  da’vogar  sifatida  AQShning  xalqaro 
maydonga  chiqishi  shunday  siljishlarning  eng  sezilarlisi  edi.  Buyuk  Britaniya, 
Fransiya  va  Yaponiya  bilan  bo’lgan  raqobatda  g’olib  chiqish  uchun  AQSh 
umumjahon kreditori mavqeidan foydalanishga intildi. 
Buyuk  Britaniya  urushdan  so’ng  buyuk  davlat  maqomini  saqlab  qoldi, 
garchand  AQSh  tomonidan  ikkinchi  o’ringa  surib  chiqarilayotgan  bo’lsa  ham. 
Germaniya  endi  uning  dengizdagi  va  jahon  bozorlaridagi  raqibi  emasdi.  Yaqin 
Sharqda  Angliya  Usmoniylar  imperiyasi  “merosi”ning  talaygina  qismini  nazorat 
qilardi. 
Fransiyaning  mavqei  ham  yetarlicha  kuchli  edi.  Bosh  vazir  Klemanso 
deyarli  ikki  millionlik  armiyaga  tayanardi.  Ushbu  armiyani  marshal  Fosh 
demobilizatsiya 
qilishga 
shoshilmasdi. 
Fransiya 
xavfsizligini 
ta’minlash 
zaruriyatini  pesh  qilib,  Klemanso  diplomatiyasi  Germaniyani  revansh  olish 


152 
imkoniyatidan  mahrum  qilishni  va  Yevropada  Fransiyaning  ustuvorligini 
o’raatishni  ko’zlagandi.  Italiya,  Yaponiya  va  boshqa  mamlakatlar  ham  o’z 
manfaatlariga  ega  edi.  Garchand  dastlabkilari  “buyuk  davlatlar”  qatoriga  kirgan 
bo’lsa ham, ularning ta’siri katta emasdi va faqatgina lokal masalalarni hal etishda 
sezilardi. 
Urushdan  keyingi  xalqaro  munosabatlarning  tizimi  asosan,  Parij  tinchlik 
konferensiyasi  (18-  yanvar,  1919-  y.  –  28-  iyun,  1919-y.)  va  Vashington 
konferensiyasi (12- noyabr, 1921- y. – 6- fevral, 1922- y.) qarorlariga suyanardi. 
Parij  konferensiyasining  ishida  27  ta  mamlakat  vakillari  ishtrok  etdi. 
Konferensiya  “oshkora  diplomatiya”  misoli  deb  e’lon  qilinardi.  Parijga  mingdan 
ortiq delegatlar yetib keldi, faqatgina Germaniya va Sovet Rossiyasi vakillari yo’q 
edi, xolos. 
Konferensiyani  tayyorlash  va  uning  boshlanish  davrida  AQSh  prezidenti 
V.Vilssoning  “14  bandi”  haqida  ko’p  gapirilardi.  “Yashirin  diplomatiya”dan  voz 
kechish  va  “adolatli  tinchlik”ni  o’rnatish  to’g’risidagi  bayonatlarga  qaramay, 
konferensiyaning  asosiy  qarorlari  buyuk  davlatlarning,  birinchi  galda  Buyuk 
Britaniya,  AQSh  va  Fransiyaning  oshkor  etilmagan  murosaga  kelishlari  natijasi 
sifatida namoyon bo’ldi. 
Xalqaro  tashkilot  haqidagi  masala  muhokama  birinchilar  qatorida  qilindi. 
Millatlar  Ligasini  barpo  etish  to’g’risidagi  rezolyusiya  qabul  qilindi.  Shunday 
tashkilotning  zarurligi  to’g’risidagi  masala  Birinchi  jahon  urushidan  oldin  ham 
qo’yilgan  edi.  Urush  davrida  esa  uning  loyihalarini  ishlab  chiqish  bilan  turli 
guruhlar va hatto Angliya, AQSh va Fransiyada hukumat darajasidagi komissiyalar 
shug’ullanardi.  Millatlar  Ligasini  barpo  etish  loyihasini  AQSh  prezidenti  Vudro 
Vilson ham o’zi bilan birga Parijga olib keldi. 
Parij  konferensiyasi  Millatlar  Ligasining  Nizomini  tayyorlash  maqsadida 
Vilson  boshchiligida  maxsus  komissiyani  tashkil  etdi.  Ushbu  hujjat  negizida 
inglizlar va amerikaliklarning qo’shma loyihasi yotardi. 
1919-  yil  13-  fevralga  kelib  Millatlar  Ligasining  Nizomi  tayyor  bo’ldi  va 
ertasi  kuni  Vilson  tomonidan  konferensiyaga  taqdim  etildi.  Nizom  26  ta  banddan 


153 
iborat  bo’lib,  unda  Liga  a’zolarining  vazifalari  va  majburiyatlari,  tashkilotning 
ishlash  tamoyillari,  tuzilishi  belgilab  berildi.  Liganing  bosh  tashkilotlari  umumiy 
yig’in – Assambleya va Kengash edi. Qarorlar bir ovozdan qabul qilinardi. 
Liga a’zolari xalqaro munosabatlarni to’la oshkoralikda tutib turish, xalqaro 
huquq  mezonlariga  amal  qilish,  tashkilotga  kirgan  barcha  a’zolarning  hududiy 
yaxlitligini  va  mavjud  siyosiy  mustaqilligini  hurmat  qilish  va  saqlash 
majburiyatlarini oldi. 
Mustamlakachilikni  saqlab  qolish  ko’zda  tutilgandi.  Uni  niqoblash 
maqsadida mandat tizimi barpo etildi. 
Urushdan  keyingi  vaziyatni  tartibga  solishga  oid  ko’plab  masalalar 
muhokama qilindi. Lekin, baribir asosiy masala – Germaniyaning taqdiri  masalasi 
edi.  Ushbu  mamlakat  vakillari  Parijga  faqatgina  tinchlik  shartnomasini  imzolash 
uchun chaqirtirildi. 
1919-  yil 28-  iyunda Versal saroyida Germaniya  vakillari  urushdan keyingi 
tinchlik  tartiblarini  o’rnatishga  doir  asosiy  hujjatni  –  Tinchlik  shartnomasini 
imzolashdi.  Keyinchalik  Germaniyaning  ittifoqchilari  –  Bolgariya,  Turkiya  va 
Avstro-Vengriya  tarqalib  ketganligi  sababli  Avstriya  va  Vengriya  bilan  alohida-
alohida  tinchlik  shartnomalari  imzolandi.  Har  bir  shartnoma  Millatlar  Ligasining 
Nizomi bilan boshlanardi. Germaniya mustamlakalarini bo’lib olish (vasiylik nomi 
bilan  ma’lum bo’lgan) “o’zlarini o’zi boshqarishga qodir emas” xalqlarga  yordam 
berishga qaratilgan “sivilizatsiyaning muqaddas missiyasi” sifatida e’lon qilinardi. 
Umuman  olganda,  Versal  shartnomasiga  ko’ra,  Germaniya  o’z  hududining 
katta  qismini  yo’qotdi.  Germaniya  Pol’sha,  Chexoslavakiya,  Lyuksemburgning 
mustaqilligini  tan  oldi,  Avstriyaning  mustaqiiligini  “qat’iy  hurmat”  qilish 
majburiyatini ham oldi. Reyn daryosining chap sohili bo’ylab 50 km ichkarisidagi 
Germaniyaning  hududi  harbiy  harakatlardan  holi  hududga aylantirildi. Germaniya 
mustamlakalari  Fransiya,  Yaponiya,  Belgiya,  Portugaliya,  Buyuk  Britaniya  va 
uning dominionlari o’rtasida bo’lib (mandatlar shaklida) olindi. 
Versal  shartnomasida  Germaniyaning  qurolsizlashtirilishi  ham  ko’zda 
tutilgan  edi.  Bundan  tashqari,  Germaniya  jahon  urushining  boshlanishi  va  u 


154 
yetkazgan  zarar  uchun  aybdor,  deb  e’lon  qilindi.  Shu  tariqa  ittifoqchilar  ko’rgan 
“barcha talofat va zararlar” ni qoplash yo’lida Germaniyada reparatsion to’lovlarni 
olish  uchun  huquqiy  asos  yaratildi.  Germaniyaning  shartnomani  to’la  bajarishini 
ta’minlovchi kafolat sifatida ittifoqchi qo’shinlari tomonidan 1919- yil 5- yildan – 
15-  yilgacha  bo’lgan  muddat  davomida  Reyn  daryosidan  G’arbda  joylashgan 
hududlarni okkupatsiya qilinishi nazarda tutilgan edi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish